Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə139/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

NH4 (TSK)Sa + 2NH4CI = (TSK)NH4 + CaCI2

TSK da singdirilgan ammoniy kationini sug’oriladigan sharoitda yuvilish xavfi kamayadi va o’simliklarni oziqlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Neytral va kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan tuproqlarda qo’llash mumkin, bunda xlor yuviladi, ammoniy esa TSK da singdiriladi.


Ammoniy karbonat va ammoniy bikarbonat – ammoniy karbonat ammiakli suvni kislota bilan to’yintirish orqali olinadi. Juda ham kam miqdorda ishlab chiqariladi.
Ammoniy karbonat (NH4)2CO3, beqaror birikma bo’lib, ochiq havoda parchalanadi va ammiak ajralib chiqadi, hamda ammoniy bikarbonati hosil
bo’ladi, uning tarkibida 21-24% azot bo’ladi.
Ammoniy bikarbonat (NH4HCO3) tarkibida 17 % azot bo’lib ancha barqaror birikmadir, lekin ammiakni yo’qolishi ehtimoli mavjud. Ushbu o’g’itlarni saqlash va qo’llashda o’ziga xos sharoitlar talab qilinadi, aks holda ammiak yo’qotilishi mumkin. Bo’larga o’g’itni yopiq idishlarda saqlash, tuproqqa ko’mib ketish va boshqalar. Markaziy Osiyoda deyarli qo’llanilmaydi.


Ammiakli-nitratli o’g’itlar
Tarkibida ammiak va nitrat shaklidagi azot saqlovchi o’g’itlar.
Ammiakli selitra – NH4NO3 (ammoniyli nitrat,ammmoniyli selitra) Kristallari, qobiklari yoki granulalari oq yoki och sarg’ish rangli bo’lib, tarkibidagi azot 33,6-34,8% ni tashkil etadi.Ushbu azotning yarmi harakatchan va oson o’zlashtiriladigan nitrat shaklida, yarmi esa uzoqroq muddat ta’sir etadigan ammoniy shaklida bo’ladi. Suvda oson eriydi, kuchli gigroskipiklik xususiyatiga ega bo’lib, qotib qoladi, sochiluvchanligi qoniqarli darajada. 50-60% li nitrat kislotasini gazsimon shakldagi ammiak bilan neytrallash orqali olinadi:
HNO3 + NH3 (gaz) = NH4NO3 + 35600 kal.
O’g’itni qotib qolishini oldini olish uchun unga 2-3% miqdorida mayin ezilgan, kam gigroskopiklik xususiyatiga ega bo’lgan moddalar (fosforit yoki suyak uni, gips, kaolinit va boshq.) qo’shiladi.
Ammiakli selitra fiziologik kislotali o’g’it bo’lib,uni kislotaliligi ammoniy xlorid va ammoniy sulfatga nisbatan ancha kuchsizdir. TSK da kaltsiy yetishmagan hollarda tuproq kislotaligini oshiradi:
Сa NH4

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin