3-rasm. Tabiatda moddalarning aylanishi. O’zining mohiyati bilan moddalarning geologik aylanishiga qarama-qarshi bo’lgan bu jarayon natijasida suvda oson eriydigan nurash mahsulotlari va organik moddalarning minerallashuvidan hosil bo’ladigan moddalarni o’simliklar o’zlashtirib oladi va natijada bu moddalar qisman yoki tuliq ravishda yuqori qismlarida tuplanib, ushlanib qolinadi. Tuproqqa aylanayotgan jinslarning yuqori qismlarida biologik aktiv yoki o’simliklar hayoti uchun zarur elementlarning tuplanishi faqatgina o’simliklarga xos bo’lgan tanlab singdirish qobiliyati bilan chambarchas bog’liq. yer taraqqiyotining ma’lum bosqichida yuzaga kelgan moddalarning bu biologik aylanishi, geologik aylanish asosida ruy beradi. Demak, bu har ikkala jarayon bir-biri bilan boGlik holda boradi. Mineral va organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan va o’simliklar tomonidan o’zlashtirilmagan oziq moddalarning bir qismi atmosfera yog’inlari ta’sirida tuproqdan sizot suvlariga yuvilishi va geologik aylanishga qushilishi mumkin.
2.3. Tuproq paydo qiluvchi omillar. Biologik aylanish tuproq paydo bo’lishining asosini tashkil etishi bilan birga, tuproqqa aylanayotgan jins yuzasida mineral moddalar bilan bir qatorda quyosh nuri energiyasi ta’sirida ruy beradigan fotosintez tufayli hosil bo’ladigan kimyoviy energiyaga boy bo’lgan organik moddalarning tuplanish manbai ham hisoblanadi. Nobud bo’lgan o’simliklardagi organik moddalar parchalanganda ma’lum miqdorda kimyoviy energiya ajraladi va boshqa shakldagi energiyaga aylanadi. Bu energiya jinslarda biologik (organik) moddalarning ishtirokisiz kechishi mumkin bulmagan jarayonlarning rivojlanishi uchun sarflanadi. Tog’ jinslaridagi dastlabki minerallar asta-sekin o’zgarib yangi tarkib, to’zilish va xossalarga ega bula boshlaydi hamda alohida tabiiy jism hisoblangan tuproqda tuplana boshlaydi.
1-jadval Tuproq paydo bo’lish jarayonida ba’zi element birikmalarining transformatsiyasi (o’zgarishi) natijalari