2NH3 + CO2 = CO(NH2)2 + H2O Karbamid tarkibida zaharli bo’lgan biuret moddasi bo’ladi. Agarda uning miqdori ko’p bo’lsa o’simliklarni ham zaharlashi mumkin. Biuret yuqori haroratda o’g’itni donadorlashtirish jarayonida hosil bo’ladi. Mochevina tarkibidagi biuret miqdori 1% dan oshmasligi lozim.
Tuproqda ureaza fermenti ta’sirida mochevina ammonifikatsiyaga uchraydi, bunda ammoniy karbonat hosil bo’ladi. Ammoniy karbonat gidrolitik ishqoriy tuz bo’lib, muhitni vaqtinchalik ishqoriylashtiriladi. Ammoniyning bir qismini o’simliklar o’zlashtiradi, bir qismi esa TSK da singdiriladi:
CO (NH2)2 + 2H2O = (NH4)2CO3 (TSK) Sa + (NH4)2CO3 = (TSK)2NH4+ + CaCO3 Singdirilgan ammoniy o’simliklarni oziqlanishi uchun maqbo’l sharoit yaratadi. Keyinchalik ammoniy asta-sekin nitrifikatsiyaga uchraydi, bunda uning nitrifikatsiyasi (NH4)2SO4 va xususan NH4CI ga nisbatan ancha tez kechadi.
Nitrifikatsiya jarayoni natijasida tuproq eritmasi muhiti biroz kislotalashadi.
Karbamid - azotli o’g’itlar ichida eng keng tarqalgani va yaxshisi bo’lib, samaradorligi jihatidan ammiakli selitra kabidir. Uni barcha tuproqlarda va hamma qishloq xo’jaligi ekinlarida asosiy o’g’itlashda hamda oziqlantirishda qo’llash mumkin. Mochevina ekinlar hosildroligida ammiakli selitra kabi samara beradi, sug’oriladigan dehqonchilikda esa uning samaradorligi ammiakli selitraga nisbatan ancha yuqoridir. Mochevina turli ekinlarda qo’llaniladi. SHuningdek ildizdan tashqari oziqlantirish uchun donli, sabzavot ekinlari va mevali bog’larga qo’llash tavsiya etiladi. Mochevinani tuproq yuzasiga sepish tavsiya etilmaydi, chunki bunda ammiak uchib ketib, azotning foydasiz yo’qolishi kuzatiladi. Bu holat ayniqsa karbonatli va ishqoriy tuproqlarda kuchli kechadi.
MFU - mochevina formaldegidli o’g’it. Oq rangli amorf, gigroskopik bo’lmagan kukun. Mochevinaning kontsentrlangan ekvimolyar eritmasi va formaldegid SN2O ni kondensatsiyalab olinadi. Kondensat filtrlanib, qo’g’itiladi va maydalanadi.
MFU - sekin ta’sir etuvchi o’g’it. Tarkibidagi azot 33-42 % ni tashkil etadi, shundan 3-10% suvda eruvchan shaklda, qolgani esa suvda erimaydigan holatda bo’ladi.
Tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlar tufayli ushbu o’g’it azoti o’simliklar oziqlanishi uchun kerak bo’ladigan shaklga o’tadi. Sug’oriladigan yerlar uchun istiqbolli o’g’it bo’lib hisoblanadi.
Mochevina - atsetaldegid o’g’iti - o’z xususiyatlariga ko’ra MFU ga o’xshash, istiqbolli o’g’it.Tarkibidagi azot 36-38 % ni tashkil etadi.
Krotoniliden – di mochevina - (KDM) - sekin ta’sir etuvchi istiqbolli azotli o’g’it. Donador holatda ishlab chiqariladi, tarkibidagi azot 28% ni tashkil qiladi. Ushbu o’g’it tez minerallashadi (MFU ga nisbatan), tarkibidagi azot esa mochevina va ammiakli selitraga nisbatan o’simliklar tomonidan sekin o’zlashtiriladi.
Izobutilen - diomochevina - (IBDM). Ancha yaxshi fizik xossalarga ega bo’lgan o’g’it bo’lib suvda sekin eriydi. Tarkibida 31% azot saqlaydi.
Ular uchun, shuningdek sug’oriladigan sharoitda sizot suvlari yaqin joylar uchun istiqbolli o’g’itdir.
Oqsamid – oqsalat kislotasining diamidi, tarkibidagi azot 31,8%, uzoq muddat ta’sir etadi. Buni barcha qishloq xo’jalik ekinlarida qo’llash mumkin. Oq rangli granula (donador) shaklida ishlab chiqariladi, suvda deyarli erimaydi.
Barcha sekin ta’sir etuvchi azotli o’g’itlar donador shaklda va donalar sirti polimer plyonka bilan qoplangan hollarda yuqori samara beradi.