Тупроқшунослик асослари


Tuproq genezisi, evolyutsiyasi va tuproq zonalari bo’yicha V.V.Dokuchaev ta’limoti



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə27/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

2.2. Tuproq genezisi, evolyutsiyasi va tuproq zonalari bo’yicha V.V.Dokuchaev ta’limoti.
Ma’lumki, tuproq tog’ jinslaridan kelib chiqqan. Ammo yer betiga chiqib qolgan tog’ jinslariga hali tirik organizmlar ta’sir etmagan davrda jinslarda faqatgina nurash jarayoni kechadi. Buning natijasida hosil bo’ladigan nurash mahsulotlari tarkibidagi o’simliklar uchun oziq moddalar hisoblangan ko’l elementlari (Sa, Mg, K, R, S kabilar) atmosfera yog’inlari ta’sirida yuviladi va yuza oqimlar hamda sizot suvlari ta’sirida dengizlar va okeanlarga olib borilib tuliq yoki qisman yotqiziladi, natijada dengiz cho’kindilari hosil bo’ladi.
Har yili suv oqimlari bilan jahon okeaniga 20-25 mlrd.t. mineral zarrachalar oqizilib ketiladi, uning asosiy qismi tuproq zarrachalaridir.
Er tarixida kechadigan o’zoq muddatli geologik jarayonlar tufayli dengizlar quruqlikka aylanib, undagi cho’kindilar yer betiga chiqib qoladi va u yana qator murakkab nurash jarayonlariga uchraydi. Quruqlik va okeanlar orasida kechadigan moddalarning ana bunday aylanishiga katta geologik aylanish deb aytiladi. O’zining yunalishi bilan bu aylanishda nurash pusti jinslaridagi o’simliklar uchun zarur ko’l elementlari unda tuplanmasdan, aksincha kamayib borib, kambag’allashuvi ruy beradi.
Tog’ jinslarining tuproqqa aylanishi bir vaqtning o’zida kechadigan nurash va tuproq paydo bo’lish kabi ikki jarayonning birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga keladi. Tuproq paydo bo’lish jarayoni faqat tirik organizmlar, jumladan, yuksak o’simliklar va mikroorganizmlarning o’zaro ta’siri tufayli kechadi.
Tog’ jinslari yuzasida o’sayotgan o’simlik ildizlari ma’lum chuqurlikkacha kirib boradi va uning ancha qismini egallaydi. Natijada jinslarda tarqoq holda bo’lgan ko’l elementlari tarzidagi oziq moddalar R, S, Sa, Mg, K singarilarni ildizlari orqali o’zlashtirib oladi va bunda azot ham tuplana boshlaydi. Jinslarda azotning hosil bo’lishi va tuplanishi asosan mikroorganizmlarning biokimyoviy faoliyati natijasidir. O’simliklar havodagi karbonat angidridi, suv, ko’l elementlari, azot va quyosh nurlari energiyasidan foydalanib organik moddalarni sintezlaydi. Tarkibida ko’l moddalari bo’lgan o’simlik qoldiqlari tog’ jinslarida va uning yuqori qismlarida tuplana boshlaydi. Bu moddalar o’z navbatida mikroorganizmlar uchun oziqa va energiya manbai hisoblanadi.
Organik qoldiqlar mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, uning bir qismi yangi organik modda-gumusga aylanadi. Bu moddalar mikroorganizmlar ta’sirida sekin parchalanib o’zgarganligi sababli jinslarning yuqori qismlarida to’plana boshlaydi, qisman esa minerallashib azot va ko’l elementlari kabi oziq moddalarga ajraladi. Ana shu moddalar eritmaga o’tib, tuproqning mineral qismi va gumus moddalari bilan yangi kompleks, kam harakatchan birikmalar hosil qiladi va yangi avlod o’simliklar ildizlari orqali ularni singdirib oladi. Natijada, jinslardagi ko’l elementlari shuningdek, azot oliy o’simliklar, mikroorganizmlar ta’sirida tuproqda yig’ila boshlaydi va qator biokimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Hosil bo’lgan yangi, ancha kam harakatchan shakldagi bu moddalar jinslarning yuqori qatlamlarida yig’iladi. Demak o’simlik hamda tuproqqa aylanayotgan tog’ jinslari orasida ko’l elementlari va azotning aylanishi yuzaga keladiki, bu jarayon o’zluksiz ravishda boradigan organik moddalarning sintezi va parchalanish jarayonlari bilan bog’liqdir. Buning natijasida tuproq unumdorligining muhim omili hisoblangan mineral va azotli oziq moddalarning tog’ jinslari yuqori qismlarida asta-sekin biologik tuplanishi yuz beradi. Moddalarning tabiatda ana shunday aylanishini V.R.Vilyams moddalarning kichik biologik aylanishi deb atashni tavsiya etadi. (3- rasm)


Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin