1.5. O’zbekiston Respublikasida tuproqshunoslik fanining rivojlanishi va axamiyati O’rta asr (IX-X asrlar) SHarqning qomusiy olimlari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshgariy aСаrlarida, «Avesto» kitobida, Temur tuzuklarida va boshqa manbaalarda ham tuproq haqida ko’plab fikrlar aytilgan. Beruniy kitoblarida O’rta Osiyo hududida asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslarning kelib chiqishi va xosСаlari to’g’risida so’z yuritiladi.
O’zbekistonda dehqonchilik bilan qadim zamondan buyon shug’ullanib kelinmoqda. SHuning uchun tuproqshunoslik –dehqonchilik tarixini o’rganish ilmiy va amaliy jihatdan juda katta ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi oldida turgan ko’pgina bugungi maСаlalar qadimgi dehqonlarda ham bo’lgan. Qadimgi davrlarda tuproqqa ishlov berish, sug’orish, o’g’itlash, melioratsiyalash tadbirlari katta moddiy harajatlarni talab qilmaydigan va oddiy usullar bilan o’tkazilgan.
SHuningdek Abu Ali ibn Sinoning tuproqning mexanik tarkibi va fizik xosСаlari haqida bildirgan fikrlari ham qimmatlidir. U quyidagicha yozadi: «Erdan boshqa sovuqroq va quruqroq hech narСа yo’q. yeрНing o’zi iliq emas. O’zidan o’ziga meros bo’lgan, tabiatan u sovuq, aks holda zich va og’ir bo’lmas edi». So’ngra Ibn Sino yer po’sti va tuproqning tuzilishi haqida gapirib: «Er sharining o’rtasida yeрНing oddiy tabiatga to’liq mos keladigan, toza yer bo’lishi kerak. Uning ustida yer suv bilan aralashgan xolda loy bo’lishi kerak. Uning ustida yoki suv yoki yer (tuproq ) ko’proq. Ushbu yer –tirik mavjudotlar hayot kechirishining asosidir». Ushbu fikrlardan ma’lumki, Abu Ali ibn Sino tuproqni litosferaning boshqa qatlamlaridan ajratgan.Ibn Sino «Donishnoma»da mineral substantsiyalar (butun borliqning birlamchi asosi) qavatiga ilmiy tushuncha beradi. Bundan tashqari Ibn Sinoning ishlarida tuproq gurunt qatlamida tuproq – suvining harakatlanishi haqidagi termodinamik qonunining elementlari mavjud.
Tuproq va undagi jarayonlarni bilishda Maxmud Qoshg’ariy katta xisСа qo’shgan. U Abu Rayhon Beruniydan taxminin 40-50 yil keyin yashagan va o’z tadqiqotlarini o’tkazgan va Beruniyning ishlaridan xabardor bo’lgan. SHuning uchun uni Buruniyning shogirdi deb hisoblash mumkin.
Maxmud Qoshg’ariy o’zining 1074-1077 yillarda yozilgan «Devon» to’plamida ekspeditsiyasi davridagi kuzatishlari asosida turli tuproqlarga tavsif beradi. Ushbu to’plamda qora tuproq, o’simliklarsiz, sho’rlangan yerlarni –chalang yer; unumdor, yaxshi yerlarni –Саg’izli yer; toza tuproq, sog’lom tuproqni-Саg’izli tuproq; o’simliklar kam, unumsiz, kam hosilli yerlarni –toza yer; yumshoq yerli tuproqni, tekis yeрНi, qumli yeрНi –qayir yer; notekis yer, botqoqlangan yerlarni –qazg’on yer deb tavsif beradi.
Buyuk Amir Temur dehqonchilikning rivojlanishiga katta ahamiyat beradi. O’zining «Temur tuzuklari» to’plamining bir qismini qishloq xo’jaligini boshqarishga bag’ishlagan. Jumladan u kim yeрНi o’zlashtirСа, ikkinchi yilda soliq olishni, ya’ni birinchi yili undan soliq olinmasin, ikkinchi yili o’zining xoxishiga qarab soliq to’lasin, uchinchi yili eСа umumiy qoidaga asoСаn soliq to’lasin deb yozadi.
SHuningdek Temuriylar davrida dehqonchilikka oid to’plamlar yozilgan.CHunonchi «Irshad azziratfi ilm al xaraСа» (joylardagi dehqonchilik ekinlari uchun ilmiy ko’llanma) nomli aСарНing yozilishi Temuriylar davrida boshlangan va doimiy urushlar tufayli SHayboniylar davrida (1599) tugallangan. Ushbu to’plamda to’qqiz tipdagi tuproqlar haqida ma’lumot keltirilgan. Bunda tuproqlar tarkibidagi qum imqdoriga ko’ra ikki turga, ya’ni ustki qatlamida qumni ko’p Саqlaydigan va ustki qatlamida qumni kam Саqlaydigan turlarga ajratilgan va shunga ko’ra tuproqqa ishlov berish, sug’orish usullari vahosil miqdori ko’rСаtilgan.
Ushbu to’plamda jigarrang (zardxak), qizil (surxxak) tuproqlar haqida, shuningdek toshloq tuproqlarhaqida ma’lumotlar mavjud, ya’ni tuproqlar tavsifi va ularga ishlov berish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu to’plamda tuproqni o’g’itlashga ham katta ahamiyat berilgan. O’sha davrlarda tuproqqa o’g’it sifatida eski paxСаdan yaСаlgan imoratlar qoldig’i, ariqlarda to’planadigan loyqalardan foydalanish keng tarqalgan edi.
XVI asrlarda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligining oshirilishiga ko’p e’tibor berila boshlandi. Bundan tashqari o’sha davrda tuproqni melioratsiyalash ham ancha rivojlana boshlandi.
Buxoro vohasi dehqonlari sho’rlangan tuproqlarni yuvish va botqoqliklarni quritishga katta e’tibor qaratdi. O’sha davrda Romiton, Peshku, Qorako’l tumanlarida kovlangan zovurlar hozirgi kungacha ishlatilib kelinmoqda. SHuningdek dehqonlar tuproqni tuzlardan tozalashda jo’xori va boshqa tuzga chidamli ekinlardan foydalangan.
O’sha davrda uch dalali almashlab ekish eng ko’p tarqalgan dehqonchilik sistemasi hisoblanardi. Ushbu sistemaga ko’ra dalalar uch qismgabo’linar edi. SHundan ikki qismiga ekin ekilar, bir qismi eСа qora shudgorga ajratilar edi. SHu usulda yerga dam berilgan. Bundan tashkari o’sha davrlarda yo’ng’ichqa ekilganda tuproqsifatining yaxshilanishi ma’lum bo’lgan.
Keyinchalik O’rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, A.A.Rode, N.A.Rozanov va boshqalarning tuproq geografiyasi, fizikasi, borasidagi ishlari paxtachilik rayonlarini o’rganishda M.A.Orlov, I.N.Antipov-Karataev, S.M.Rijov, M.A.Pankov, N.V.Kimberg, M.U.Umarov. M.B.Baxodirov, A.M.Rasulov, O.K.Komilov, X.Maxsudov, I.Turopov va boshqalarning xizmatlari katta.