N3PO4 + Сa(OН)2 = СaНРO4 * 2Н2O Pretsipitatda xom ashyo sifatiga bog’liq ravishda 25-27% dan 30-35% gacha Р2O5 saqlanadi. Р2O5 limon kislotasida eriydi va o’simlik bemalol o’zlashtiradigan holda bo’ladi. Pretsipitat qotib qolmaydi, yaxshi sepiluvchan oq yoki oqish-kul rang, kukunsimon o’g’it.
Pretsipitat asosan kuzgi shudgor davrida qo’llash uchun tavsiya etiladi. Nordon tuproqlarda pretsipitat superfosfatga nisbatan samarasiga ko’ra ustun keladi. Qo’llash me’yori xuddi superfosfatniki kabi bo’ladi.
F t o r s i z l a n t i r i l g a n f o s f a t – fosforli o’g’it. Superfosfat ishlab chiqarish Саnoati sulfat kislotasini asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Ammo H3PO4 ishlab chiqarish uchun xom ashyo yetishmaydi. SHu tufayli fosforli o’g’it ishlab chiqarishda kislotasiz ishlov berish texnologiyalarini yaratish dolzarb muammolardan Саnaladi. Bu sohada ayniqСа termik ishlov berish yo’nalishi bo’yicha katta yutuqlarga erishilgan.
Ftorsizlangan fosfat ishlab chiqarish 1400-1450 0S haroratda apatit (2-3% kremnezem qo’shib) yoki fosforit (ohak qo’shib) suv bug’lari ishtirokida qizdiriladi.
Apatitdan olingan o’g’itda 30-32% P2O5, fosforitdan olinganda 20-22% P2O5 Саqlaydi.
T o m a s sh l a k - fosforga boy temir rudalarini Tomas uslubida qayta ishlash jarayonida olinadigan qo’shimcha mahsulot.
Metal eritilayotganda kuydirilgan ohak qo’shiladi. Bunda P2O5 ohak bilan reaktsiyaga kirishib, tetrakaltsiy fosfat hosil qiladi 4CaO*P2O5 Bu shlak eritma yuziga so’zib chiqadi, ajratib olinib, maydalanadi. Bu usulda olingan o’g’it tarkibida 7-8% dan 16-20% gacha P2O5 Саqlaydi.
M a r t ye n f o s f a t sh l a k i - cho’yandan po’lat olishda fosfoрНi biriktirib olish uchun ohak qo’shiladi. Bu chiqindida tomasshlakka nisbatan kam fosfor bo’ladi. Bu o’g’itda kaltsiy tetrafosfati qo’sh tuzi va kaltsiy silikati, temir, marganets, magniy va boshqa moddalar mavjud.
Р2O5 miqdori 8-12% limon kislotasida eriydi. Asosiy o’g’itlash uchun kuchsiz va kuchli kislotali tuproqlarda tavsiya etiladi.
Suvda va kuchsiz kislotada erimaydigan kuchli kislotada eriydigan fosforli o’g’itlar.
F o s f o r i t u n i - fosforitni mayda un holigacha maydalash orqali olinadi. Fosfor gidroqsilapatit, karbonat-apatit, ftor-apatit shaklida uchraydi. Сa3(РO4)2 suvda erimaydi. Tuproq potentsial kislotaligi 100 g tuproqda 2,5 mg.ekv. dan kam bo’lmagan hollardagina fosforit eriydigan holga o’tadi. Tuproqning asoslar bilan to’yinish darajasi 70% dan kam bo’lganda fosforit samarasi yuqori bo’ladi.
Fosforit uni tarkibida - oliy navida 25% fosfor, birinchi navida –22%, ikkinchi navida 19% fosfor bo’ladi, namligi barcha navlarda - 3% dan oshmaydi, maydaligi 0,18 mm elakda qolishi lozim bo’lgan miqdori 20% dan oshmasligi lozim.
SAVOLLAR 1. O’simlikda modda almashinishi jarayonida fosfor elementining o’рНi
2. O’simliklarda fosfor yetishmasligini aniqlash yo’llari
3. O’zbyokistonda qo’llaniladigan asosiy fosforli o’g’itlar
4. Suvda eriydigan fosfatlarni erimaydigan holga o’tish sharoitlari
5. Fosforli o’g’itlarni samaradorligini oshirish yo’llari