Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə134/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Sinov savollari:
1. Lipidlar jumlasiga qanday moddalar kiradi?
2. O’simliklarning xavodan oziqlanishi deganda nimani tushunasiz?
3. O’simliklarning ildizdan oziqlanishi deganda nimani tushunasiz?
4. Ildizning normal rivojlanishi uchun tuzlar eritmasining roli?
5. Tuproqning kislotaligiga nima sabab bo’ladi va u o’simlikka qanday ta’sir kiladi?
6.Tuproqning singdirish qobiliyatini o’simliklarni oziqlanishidagi axamiyati qanday?

13.MAVZU: MINERAL O’G’ITLAR XAQIDA TUSHUNCHA. AZOTLI O’G’ITLAR.


R ye j a
1. O’g’itlar tasniflanishi va xossalari.
2. Azot elementining o’simlik hayotida ahamiyati.
3. Azot yetishmasligini aniqlash usullari.
4. Tuproq tarkibida azot miqdori, birikmalar. Tabiatda azotning aylanishi.
5. Azotli o’g’itlar ishlab chiqarish va ularni turlari
6. Nitratli o’g’itlar
7. Ammoniyli va ammiakli o’g’itlar
8. Ammoniy nitratli o’g’itlar
9. Amidli o’g’itlar
10. O’simliklarning o’g’it azotidan foydalanishi, ahamiyati va uni oshirish yo’llari.



13. 1. O’g’itlar tasniflanishi va xossalari.

Ma’lumki, qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning asosiy omillaridan biri o’g’itlar qo’llash hisoblanadi. yer yuzidagi insonlarning har 4 tasidan biri mineral o’g’itlar hisobiga olinayotgan qo’shimcha hosil hisobiga kiyinmoqda va oziqlanmoqda. Qishloq xo’jalik ekinlaridan olinayotgan qo’shimcha hosilning 50% i o’g’itlar hisobiga olinishi ham ularga nisbatan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida yondoshish, ularning olinishi, xossa va xususiyatlari, saqlashning o’ziga xos jihatlarini bilishni talab qiladi.


Kimyoviy tarkibiga ko’ra barcha o’g’itlar organik va mineralguruhlarga bo’linadi. Kelib chiqishiga ko’ra sanoat va mahalliy o’g’itlarga ajratiladi. Sanoat o’g’itlariga azotli, fosforli, kaliyli, kompleks va mikroo’g’itlar, mahalliy o’g’itlarga go’ng, torf, kul va boshqa turdagi o’g’itlar misol bo’ladi.
Mineral o’g’itlarning turli mineral tuzlar shaklidagi oziqa moddalari saqlaydi. Tarkibidagi oziqa moddasi turi va miqdoriga ko’ra o’g’itlar ikki guruhga bo’linadi: Oddiy va murakkab o’g’itlar: Oddiy o’g’it deb tarkibida o’simlik o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan bitta oziqa moddasi saqlaydigan o’g’itlarga aytiladi. Oddiy o’g’itlarga azotli, fosforli, kaliyli va ayrim mikroo’g’itlar misol bo’ladi.
Kompleks yoki ko’p tomonlama ta’sir etuvchi o’g’itlarga o’simlik ehtiyoji uchun kerakli bo’lgan ikki va undan ortiq oziqa moddasi saqlovchi o’g’itlar misol bo’ladi. O’simlik tarkibida 0,1 foizdan to foizlar darajasida uchraydigan, muhim hayotiy jarayonlarda qatnashadigan elementlar makroelementlar deb, shular asosida olinadigan o’g’itlar makroo’g’itlar deb ataladi.
O’simlikda foizning 0,0001- 0,000001 miqdorida uchrab muhim hayotiy jarayonlarda ishtirok etuvchi elementlar mikroelementlar deb, shu asosda olingan o’g’itlar mikroo’g’itlar deb ataladi.
Mineral o’g’itlardagi ta’sir etuvchi modda miqdori massa foizida : azotli o’g’itlar N hisobida, fosforli o’g’itlar R 2O5 hisobida,kaliyli o’g’itlar K2 O hisobida ifodalanadi.
Ta’sir etuvchi moddalarni o’g’itlarni fizik tuk hisobida 1 gektar maydonga belgilagan normada va dozada belgilaydilar.
Kompleks o’g’itlar, tarkibida o’simlik o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ikki va undan ortiq oziqa moddasi saqlovchi o’g’itlardir.
Kompleks o’g’itlar olinish usuliga ko’ra 3 guruhga bo’linadi:
- Murakkab o’g’itlar
- Murakkab-aralash o’g’itlar
- Aralash o’g’itlar
Murakkab o’g’itlar bitta kimyoviy formula bilan ifoda qilinadigan, tarkibiy qismi anion va kationdan iborat bo’lgan, qo’shilmalardan holi o’g’itlardir.
Murakkab aralash o’g’itlar deb bitta texnologik jarayonda, ammiak fosfor, azot va sul’fat kislotalari, ammoniy nitrat, fosforit yoki appatit, kaliy tuzlarini o’zaro ta’sir ettirib olinadigan tarkibida 2 va undan ko’p oziqa moddasi saqlaydigan o’g’itlarga aytiladi.
Aralash o’g’itlar bu 2 va undan ortiq oddiy o’g’itlarni quruq aralashtirish yo’li bilan olingan tarkibida 2-3 oziqa moddasi saqlaydigan o’g’itlarga aytiladi.
Organik yoki mahalliy o’g’itlarga go’ng, go’ng sharbati, torf, najas, qush ahlati(guana), kompostlar, sapropel’, xo’jalik chiqindilari, va yashil o’g’itlar misol bo’ladi.
Har bir o’g’itning olinishi, xossa va xususiyatlari to’g’risida tegishli boblar va mavzularda so’z yuritishimiz tufayli bu to’g’rida batafsil to’xtab o’tirmaymiz.
Mineral o’g’itlarni xossalari.
Mineral o’g’itlar qo’llash samaradorligini oshirish, to’g’ri saqlashni tashkil etish, tashish va saqlashda yo’qolishini oldini olish uchun ularning fizikaviy, kimyoviy va mexanik xususiyatlarini bilish talab etiladi. Ushbu xususiyatlarga: 1.Suvda eruvchanliq 2. Gigroskopikliq 3.Qotib qolish, 4.To’liq nam sig’imi, 5.Sochiluvchanliq 6.Granulometrik tarkib va 7.Granulalarning mustahkamligi misol bo’ladi.
Saqlash davomida o’g’itlar sifatini bo’zilmasligi uchun ularni uyumda saqlash 1. balandligi, 2. tabiiy nishablik burchagi, 3. qatlam va fraktsiyalarga ajralish darajasi, 4. qovushqoqligi kabi xususiyatlarini ham bilishimiz zarur.
O’g’itlarni saqlash davomida uning olovga va portlash xavfliligi, erkin kislotaligi, ammiak ajratishi, oson eruvchan shakldan qiyin eriydigan shaklga o’tishi retrogradatsiya xossalarini ham bilish talab etiladi.
Namligi - o’g’it namligi davlat standarti va texnik sharoitlari ko’rsatkichlaridan yuqori bo’lmasligi kerak Masalan, ammoniyli azotli o’g’itlarni namligi 0,2-0,6% dan ammoniyli nitratli va amidli azotli o’g’itlarda 0,2-0,3%, nitratli o’g’itlarda 1,0-2,0%, kaltsiyli selitrada esa 14,0% dan oshmasligi lozim.
Suvda eruvchan fosforli o’g’itlar uchun namlikni maksimal miqdori 3-5% ni tashkil etadi, apatitdan olingan oddiy kukunsimon superfosfat bundan mustasno, undagi namlik miqdori 12% dan oshmasligi lozim, suvda erimaydigan fosforli o’g’itlar uchun namlik miqdori 1,5-2% dan 8% gacha (pretsipitat); kaliyli o’g’itlarni namligi 1-4 foizdan 5-6 foizgacha (kalimagneziya, kaliy-magniyli kontsentrat) bo’lishi lozim. Ohak uni namligi miqdori 1,5- 4 foizini tashkil etsa, po’lat eritish sanoati shlaklari (tomasshlaq Martenshlaq fosfatshlak) namligi 2 foizni tashkil etadi. SHuni ta’kidlash joizki, mineral o’g’itlar tarkibidagi namlik miqdori standart ko’rsatkichdan o’zgarib ketishi uni o’g’it fizikaviy mexanik ko’rsatkichlarining keskin yomonlashuviga, o’g’itning bo’zilishiga olib keladi.
Gigroskopiklik - mineral o’g’itlar uchun havodan suv bug’larini tortib olish xususiyati xosdir. O’g’itlarning gigroskopiklik xususiyati 10 ballik tizim bo’yicha baholanadi. O’ta kuchli gigroskopiklik darajasi kaltsiyli selitra uchun xos bo’lib, 9,5 ball bilan baholanadi.
Ammiakli selitraning gigroskopiklik balli - 9,3; karbamidda - 3,6; donador qo’sh superfosfat va oddiy kukunsimon superfosfatda tegishlicha 4,7 va 5,9. Kaliy sulfatida gigroskopiklik balli -0,2- 0 bo’lsa, kaliy xloridda- 3,2-4,4.
Gigroskopiklik yuqori bo’lgan hollarda o’g’itlar qotib qoladi, donalarning mustahkamligi yo’qolib, sochiluvchanlik xususiyati yomonlashadi.
O’g’itlarni tashish va saqlash sharoitlari, qoplash turlari ularning gigroskopikligi bilan bog’liq.
O’g’itlarni qoplamasdan tashish va saqlash gigroskopikligi 3 ball va undan past bo’lgan o’g’itlar uchun tavsiya etiladi.
Gigroskopikligi o’rtacha 4-6 ball bo’lgan o’g’itlar bitum bilan to’yintirilgan qog’oz yoki polietilen qoplarda saqlanadi. YUqori gigroskopikligi (7-10 ball) o’g’itlarni faqat germetik polietilen qoplarda saqlash tavsiya etiladi.
Nam sig’imi. O’g’itlarning sochiluvchanligi ularning nam sig’imiga bog’liq. To’lik nam sig’imi, o’g’itlarning mexanizmlar yordamida sochiluvchanlik xossasini ta’minlab qolgan maksimal namligiga tengdir.
Qotib qolish. Bu ko’rsatkich bir qator omillarga bog’liq. Masalan: namliq gigroskopikliq donadorliq tarkib saqlash sharoiti va davomiyligi. Qotib qolish darajasi 7 ballik tizim bo’yicha baholanadi.
O’ta tez mushtlashib qoluvchi o’g’itlarga karbamid (0,2-1,0 mm li fraktsiya), oddiy kukunsimon superfosfat -VP darajali, ammoniylashgan donador superfosfat, mayda kristalli kaliy xlorid, silvinit - VI darajada.
Karbamid (1-3 mm li fraktsiya), ammoniy sul’fati, ammiakli selitra o’g’itlari tegishlicha 1-P,II, III,II,IV ballga ega.
Kaliy sul’fati, kalimagneziya, kaliy xlorid elektrolitik deyarli mushtlashmaydi.
Yirik kristalli va donador o’g’itlar ishlab chiqarish, germetik idishlar va qoplarda tashish va saqlash o’g’itlarning yopishib qotib qolish oldini olish imkonini beradi.
Sochiluvchanlik - avvalom bor donador tarkibga, to’kiluvchanlikka, donalar mustahkamligiga bog’liq. O’g’itlar sochiluvchanligining sifat jihatidan baholanishi 12 ballik tizim bo’yicha olib boriladi. Sochiluvchanlik qancha yaxshi bo’lsa, ball shuncha yuqori bo’ladi. Dalada o’g’itlarining bir tekis taqsimlanishi o’g’itning sochiluvchanligiga va o’g’itlovchi mexanizmning tuzilishiga ham bog’liq.

Granulometrik tarkib - elakdan mexanik usulda o’tkazish orqali aniqlanadi. Turli fraktsiyalarning foizdagi miqdori o’g’it sochiluvchanligi va mushtlashib qolishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Agar o’g’itlash mexanizmlariga bir xil granulometrik tarkibli o’g’it solinsa, dalada uning bir tekis sochiluvchanligiga erishishimiz mumkin.


Donalarning mustahkamligi - zarralar shakli o’lchami, namligiga bog’liq. Saqlash, tashish va qo’llash mobaynida granulometrik tarkibning saqlanib qolinishi o’g’itlarning fizikaviy xossalarini belgilaydi. Donalarning mustahkamligi ezilganda mexanik mustahkamlik (1kgs-sm ) va yemirilish (%) bilan o’lchanadi.
Azot tsitoplazmaning va hujayra yadrosining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan oqsillar, nuklein kislotalar (РНK- ribonuklein, DNK- dezoqsiribonuklein), xlorofill, fermentlar, fosfatidlar, fosfalipidlar ko’pchilik vitaminlar va o’simlikda moddalar almashinish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan boshqa organik birikmalar tarkibiga kiradi.
D.N.Pryanishnikov azotning o’simliklar hayotidagi vazifasini ilmiy jihatdan o’rganib, "Azotsiz oqsil modda paydo bo’lmaydi, oqsil moddalarsiz protoplazma vujudga kelmaydi, demak hayot ham bo’lmaydi" degan edi.
O’simliklarning oziqlanishi uchun nitrat kislota va ammoniy tuzlari azotning asosiy manbai hisoblanadi. O’simliklar tuproq eritmasida va almashinib singdirilgan holatda bo’lgan NO3 anioni va NN4 kationlarni o’zlashtiradilar.
O’simlikka o’tgan azotning mineral shakllari murakkab o’zgarishlar tsikliga uchraydi va nihoyat organik azotli birikmalar - aminokislotalar, amidlar va oqsillar tarkibiga kiradi.
Nitratlar o’simlikda bosqichma bosqich bir nechta fermentlar ta’sirida ammiakgacha qaytariladi.

НNO3 ---- НNO2---- (НNO)2------ NН2OН-----------NН3



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin