Demak, tabiiy landshaftlarda tuproqning paydo bo’lishi uchun bir yilda sarflanadigan eng kam energiya miqdori (8-20 kJ/sm2) tundra va o’zlashtirilmagan chullar zonasida bo’lib, urtacha sarflanish mu’tadil iqlimli mintaqalar (40-160 kJ/sm2) da va eng yuqori energiya sarfi tropik (246—287 kJ/ sm2) nohiyalaridadir.
Nazorat savollari: Tuproq paydo qiluvchi omillarni aytib bering?
Antropogen omil qanday omil?
Tuproq profilini tushuntirib bering?
Tuproqlar genezisi va uning mohiyati?
Tuproqlar klassifikatsiyasi.
3-MAVZU: TUPROQNING MEXANIK TARKIBI. UMUMIY FIZIK VA FIZIK –MEXANIK XOSSALARI,ULARNING AXAMIYATI
Reja. 1.Tuproqning mexanik tarkibi.
2. Tuproqning umumiy fizikaviy xossalari, tuproq qattiq fazasining zichligi, tuproqning zichligi.
3. Tuproqning fizik-mexanik xossalarining turlari, tuproqning fizik yetilganligi, sug’orish davrida tuproq fizik-mexanik xossalarining o’zgarishi va ularni boshqarish.