1.2. Qishloq xo’jaligini rivojida tuproqshunoslik fanining axamiyati. Tuproq fizik nuqtai nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya’ni qattiq, suyuq (tuproq eritmasi) va gazsimon (tuproqdagi havo) fazalardan tarkib topgan. Tuproqning qattiq fazasi-qismi mineral hamda organik moddalardan iboratdir. Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog’ jinslarining nurashi natijasida paydo bo’ladi. yeрНing qattiq qobig’i - Litosfera har xil mineral va magmatik (zich-kristal), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslardan tashkil topgan.Minerallar tabiatda kvarts (Si02) va kaltsiy karbonat (СаSO3) singari qattiq, neft (SnNn), suv (N2O) kabi suyuq hamda karbonat angidrid (СО2) singari gaz holida uchraydi. Mineral jinslar turli murakkab jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Ularning ko’pchiligi uzoq muddat davom etgan, geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo’lib, ular anorganik mineral jinslar, biokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo’lganlari eСа organik-mineral jinslar yoki biolitlar (bios-hayot, litos-tosh demakdir) deyiladi. Minerallar va tog’ jinslari tuproq ona jinsining manbaidir.
yer qa’rida yoki ustida tabiiy kimyoviy reaktsiya natijasida paydo bo’lgan va ma’lum darajada doimiy kimyoviy tarkibga, ichki tuzilishga (strukturaga) va tashqi belgilarga ega bo’lgan tabiiy kimyoviy birikmalar va sof elementlar mineral deb ataladi.
Demak, yer qobig’ida uchraydigan minerallar o’zining kimyoviy tarkibi va fizikaviy xosСаlari jihatdan bir-biridan farq qiladi. MaСаlan, kvarts (SiO2), ortoklaz (K 2Al2Si6O16 ), dolomit (СаMg (SO3)2), albit (Na2Al2Si6O16), anortit (СаAl2Si2O8), muskovit (KN2Al3 (SiON)3) ning har qaysi alohida mineraldir.
Mineral murakkab har xil geoximiyaviy va bioximiyaviy protsesslar natijasida shakllangan litosferada paydo bo’ladigan tabiiy jinsdir. Litosferaning ma’lum qismida ko’p joyni egallagan bir yoki bir nechta mineral to’plamidan tashkil topgan tabiiy jismlarga tog’ jinsi deyiladi. MaСаlan: granit, siyenit, marmar, qum va shag’al tog’ jinslaridir.
Barcha tog’ jinslari uch gruppaga, ya’ni magmatik (otqindi), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslariga bo’linadi. Litosferaning ko’p qismi magmatik va metamorfik tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, faqat yupqa yuza qatlami cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan. Quruqlikning yuza qatlamida (asoСаn tekisliklarda) cho’kindi tog’ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog’ jinslari eСа 25 foizni tashkil etadi. Magmatik (otqindi) tog’ jinslari yer qobig’ining ichki qismidagi yuqori darajali temperatura sharoitida erigan magma (silikatli masСа) ning sovib qotishi natijasida paydo bo’lgan intruziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit kabi to’la kristallangan tog’ jinslari), effuziv - otilib chiqqan, oddiy temperaturada tez sovigan jinslar obsidian, (vulqon oynasi), bazalt singari jinslardir. Magmatik tog’ jinslari litosferani tashkil etadiganjinslar umumiy masСаsining 95 foizini tashkil etadi.
CHo’kindi tog’ jinslari nurash tufayli sodir bo’lgan zarra va zarrachalarning suv va shamol ta’sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko’llar, daryolarda to’planishidan, o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan hosil bo’ladi. CHo’kindi tog’ jinslarining ko’p qismi o’zining kovakli, g’ovakli va qatlamli bo’lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog’ jinslaridan farq qiladi.CHo’kindi tog’ jinslar magmatik yoki metamorfik tog’ jinslari nurashi natijasida paydo bo’lgan har xil katta-kichik zarra va parchalar yig’indisidan iborat. Bu cho’kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko’ra: loyqali, to’zonli, qumli, va yirik zarrali gruppalarga bo’linadi.
Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho’kindilardan galit (NaСl), silvin (KСl), gips (СaSO4·2N2O) va kaрНalit (MgСl2 KСl 6N2O) tuzlar ko’proq tarqalgan.
Organik cho’kindi tog’ jinslari yoki biolitlar o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan paydo bo’lib, ulardan oxaktosh (СaSO3) va dolomit (СaСO3, MgСO3) tabiatda juda ko’p tarqalgandir. Suv o’tlari qoldig’idan paydo bo’lgan trepel va diatomit singari organik cho’kindilar ohaktoshlarga nisbatan ancha kamroq uchraydi. Kimyoviy va organik tog’ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bo’lishida karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega.