Тупроқшунослик асослари


(I.S.Kaurichev va boshqalar



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə29/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

(I.S.Kaurichev va boshqalar)

Element

Tog’ jinslari, atmosfera (S,N) va tabiiy suvlardagi birikmalar

Tuproq uchun xarakterli bo’lgan birikmalarning yangi shakllari

Uglerod, S

Atmosferadagi СО2

Tuproq gumusli birikmalari va shuningdek organizmlarning organik qoldiqlari tarkibidagi uglerod

Azot, N

Ko’pchilik tog’ jinslari tarkibida azot deyarli bulmaydi. Atmosferadagi moleko’lyar (N2) azot. Tabiiy suvlardagi ammiak, nitratlar va ba’zi boshqa birikmalarning qoldig’i

Tuproq gumusli birikmalari tarkibidagi azot. Biroz individval tabiatli (aminokislotalar kabi) azot saklovchi organik birikmalar, ammoniyning to’zlari, nitratlar. Tuproq tarkibidagi suvda eriydigan moddalar.

Fosfor, R.

Fosforit va apatit turidagi suvda qiyin eriydigan fosfatlar, temir, alyuminiy singarilarning qiyin eriydigan birikmalari

Gumusli birikmalar tarkibidagi fosfor. O’ziga xos organik birikmalar tarkibidagi uncha ko’p bulmagan fosfor, Sa, A1, Fe, Mg va boshqa elementlarning turli darajada eriydigan amorf shaklidagi fosfatlar. Tuproq qattiq qismidagi sorbilangan (yutilgan) fosfatlar. Tuproq eritmasidagi fosfatlar.

Kaliy, K

Slyudalar, gidroslyudalar, ba’zi dala shpatlari singarilarning kristallik panjaralaridagi o’simliklarga qiyin singuvchi kaliy.

Tuproqning singdirish kompleksi tarkibidagi almashinadigan ion shaklidagi kaliy, tuproq eritmasida eriydigan kaliy to’zi.

Kaltsiy, Sa

Asosan qiyin eriydigan mineral birikmalar, karbonatlar, fosfatlar, ba’zi ftoridlar (Flyuorit) va boshqa birikmalar

Tuproq singdirish kompleksidagi almashinuvchi shakldagi kaltsiy ioni. Kaltsiyning tuproq organik komponentlari bilan kompleks birikmalari, tuproq eritmasidagi kaltsiy va uning eriydigan birikmalari.

Tuproq paydo bo’lish jarayonida o’simliklar hayoti uchun muhim hisoblangan 5 biofil element birikmalarining transformatsiyasi (o’zgarishi) sodir bo’ladi. (1-jadval).
Tuproqda azot birikmalarining transformatsiyasi ko’proq ruy beradi. Bunda gumus tabiatiga xos azot saqlovchi organik moddalar bilan bir qatorda ma’lum miqdorda mineral shakldagi azot (umumiy azotga nisbatan 1 foizga yaqin) ham tuplanadi:
- fosfatlarning biologik o’zgarishi natijasida mineral va mineral-organik birikmalari hamda tuproq tarkibidagi fosfatlarning o’simliklarga o’tuvchi, harakatchan formasi yuzaga keladi:
- tuproq minerallarining o’zgarishi va turli metallar kationlari hamda azotning biologik aylanishi natijasida kaliy, kaltsiy, alyuminiy, magniy, marganets kabi o’simliklar uchun zarur mikro va makroelementlar kationlarining almashinuvchi, yutilgan shakllari hosil bo’ladi.
Tog’ jinslaridan paydo bo’ladigan tuproqning o’ziga xos belgilarining
yuzaga kelishida ishtirok etadigan, shuningdek, tuproq paydo bo’lishiga olib keladigan va bir vaqtning o’zida bir-biri bilan bevosita bog’liq holda kechadigan jarayonlar quyidagilar:
1. Tuproqda yangi minerallarning hosil bo’lishi va o’simliklar uchun tez o’tadigan harakatchan shakldagi elementlarning turli minerallaridan ajralib tuplanishiga olib keladigan turli o’zgarishlar;
2. Jinslarning yuza va yuqori qismlarida organik moddalarning tuplanishi va uning minerallashuvi hamda gumusli (chirindi) moddalarga aylanishi (gumusifikatsiya) natijasida ko’l va azotli moddalarning tuplanishi;
3. Mineral va organik moddalarning o’zaro ta’sirlashuvi natijasida turli darajada harakatchan organik-mineral birikmalarning hosil bo’lishi;
4. Tuproqning yuqori qismida qator biofil elementlar, jumladan oziq elementlarning to’planishi;
5. Tuproq paydo bo’lish jarayonida yuzaga keladigan mineral, organik va organik-mineral birikmalar tarzidagi elementlarning tuproq qatlamlarida harakati, aralashuvi va cho’kib to’planishi.
Tuproq tarkibidagi minerallar yer po’sti minerallariga nisbatan ancha
tezroq parchalanadi. Tuproq paydo bo’lish jarayonida kechadigan nurashning borishida quyi moleko’lyar (soddaroq) organik kislotalar va gumusli kislotalar, shuningdek o’simliklar ildizlari va mikroorganizmlar ajratadigan karbonat angidridning ta’siri katta. SHuning natijasida tuproqda nurashning qator, dastlabki suvda eriydigan va kolloid shakldagi mahsulotlari hosil bo’ladi.
SHu bilan bir qatorda tuproqqa singadigan organik qoldiqlarning biokimyoviy parchalanishi natijasida, dastlabki organik moddalarning minerallanishi hamda gumusga aylanishi tufayli hosil bo’ladigan oraliq va oxirgi mahsulotlari to’planib boradi. Minerallarning nurash mahsulotlari bilan organik moddalarning minerallanishi va gumusga aylanish natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar orasidagi murakkab jarayonlar ta’sirida dastlabki G’ovak jinslarga xos bo’lmagan yangi birikmalar yuzaga keladi. Bu, tuproq va uning unumdorligining shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Gumus kislotalarining to’zlari ishqoriy yer metallari, ayniqsa kaltsiy bilan birikib suvda erimaydigan moddalar hosil qiladi va gel holida ular paydo bo’ladigan joyda to’plana boshlaydi hamda mineral zarrachalar yuzasini parda shaklida qoplab oladi, ularni yelimlab bir-biriga biriktiradi yoki zarrachalar orasidagi mayda qil yo’llar va bo’shliqlarda to’planadi. Gumus kislotalari bilan alyuminiy va temir gidrooksidlarining o’zaro ta’siri tufayli ham qator gumusli kompleks birikmalar hosil bo’ladi. Ularning harakatchanlik darajasi gumus kislotalarining tabiati va tuproq eritmasidagi kationlar hamda turli oksidlarning tarkibiga bog’liq. Gumus moddalarning yuqori disperslangan (mayda) gilli minerallar bilan o’zaro ta’sirlashuvi natijasida murakkab organik-mineral yaralmalar shakllanadi. Bu kompleks kolloidlarning tarkibi va disperslanish darajasi bir xil emas. SHuning uchun ham ular ancha kattaroq bo’lgan zarrachalar yuzasida turlicha mustahkamlikda birikadi. Mineral va organik moddalarning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan mahsulotlar G’ovak jinslarning qatlamlari orqali harakat qilib, moleko’lyar va kolloid eritmalar sifatida turli chuqurliklarga cho’kib yig’ila boshlaydi. Natijada dastlabki, deyarli bir xil tarkibli ona jinslar o’zining kimyoviy va mexanik tarkibi, fizik xossalari hamda tashqi belgilari bilan farq qiladigan qator qatlamlarga ajralib tabaqalanadi. Bir-biridan farq qiladigan bu alohida qatlamlar tuproq gorizontlari deb ataladi. (4-rasm)

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin