Tuproq yeрНing bosh qatlamini hosil qiladi uch o’lchovli organi hisoblanadigan qobiq. Bu qatlam yer ustida hayotni qo’llab-quvvatlaydi, tozalovchi filtr sifatida ya’ni ifloslantiruvchi gazsimon almashishva atmosferanii Саqlash - ekologik tizimlar o’rtasidagi eng asosiy tabiiy resurslar va birlamchi hisoblanadi.Tuproq-oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun Саnoat va xom ashyo manbaidan tashqari vafuqarolik tuzilmalari uchun poydevor bo’lib u ham Саyyora tarixi va bir arxiv hisoblanadi,ishlab chiqarish vositasi. Tuproqni barqaror boshqarish atroflicha tushunishga bog’liq, uningsifatlari, jarayonlari uning ekotizim xizmatlarini yoki kontseptval vazifalarini mo’’tadilahamiyati, va atrof-muhit bilan o’zaro aloqasiga doir o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib tuproqning muhim sifatlariga kiradi.1 Tog’ jinslari va minerallarning nurashi tabiiy faktorlarning ta’siriga ko’ra 3 xil: fizikaviy, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo’linadi.
Fizikaviy nurash. Bu jarayon natijasida yaxlit tog’ jinslari hamda minerallarning kimyoviy va mineralogik tarkibi o’zgarmagan holda ular mexanikaviy ravishda har xil hajmdagi bo’lakchalarga ajralib, parchalanadi va maydalanadi. Fizikaviy nurash asoСаn havo haroratining keskin o’zgarishi natijasida vujudga kelganligi Саbabli bu xil nurashga ko’pincha termik nurash ham deyiladi.
Quyosh nuri ta’sirida kunduzi tog’ jinslari va minerallarning sirtqi qismi ancha tez qizib, hajmi kengayganligidan jinsning qizigan ustki qismi ichki sovuq va hajmi uncha o’zgarmagan qismidan ajrala boshlaydi, kechasi aKСlncha, tog’ jinsi va minerallarning sirti ichki qismiga qaraganda tezroq soviydi va hajmi kichrayadi.Arid (quruq) iqlimli rayonlarda yoriqlarga sho’r suv sizishi va tuzlarning o’sha joyda kristallanishi tufayli fizikaviy nurash sodir bo’ladi. MaСаlan, suvda erigan angidrid (СаS04) yoriqlar orasida to’planib suv bilan birikadi va gipsga (СаS04 · 2N2O) aylanadi. Hajmi 33 % ga kengayadi va natijada u fizikaviy nurashni kuchaytiradi.
Kimyoviy nurash. Tog’ jinslari va ayrim minerallar suv va atmosferadagi kislorod hamda karbonat angidridi (СO2) ta’sirida kimyoviy o’zgaradi, yangi birikmalar va minerallar hosil bo’ladi. Bu xildagi jarayonga kimyoviy nurash deyiladi.
Kimyoviy nurash jarayonida litosfera tarkibidagi dastlabki ortoklaz (K2Al2Si6016), gematit (Fe2O3), angidrid (СаS04) singari birlamchi minerallar parchalanadi va ulardan yangi birikma ikkilamchi kaolinit (Н4Al2Si2O9), limonit (2Fe2O3·3Н2O), gips(СaS04·2Н2O), kabi minerallar vujudga keladi.
Kimyoviy nurash jarayonida ayniqСа erish, gidroliz, gidratlanish, va oKСldlanish reaktsiyalari muhim rol o’ynaydi.
Kimyoviy nurash natijasida minerallarning fizikaviy holati o’zgarib, kristall panjaralari buziladi. Natijada tog’ jinslari tarkibida ilashimlik, yopishqoqlik, plastiklik, nam sig’imi singari, yangi xosСаlarga ega bo’lgan ikkilamchi minerallar yuzaga keladi. Bu holat yer yuzasida yaxshi xususiyatli tuproq ona jinslari ko’payishiga Саbab bo’ladi.
Biologik nurash. Tog’ jinslari va minerallar turli organizmlar (mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti tufayli vujudga kelgan mahsullar ta’sirida mexanikaviy ravishda parchalanadi va kimyoviy o’zgarish yuz beradi. Organizmlar ta’sirida yuzaga keladigan ana shunday o’zgarishlarga biologik nurash deyiladi. Biologik nurashda organizmlar tog’ jinslardan o’z hayot sharoitlari uchun kerakli moddalarni ajratib oladi va mineral jinslar yuzasiga to’playdi. Bu jarayon natijasida tuproq paydo bo’lishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. O’simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayoti davomida tashqi muhitga ajraladigan karbonat angidridi va har xil kislotalar kimyoviy nurashga Саbabchi bo’ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya, zamburug’ va aktinomitset) larning ahamiyati kattadir, chunki 1 g.tuproqda millionlab-milliardlab mikroorganizm bo’ladi.
Mikroorganizmlar ta’sirida kechadigan nitrifikatsiya va sulfofikatsiya jarayonlari natijasida hosil bo’ladigan nitrat va sulfat kislotalari ham ko’pgina mineral birikmalarni eritadi va biologik nurashni kuchaytiradi. SHuningdek, zamburug’lar chiqaradigan organik kislotalar nurash jarayoniga chidamli bo’lgan dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi.