12.3.O’simliklarning ildizdan oziqlanishi. O’simliklarning havodan oziqlanishini, ya’ni fotosintez jarayonini boshqarish ancha qiyin muammolardan biridir. Bunga aksincha, o’simliklarni ildizdan oziklanishini boshqarish mumkin. Juda kam xollarda tuproqda o’simlik uchun zarur elementlarning xammasi jamlangan bo’ladi. Ko’pincha 2–3 ta, ayrim xollarda ulardan xam ko’p oziq elementlar tanqisligi seziladi, qaysiki insonni o’simliklarning oziqlanishi jarayoniga bevosita aralashishini taqozo qiladi.
O’simliklar uchun zarur, lekin tuproqda kam yoki qiyin o’zlashtiriladigan xolatda uchraydigan elementlar mineral o’g’it sifatida kiritiladi va inson shu yo’l bilan tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi.
Barg va ildizda sodir bo’ladigan sintezlanish jarayonlari ma’lum miqdorda energiya sarflanishini talab qiladi. Bu energiya bargda fakat organik moddalar sintezi uchun emas, balki fotosintetik fosforlanish uchun xam zarur bo’lib, to’planadigan yorug’lik kvantlari xisobiga yuzaga keladi. Ildizda energiya manbai bo’lib uglevodlarning oksidlanib fosforlanishi xizmat qiladi: bunda o’simlikning yer ustki qismidagi energiya ATF xolida to’planadi. Mazkur energiya yutilgan ionlarni tsitoplazmada metabolik tuplanishi uchun sarflanadi.
12.4.O’siliklarni oziqlanishida singdirish qobiliyatining axamiyati.
O’simlik oziqlanishida va tuproqqa solingan o’g’itlarni o’zgarish jarayonida, singdirish qobiliyati katta ahamiyatga ega. Tuproqlarni singdirish qobiliyati to’g’risidagi tushuncha akademik K.K.Gedroyts risolalarida ilmiy jihatdan asoslanib berilgan. Tuproq singdirish qobiliyati iborasi asosida, eritmadagi har xil moddalarni singdirish va ularni ushlab qolish xususiyati tushuniladi. Bu jarayon, moddalarni tuproq muhitidan singdirish davrida yuz beradi.
Tuproqlarning bu xususiyati oldindan ma’lum edi. Lekin, uni sistemali ravishda o’rganish o’tgan yuz yilliklarni o’rtalarida boshlandi. 1850-1854 yillarda D.Ueya o’zining ilmiy ko’zatishlari asosida, tuproqlar hamma tuzlarni ham singdirmasligini, balkim, ularning asoslarini o’zida ushlab qolishini aytib, tuproqdan ham eritmaga qancha singdirilgan bo’lsa, shuncha miqdordagi asoslar o’tishini asoslab berdi.
Tuproqlarni singdirish xossalarini o’rganishda akademik K.K.Gedroyts, G.Vagner, S.Mattsonlarni xizmatlari katta bo’ldi. D.N.Pryanishnikov laboratoriyalarida, o’simlikni oziqlanishida tuproqlarning almashinib singdirish qobiliyati muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy tajribalar asosida isbotlandi. Akad.K.K.Gedroyts tuproqlarni singdirish qobiliyatini 5 turga bo’ladi.
Biologik singdirish - bu o’simlik va mikroorganizmlar faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular tuproq eritmasi va TSK dagi oziqa moddalarni tanlab singdiradilar va tuproqqa organik shaklda yoki o’simlikda mustahkamlanib qoladilar. Bu singdirilgan va organik shaklga o’tgan oziq moddalar parchalanishi natijasida eski shakliga o’tadilar va yana o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Lekin, oziqa moddalarni ( azot, fosfor, kaliy) o’simlik va mikroorganizmlar tomonidan o’zlashtirilishi sekinlik bilan davom etadi. SHunisi tavsifliki, singdirilgan oziq moddalardan azot va kul elementlari mikroblar va chirayotgan o’simlik tanasidan tezroq ajralib chiqadi. Biologik singdirish jarayoni tezligi havo, namliq mikroorganizmlar uchun energiya manbai hisoblanuvchi organik oziq moddalar miqdoriga, tuproq fizik - kimyoviy va biologik xususiyatlariga bog’liq.
Agarda, tuproq muhitiga tarkibida azot kam bo’lgan organik modda solingan bo’lsa (somon va somonli go’ng) mikroorganizmlar rivojlanishi tezlashadi binobarin, oziq moddalarni, ayniqsa, azot oziqasini mikroorganizmi tomonidan singdirilishi kuchayadi va tezlashadi, ammo, shu bilan bir qatorda, o’simlikni azot bilan oziqlanishini yomonlashadi. Oziqa moddalarni biologik singdirilishi ularni, shu jumladan, mineral shakldagi azot, fosfor, sul’fat va mikroelementlarni tuproqda birikib qolishida birdan bir muhim omildir. O’simlik qoldiqlari va mikroorganizmlar tanasi chirish jarayonida oziq moddalar yana mineral holda ajralib chiqadi. Eng muhimi, nitrat shaklidagi azotni biologik singdirish yo’li bilan mustahkamlanib qolishidir, biologik singdirish o’simliklar oziqlanishida va tashqi muhitda bu shakldagi azotni kamaytirishda katta ahamiyatga ega. CHunki, nitratlar nam yetarli bo’lgan mexanik tarkibi yengil tuproqda ko’proq behuda yuviladi va gaz holida uchib ketadi.
Demak, biologik singdirish barcha tuproq - iqlim zonalarida, asosan, iqlimi seрНam bo’lgan va sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda, hamda mexanikaviy tarkibi yengil bo’lgan qumloq tarkibli tuproqlarda muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, biologik singdirish jarayoni tufayli tuproqda o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan oziq moddalar, jumladan, azotning ushlanib qolishi va to’planishi natijasida tuproq unumdorligini ortishi va oziq moddalarni tanlab singdirilishi, faqat ushbu jarayon ta’siridagini vujudga keladi.
Mexanik singdirish - qobiliyati tuproq g’ovak xususiyatiga ega bo’lgani uchun sizilib o’tayotgan suyuqlik tarkibidagi mayda yoki unchalik katta bo’lmagan moddalarni to’tib qoladi. Bu esa, o’z navbatida tuproqqa solingan erigan yoki erimagan fosforid uni loyqalarini, mineral o’g’itlarni saqlashda, ularni tuproq qatlami bo’yicha joylashishida juda muhimdir. Tuproqlarning ana shu xususiyati tufayli bu turdagi o’g’itlar tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib ketmaydi va shu bilan birga tuproqning eng qimmatli kolloid zarrachalarini saqlab qoladi. O’zbyokiston Respublikasining tog’ etaklari va adirlarida toshloq yerlarni o’zlashtirishda - dehqonlar tuproqlarni mexanikaviy singdirish qobiliyatidan foydalanganlar, ya’ni ular bir necha yillar davomida toshloq yerlarga loyqa cho’ktirish (kolmotaj) yo’li bilan u joylarda ekin ekish uchun yaroqli unumdor tuproqlarni vujudga keltirganlar. SHunday qilib, tuproqlarning mexanikaviy singdirish qobiliyati ham o’ziga xos amaliy ahamiyatga egadir.
Tuproqni fizik singdirish - qobiliyati bu erigan moddalarni yoki butun molekulalarni manfiy yoki musbat xususiyatga ega bo’lgan tuproq qismlari orqali yuz beradigan singdirish hisoblanadi. Moddalarni musbat singdirishini ro’y berish jarayonlari tabiatda noma’lum. Lekin, manfiy molekulyar singdirish tuproqni eritmadagi xloridlar va nitratlar bilan yaqindan muloqati natijasida yuz beradi, hamda ularni tuproqdagi harakatchan holati yanada keskinlashib, tuproqda nam yetarli bo’lsa, ular pastki qatlamlarga yuvilib ketishi mumkin. Xlor ionining ana shundan yuvilishi muhimdir, chunki xlor qoldig’i ayrim o’simliklar uchun juda (kartoshka, tamaki, zig’ir va boshq.) zararli bo’ladi. Nitratlar uchun tuproqning bu xossasi maqsadga to’g’ri kelmaydi, shuning uchun ham, tarkibida azot nitrat shaklida bo’ladigan azotli o’g’itlarni ko’zda, shudgorlash paytida emas, balki ekish oldidan yoki oziqlantirish davrida qo’llash yaxshi samara beradi.
Tuproqni kimyoviy singdirish qobiliyati – bu tuproqdagi ayrim eruvchi tuzlarni suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan birikmalarga o’tish reaktsiyasiga aytiladi. Tuproqda erigan tuzlar bu jarayon natijasida suvda erimaydigan birikmalarni hosil qiladi. Masalan karbonat va sul’fat kislota anionlari ikki valentli kaltsiy va magniy kationlari bilan reaktsiyaga kirishish natijasida suvda erimaydigan SaSO4, SaSO3 va MdSO3 tuzlarini cho’kmalarini hosil qiladilar.
FosfoрНi tuproqda boshqa birikmalarga o’tishi alohida ahamiyatga ega. Suvda eruvchan bir qism fosfor saqlagan Sa(N2RO4) superfosfat tuproqqa solinganda u jadallashgan tarzda tuproqdagi ko’p miqdordagi kaltsiy bilan yana birikib o’simlik tomonidan qiyin o’zlashtiradigan ikki va uch kaltsiy fosfatlarni SaNRO4, Sa3(RO4)2 birikmalarini hosil qiladi:
Dostları ilə paylaş: |