+ NН3 + 2N СOOНСOСН2 СOOН------------------СOOНСНNH2СН2СH2 СOOН - N 2 O ketoglutar k-ta glutamin k-ta
СOOНСН = СНСOOНaspartaza------СOOНСН2 СНNН2 СOOН fumar k-ta asparagin k-ta Oqsil tarkibiga kiruvchi boshqa barcha aminokislotalar (20 dan ortiq) asparagin va glutamin kislotalarning va ularni amidlari bo’lgan asparagin bilan glutaminning qayta aminla-nishidan sintezlanadi.
O’simliklarning azot almashinishida amidlar - asparagin va glutamin katta ahamiyatga ega, ular asparagin va glutamin kislotalarga yana bitta ammiak molekulasining birikishidan hosil bo’ladi.
+ NН3 СOONНСН2СНNH2СOOН СONН СН СНNН СOOН - N O asparagin k-tani amidi (asparagin)
СOOНСН СН СНNН СOOН + NН СONН СН СН СНNН СOOН
- N O glutamin k-ta amidi (glutamin) D.N.Pryanishnikovning klassik tekshirishlari ko’rsatishicha, amidlar hosil bo’lishi natijasida o’simliklarda ortiqcha ammiakli oziqlanishdan va uglevodlarni yetishmasligidan to’planadigan ammiakning zararli ta’siri yo’qoladi.
O’simlikda aminokislotalar va oqsillar sintezi bilan bir vaqtni o’zida ularni parchalanish jarayoni ham o’tadi. Parchalanish jarayonida ammiak ajraladi. Oqsillarni gidrolizlanishi proteaza fermentlari yordamida o’tadi. YOsh o’simliklar, novdalar, barglar o’sishi, nuqtalarda oqsil hosil jarayoni ko’proq o’tsa, kari organlarda gidroliz parchalanish jarayoni ko’proq.
SHuningdek, o’simlikda o’tadigan murakkab oqsillar va boshqa azotli organik moddalar sintezi ammiakdan boshlanadi, ularning parchalanishi ammiak bilan tugaydi.
D.N.Pryanishnikov aytganlar: "ammiak azot moddalarning o’simlik tarkibida almashinishida alfa va omega hisoblanadi"
O’simliklarning azotga talabi o’simlik biologiq o’sish va rivojlanish davri, tuproq tarkibida o’simlikka layoqatli azot moddalarning miqdoriga bog’liq. Azotli o’g’itlarga talabini bir nechta yo’l bilan aniqlash mumkin.
1. O’simlik tarkibidagi azot miqdori
2. O’simlik shirasini tarkibidagi azot miqdori (kontsentratsiyasi)
3. O’simlikning tashqi ko’rinishi
4. Tuproq tarkibidagi NN3 va NO2 azotning miqdori.
O’simlik tarkibidagi azot miqdori o’zgaruvchan bo’lib, o’simlik turi, o’simlikning organi, vegetatsiya davri, iqlim va tuproq sharoitiga qarab o’zgaradi, ammo ilmiy ishlar va ko’p izlanishlar natijasida har bir o’simlik tarkibida, uning organlari va vegetatsiya davriga qarab optimal miqdorlar ma’lum.
SHu miqdordan oz bo’lsa, o’simlikka azotli o’g’itlar berish shart. O’simliklar diagnostikasi (amaliy darsda o’tiladi) yordamida o’simlik shirasini tarkibida azot miqdoriga qarab o’g’itlarga bo’lgan talabini aniqlash mumkin.
O’simlikning tashqi ko’rinishi (slaydlarga qarab tushuntirish) rangi oqarishi yoki sarg’ayishi, barglar so’lishi, och tusli yashil rang paydo bo’lishi, o’suv nuqtalarining so’lishi, poyasini ingichkaligi, tuplar, shoxlar sonini kamayishi, barglar soni va sathi kamayishi, tugunlar orasi qisqarishi, gullar soni kamayishi, gul va hosil to’qilishi, (har bir o’simlik uchun ko’rsatgichlar alohida).
Azot ko’p miqdorda berilganda ham tashqi ko’rinishi o’zgaradi (to’q yashil rang barglarning chetlari kuyishi va xoqazo).
Tuproq tarkibida azot miqdorini aniqlash NН reaktivi yordamida yoki NO Grandval usulida aniqlanadi. Har bir o’simlik uchun tuproqda har xil miqdor optimal hisoblanadi.
O’simliklarni turiga qarab tuproq tarkibidagi NН va NO shakldagi azotga talabchanlik va o’zlashtirish qobiliyati ko’p faktorlarga bog’liq: tuproq eritmasining reaktsiyasi, boshqa kationlar miqdori va nisbati, ionlar va kul elementlarning miqdori, kaltsiy ionining kontsentratsiyasi, magniy, ammoniy va nitratlar miqdori, hamda o’simlik tarkibidagi uglevodlar miqdori. Neytral reaktsiya sharoitida ammoniy yaxshi o’zlashtiriladi, nordon sharoitda - nitratlar. Ammoniyli oziqlanishni tezlashtiradigan ionlar Сa, Md va Q nitrat ionni o’zlashtirishda molibden va fosfatlar yordam beradi.
Uglevodlar yetishmaydigan sharoitda, harorat pastligida, fotosintez jarayonini aniqligi pasayganda ammoniyni o’zlashtirishi ham kamayadi.
Azotli o’g’itlarni tanlash, normasini aniqlash, berish muddatlarini va usullarini to’g’ri tanlash uchun azotli moddalarning tabiatda aylanishi va tuproqda o’zgarishini bilish zarur.
Tuproq tarkibidagi azotning umumiy zahirasi va o’simlik o’zlashtiradigan azotli birikmalar miqdori doimiy ravishda o’zgarib turadi. O’zgarishning sabablari:
1. O’simlik o’zlashtirishi
2. Tuproq tarkibidagi har xil mikrobiologik jarayonlar ta’sirida azotning molekuyar azotga va ammiak holida havoga uchib ketishi
Sug’orish natijasida pastki qatlamlarga va sizot suvlariga yuvilib ketishi
4. Eroziya natijasida yuvilishi
5. Biologik va kimyoviy jarayonlar natijasida mineral azotning gumin moddalar tarkibiga o’tishi
6. Ammoniyli qaytarmas singdirilishi.
Tuproq tarkibida umumiy va harakatchan azotning ko’payishi ham har xil jarayonlar ta’sirida o’tadi.
1. Atmosferadan qo’shilishi
2. O’simliklar qoldiqlari va mahalliy o’g’itlar bilan tuproqda ko’payishi
3. Simbiotik va erkin azotofiksatsiya ta’sirida ko’payishi
4. Tuproqdagi organik moddalar tarkibidagi azotning mineral holatiga o’tishi.
Ma’lumki har xil tuproqlarda umumiy azot miqdori 0,05 - 0,5 % tashkil etadi, bo’z tuproqlarda esa 0,05-0,15 % va umumiy miqdori tuproqning haydov qatlamida 1,5- 15 t.ga. Bo’z tuproqlar zonasida bu ko’rsatkich 3-6 t.ga tashkil etadi. Umumiy azotning 94-95 %, organik birikmalar tarkibida, 3-5% almashinuvchan singdirilgan ammoniy holatida va 1% ga yaqini o’simlik o’zlashtira oladigan ammoniy va nitrat shaklida bo’ladi. O’simlikni azot bilan ta’minlanishi tuproqda o’tadigan mikrobiologik jarayonlarning tezligiga (aktivligiga) bog’liq. Tuproq tarkibidagi organik moddalar parchalanishi ammonifikatsiya detsiladi.
Oqsillar, gumin moddalar aminokislotalar, amidlar ammiaq
Ammonifikatsiya aerob va anaerob mikroorganizmlar ta’sirida o’tadi.
Bu jarayon o’tishida bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug’lar qatnashadilar. Mikroorganizmlar ajratadigan proteolitik fermentlar ta’sirida oqsillar aminokislota-largacha gidrolizlanadi, aminokislotalar esa dezaminoza fermenti ta’sirida NН3, СО2, N2O, N2,СН4 larga parchalanadilar.
Ajralib chiqqan ammiak tuproqdagi karbonat kislota bilan qo’shilib