Tuproq sifatimvayyan vazifalarni bajarish uchun tuproq unumdorligini xorijda R. Lal, 1993; 1997 ; 1998 ; 1999 ; Doron va Parkin , 1994; Doron boshqalar , 1996 . Sarter va boshqalar. ,1997 ; Larson va Pirs, 1991; Bezdisek boshqalaralar , 1996 . Karlen boshqalar , 1997 . Papendeskva Parr , 1992 ; Parr va boshqalar., 1992 va boshqalar ishlarida keltirilgan. Tuproq agronomik jixatdan yer yuza qatlamida muhim vazifalarni bajaradi, ya’ni o’simlik biomassasi, tuproq xosildorligi, suv tozalash, ifloslantiruvchi biologikmoddalarni xolos qildirish, shaxar va sanoat chiqindilaridan tozalovchi funktsiyani bajaradi. Tuproq yerdan foydalanish, uning xususiyatlarini yaxshilash va boshqarish munosabatlarini chegaralovchi tizim xisoblanadi.2 Tuproq paydo bo’lishi yaxlit qoya tog’ jinslarida yoki ularning suv, mo’z, shamol, gravitatsion (bir-birini tortish xususiyati) ta’sirida nurashi va qayta yotqizilishidan hosil bo’lgan mahsulotlari ustida tirik organizmlarning paydo bo’lishi paytidan boshlanadi.
Birlamchi tuproq paydo bo’lish jarayoni jarayonning birinchi davrlarida qoya tog’ jinslari, magmatik yoki cho’kindi tog’ jinslarida, aslini olganda nurash jarayoni bilan birgalikda sodir bo’ladi va zich qoya jinsda shakllanayotgan tuproq moddiy jihatdan nurash po’sti bilan birgalikda vujudga keladi. Keyinchalik yer yuzasi rivojlanishining ko’proq yetilgan bosqichlarida nurash va tuproq paydo bo’lish jarayonlari makon va vaqt ichida bir-biridan ajraladi, tuproq esa faqatgina tog’ jinslari nurash po’stining eng ustki zonasida, ko’pincha u hosil bo’lganidan va qayta yotqizilganidan keyingina shakllanadi. Bunda, shuni ta’kidlash lozimki, yeрНing o’zoq geologik o’tmishidagi yer yuzasi rivojlanishining abiotik davrida nurash jarayoni tuproq paydo bo’lish jarayonisiz sodir bo’lgan va yer yuzasida faqat nurash po’sti mavjud bo’lgan, tuproq esa bo’lmagan.
Nurash va tuproq paydo bo’lish jarayonlarini va shunga binoan nurash po’sti va tuproqni turli xildagi tabiiy jism sifatida bir-biridan ajratish jiddiy ahamiyatga ega. Binobarin nurash va tuproq paydo bo’lish omillari (agentlari va sharoitlari) bir-biriga o’xshash va ushbu jarayonlar bir xildagi yer yuzasidagi termodinamik sharoitlarida sodir bo’lishi, ularning mos ravishda global differentsiatsiyalanishi bir-biriga uxshasa ham, ammo jarayonlarning o’zi va oxirgi natijasi bo’lgan ushbu jarayonlar maxsulotlari turli xildir.
Tog’ jinslarining nurash po’sti – bu tog’ jinslarining parchalanishi, mineral komponentlarining transformatsiyasi (o’zgarishi), massasining katta kichikligiga ko’ra, harakat etish yo’lida saralanishi va qayta yotqizilishi–gravigradatsiyali sedimentatsiyasi (cho’kishi) ning mahsulotlaridir.
Tuproq – bu nurash po’stlog’idan gumusning mavjudligi, o’ziga xos morfologiyasi, iyerarxik strukturasi, global funktsiyasi bilan farq qiladigan spetsifik biokos tabiiy jismning yangi yaralmasi natijasidir. yer po’stlog’i hosil bo’lishining sof geologik jarayonlari mahsulotlari, qoya tog’ jinslari (yaxlit, zich, yaxlit-kristal, tub jinslar) ham nurash va cho’kindi to’planish mahsulotlari g’ovak tog’ jinslari (g’ovak cho’kindilar, yotqiziqlar, sedimentlar, nurash ruxlyaklari) ham qoldiq (elyuvial), tranzit va akkumulyativ nurash po’stlog’ini shakllantiradigan, nurash va cho’kindi hosil qilish, shuningdek yer yuzasidagi sof geologik jarayonlar mahsulotlari ham – ona jins yoki tuproq paydo qiluvchi jins holida xizmat qilishi mumkin, qaysiki ulardan tuproq hosil bo’ladi.
Tog’ jinslari nurashi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi va qayta yotqizilishi jarayonlarida, dastlabki zich jinslar uchun xarakterli bo’lmagan va tuproq paydo bo’lishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan, qator yangi xossalarga ega bo’ladi: 1) zich, yaxlit hosiladan g’ovak, bo’laklarga bo’lingan holatga o’tadi; 2) g’ovaklikka ega bo’ladi, shu tufayli havo sig’imi va havo o’tkazuvchanlik, nam sig’imi va suv o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’ladi; 3) birlamchi jins hosil qiluvchi minerallar bilan bir qatorda nurash po’stlog’ining tog’ jinslari ikkilamchi minerallarni, shu jumladan transformatsiya va neosintez mahsulotlari bo’lgan va almashinadigan singdirish qobiliyatiga ega bo’lgan kolloidli va kolloid kattaligidagi loyli minerallarni saqlaydi; 4) o’zining granulometrik, mineralogik va kimyoviy tarkibi bo’yicha yer yuzasida qayta taqsimlanadi; 5) tirik organizmlar uchun qulay shakldagi, biofil elementlar, shuningdek zaharli kimyoviy elementlarni saqlaydi; 6) materiallarning nurashi, aralashuvi va qayta yotqizilishi jarayonlarida shakllanadigan, litologik qatlamlilikga ega bo’ladi.
SHunday qilib, tog’ jinslari nurash jarayonidayoq qator xossalarga ega bo’ladi, bu esa ulardan hosil bo’ladigan tuproqlar uchun juda muhim hisoblanadi. Nurash jarayoni bilan birgalikda kechadigan yoki undan keyin sodir bo’ladigan, tuproq paydo bo’lish jarayonida, ushbu xossalar yanada rivojlanadi va tuproq xossalariga aylanadi. Hosil bo’lgandan keyin o’z joyida qolgan (jinslarning elyuviysi), yoki suv yoki shamol yoki gravitatsiya kuchlari ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilib yotqizilgan nurash ruxlyagi (tog’ jinslarining turli katta kichiklikka, tarkib va xossalarga ega bo’lgan nurash mahsuloti), tuban va oliy o’simliklar va ular bilan bog’liq bo’lgan fauna (hayvonot dunyosi) larning paydo bo’lishi shunga mos ravishda tuproq paydo bo’lishining jadal rivojlanishi uchun qulay substrat tarzida xizmat qiladi.
Tuproq paydo bo’lishi asosan nuragan va nurayotgan dastlabki jins qalinligi chegarasida o’ziga xos to’zilishi (iyerarxik tuproq to’zilishi)ning shakllanishiga, yangi hosil bo’lgan tuproqning maxsus xossalar va funktsiyalarga ega bo’lishi va yer yuzasidagi geosfera jarayonlarining umumiy dinamikasida, ushbu struktura (to’zilish), xossa va funktsiyalarning muntazam dinamik qayta yaratilishiga olib keladi.