2NН3 + Н2SO3 ----- (NН4)2SO3
ammoniy karbonat hosil qiladi, keyinchalik ammoniy tuproq zarrachalarida singdiriladi (TSK)
[TSK]Сa2+ + (NН4)2SO3 = [TSK]NH4 + СaSO3
Ammonifikatsiya turli tuproqlarda aerob va anaerob sharoitda o’tadi, lekin kuchli ishqorli va kislotali sharoitda jarayon sustlik bilan o’tadi.
Ammonifikatsiya jarayoni natijasida ajralib chiqkan ammiak va o’g’itlar tarkibidan tuproqqa tushgan ammiak nitrifikatsiyaga uchraydi. Bu jarayon ikki bosqichda boradi:
1. 2NН3 + 3O2 = 2НNO2 + 2Н2O
2. 2НNO2 + 3O2 = 2НNO3
Tuproqda nitrat kislota 2НNO3+ Сa(НСO3)2 = Сa(NO3)2 +2Н2СO3 neytrallanadi.
Tuproq namligi dala nam sig’imiga nisbatan 60-70% hamda tuproq harorati 25-320 S va РН 6,2-8,2 atrofida bo’lsa, bu jarayon juda tez o’tadi. (bo’z tuproqlarda sug’orish, ishlov berish natijasida nitrifikatsiya jarayoni tezlashadi).
Ayrim tuproqlarda 1 kg tuproq hisobida bir yil davomida 100 mg.kg nitrat kislotasi hosil bo’lishi mumkin. (300 kg/ ga).
Nitratlar denitrifikatsiya jarayoni natijasida gazsimon azot birikmalari – NO2, N2O va molekulyar N2 azotgacha qaytariladi. Denitrifikatsiya anaerob sharoitda, ayniqsa ishqoriy muhitda tez o’tadi.
НNO3----НNO2-----Н(NO)2--------Н2O--------------- Н2
nitrat nitrit giponitrit azot oqsili molekulyar azot
Bu jarayon natijasida 10-15% azot atmosferaga uchib ketishi mumkin.
Biologik denitrifikatsiyadan tashqari tuproqda, ayniqsa ildiz atrofida xemodenitrifikatsiya o’tishi kuzatiladi.
(To’xtatish yo’llari: ishlov berish, to’g’ri sug’orish, nitrifikatsiya ingibitorlarini qo’llash).
Sug’orish natijasida tuproqning yuvilish va eroziyaga uchrashi hisobiga ham 15-20% azot, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida yo’qotiladi.
Azotning organik moddalar tarkibiga 5-15% va singdirilish 3-5% tashkil etadi. SHuningdek tuproqdagi mineral azot va o’g’it tarkibidagi azotning 30-50% o’zlashtiriladi. Birinchi yili qolgan qismi yukotiladi.
Tuproqka azotning kuyilishi atmosferada 1 ga 5-15 kg.ga bir yilda.
O’simliklar tarkibida 30-100 kg.ga, Simbio fiksatsiya 100-300 kg.ga erkin azotofiksatsiya 60-50 kg.ga va organik moddalar tarkibidan mineralizatsiya natijasida 10-50 kg.ga qo’shilishi mumkin.
34-jadval
Ammiakatlar tavsifi (D.A.Korenkov ma’lumotlari)
Ammiakatlar
|
Tarkibidagi azot miqdori, %
|
Tarkibi, %
|
Ca(NO3)2
|
CO(NH2)2
|
NH4NO3
|
H2O
|
NH3
|
Kaltsiyli va ammiakli selitra.
|
30,5 –31,6
|
25-28
|
-
|
27-30
|
22-30
|
18-20
|
Ammiakli selitra
|
34-37,5
|
-
|
-
|
64-67
|
16-22
|
14-17
|
Karbamid
|
|
|
|
|
|
|
Karbamid va ammiakli sel.
|
37,5-41,0
|
-
|
-
|
53-56
|
18-24
|
23-26
|
Karbamid va ammiakli sel.
|
|
|
|
|
|
|
1.Ugleammiakatlar - ammoniy karbonat (NH4)2 CO3 ammoniy bikarbonat NH4HCO3 va karbamid СO(NH2)2 ning suvdagi eritmalari bo’lib, tarkibida 18-35% azot saqlaydi, 12% karbonat angidrid (СО2) gazi va shuningdek 4-7% erkin ammiak bo’ladi.Past haroratda kristallanadi. Ugleammiakatlar yilning issiq davrlarida qo’llaniladi. Ugleammiakatlar albatta tuproqning 10-16sm chuqurligida solinib ko’milib ketilishi shart. Ugleammiakatlar asosiy o’g’itlashda ekishdan oldin va oziqlantirishda qo’llaniladi. Qator orasi ishlanadigan ekinlarda ham qo’llash mumkin. Bunda o’simliklarni kuydirmasligi uchun o’g’it qatoрНi o’rtasiga yoki o’simliklardan kamida 10-12 sm uzoqlikda ko’milib ketiladi.
Suyuq azotli o’g’itlar bilan ishlashga faqatgina tibbiy ko’rikdan o’tgan va maxsus instruktsiya (ko’rsatma) asosida ta’lim olgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Suyuq azotli o’g’itlar bilan ishlaganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish shart.
Qattiq ammoniyli o’g’itlar.
Ammoniy sulfat - (NН4)2SO4. Oq yoki och kul rangli kristall tuz bo’lib,tarkibida 20,8-21,0 % azot saqlaydi. Suvda yaxshi eriydi. Gigroskopikligi va qotib qolishi kuchsiz. O’g’it namligi 2% dan oshmaganda yaxshi sochiluvchanlikka ega bo’ladi.Tuproqqa solingach uni kislotaliligini oshiradi. Sintetik ammiakka sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
Dostları ilə paylaş: |