Тупроқшунослик асослари


To’shamali go’ng va uni saqlash usullari



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə159/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

16.2.To’shamali go’ng va uni saqlash usullari.

To’shamali go’ng – chorva mollarining suyuq va qattiq chiqindilari va to’shamadan iborat. Uning tarkibi 25% quruq modda va 75% suvdan tashkil topgan. To’shamali go’ng tarkibi hayvonlarni boqish sharoiti va to’shama turiga bog’liq bo’ladi. Hayvonlarning yoshi va turi, oziqa tarkibiga bog’liq ravishda qattiq va suyuq chiqindilarning nisbati, go’ng tarkibidagi oziq elementlar miqdori o’zgarib boradi. Suyuq va ho’l oziqa bilan oziqlantirilgan hayvonlar chiqitlarida suyuq faza miqdori ortib, aksincha omixta yem bilan boqilganda go’ng tarkibida azot, fosfor miqdori ortadi. Hayvonlar oziqasi tarkibidagi organik moddalрНing 40%, azotning 50%i, fosfoрНing 80%i, kaliyning 95%i go’ng tarkibiga o’tadi. To’shama sifatida somon, torf, qipiq, daraxtlar bargidan foydalaniladi.


To’shamani o’rtacha tarkibi, %

To’shama turi

H2O

N

P2O5

K2O

CaO

1. Kuzgi bug’doy somoni

14,0

0,50

0,20

0,90

0,28

2. Kuzgi javdar somoni

14,3

0,45

0,26

1,00

0,29

3. Bahori bug’doy somoni

14,0

0,56

0,20

0,75

0,26

4. Suli somoni

14,3

0,65

0,35

1,60

0,38

5.Torf

30,0

2,30

0,30

0,20

2,0

6. YOg’och qipig’i

-

0,20

0,30

0,74

1,05

O’g’itlarga bog’liq ravishda javdar va suli somonining kimyoviy tarkibi (absolyut quruq moddaga nisbatan % hisobida)



O’g’it turi va me’yori

Javdar somoni

Suli somoni

azot

fosfor

kaliy

azot

fosfor

kaliy

O’g’itlanmagan

0,38

0,11

0,53

0,42

0,12

0,86

20 t go’ng

0,44

0,29

0,74

0,51

0,28

0,94

40 t go’ng

0,50

0,30

0,95

-

-

-

N60 R45 K45

0,52

0,27

0,80

0,70

0,32

1,03

R60 K60

0,41

0,28

0,86

0,62

0,34

1,18

Hayvonlar uchun to’shama miqdori uning sifati va namligiga bog’liq. Xo’jalikda mavjud bo’lgan to’shama miqdoriga ko’ra uning me’yorini 1,5-,20 martagacha oshirish mumkin. Bu to’planadigan go’ng miqdorini oshishiga olib keladi.
Bir bosh hayvon uchun to’shama me’yori, kg/sut



Hayvon turi

Somon

Tupon

Mox

Kam chirigan torf

Kam chirigan pastki qatlam

Xazon

YOg’och qipig’i

1. Yirik shoxli qoramol

3-5

4-6

2-3

5-6

10-20

3-4

3,6

2. Otlar

2-4

3-5

1,5-2

3-4

5-10

2-3

4-6

3. Qo’ylar

0,5-1

0,5-1

0,2-0,5

-

-

-

-

4.CHo’chqa ona cho’chqa

5-7

6-8

3-4

-

-

-

-

5. Erkak cho’chqa

1,5-3

2-3

1-2

2-3

-

1,5-2

2-3

6. Bo’rdoqi cho’chqa

1-2

1,5-2

0-1,5

1,5-2

-

1-2

1,5-2

7. CHo’chqa bolalari

0,5-1

1-1,5

0,5

0,5-1

-

0,5-1

1-1,5

Hayvonlar bog’lamasdan qurada boqilganda to’shama me’yori 1,5-2,0 marta oshiriladi. To’planadigan go’ng miqdorini aniqlash uchun to’shama me’yoridan tashqari hayvonlarning suyuq va qattiq chiqitlari chiqishi miqdorini ham bilash zarur. Uning miqdori hayvon turi va berilayotgan oziqa tarkibiga ham bog’liq.


Hayvonlar suyuq va qattiq chiqitlari tarkibi, %

CHiqindi

Namlik N2O

Quruq modda

Azot N

Kaliy K2O

Kaltsiy SaO

Magniy MgO

Fosfor R2O5

Qattiq chiqindi

Otlar

75,7

24,3

0,44

0,35

0,15

0,12

0,35

Yirik qoramol

83,6

16,2

0,29

0,10

0,35

0,13

0,17

Qo’y

65,5

34,5

0,55

0,15

0,46

0,15

0,31

CHo’chqa

82,0

18,0

0,60

0,26

0,69

0,10

0,41

Suyuq chiqindi

Otlar

90,1

9,9

1,55

1,5

0,45

0,24

-

Yirik qoramol

93,8

6,2

0,58

0,49

0,61

0,04

-

Qo’y

87,2

12,8

1,95

2,26

0,16

0,34

0,01

CHo’chqa

96,7

3,3

0,43

0,83

-

0,08

0,07

Qushlar axlati

Tovuqlar

56,0

44,0

1,63

0,85

2,40

0,74

1,54

G’ozlar

77,1

22,9

0,55

0,95

0,84

0,20

0,54

O’rdaklar

56,6

43,4

1,00

0,62

1,70

0,35

1,40

Kaptarlar

54,9

45,1

1,76

1,00

1,60

0,50

1,78

Otlar va qo’ylarni chiqindilari va go’ngi qoramollar go’ngiga nisbatan oziqa moddalarga boy hisoblanadi. Go’ng tarkibidagi azot, fosfor va kaliy miqdori hayvonlar oziqasi tarkibi bilan uzviy bog’liq. yem-xashak tarkibida elementlar miqdori ortishi bilan ular miqdori go’ng tarkibida ham ortadi.
Go’ng tarkibining xashak turiga bog’liqligi.

Go’ng tarkibi

G o’ n g t u ri

Otlar

Qoramol

CHo’chqa

Azot (N)

0,32-0,84

0,21-0,75

0,28-1,05

Fosfor (P2O5)

0,18-0,68

0,11-0,65

0,15-0,73

Kaliy (K2O)

0,23-0,80

0,19-0,75

0,22-0,85

CHirish darajasiga bog’liq ravishda ot go’ngi tarkibi.



Tarkibiy qism

YAngi
go’ng

2oy saqlangandan so’ng

4oy saqlangandan so’ng

5-8oy saqlangandan so’ng

Suv

72,0

75,5

74,0

68,0

Organik modda

24,5

19,5

18,0

17,5

Azot (umumiy)

0,52

0,60

0,66

0,73

Azot (oqsil)

0,33

0,45

0,54

0,68

Azot (ammoniy)

0,15

0,12

0,10

0,05

Fosfor (R2O5)

0,31

0,38

0,43

0,48

Kaliy (K2O)

0,60

0,64

0,72

0,84

Go’ngning tarkibidagi oziqa moddalar miqdori saqlash davomiyligi va usullariga bog’liq. Go’ng yaxshi chirib, oziqa moddalari yo’qolishini oldini olish sharoitida qancha ko’p saqlansa, unda azot, fosfor va kaliyning miqdori ortadi, shuni e’tiborga olish lozimki, bunda ammoniyli azotning miqdori kamayadi.


Saqlash davomiyligining ortishi azot va organik moddaning yo’qolishi oshishiga olib keladi. To’shamani oshirilgan me’yorda qo’llash go’ng chiqishini oshirib, azot yo’qolishini kamaytiradi.

Aerob sharoitda turli muddatda saqlangan go’ngdan azot va organik modda yo’qolishi. (Viua ma’lumoti)





Yo’qolish turi

2 oy saqlanganda

4 oy saqlanganda

6-8 oy saqlanganda

Umumiy azot

20-30

30-35

45-50

Organik modda

25-30

35-40

50-60

Go’ng zichlanmasdan 4 oy shtabelda saqlanishi mobaynida azot yo’qolishi





Somon to’shamali go’ng

Torf to’shamali go’ng

YOg’och qipiqli go’ng

YAngi go’ngdagi azot miqdori, %

Azot yo’qolishi, %

YAngi go’ngdagi azot miqdori, %

Azot yo’qolishi, %

YAngi go’ngdagi azot miqdori, %

Azot yo’qolishi, %

0,52

43,9

0,65

25,2

0,54

38,4

0,48

35,5

0,75

18,8

0,42

24,8

0,40

31,2

0,60

13,7

-

-

0,32

12,4

0,40

3,4

-

-

To’shama me’yoriga bog’liq ravishda go’ng to’planishi


va azot yo’qolishi



To’shamani kunlik me’yori, kg

Somon to’shama

Torf to’shama

1 boshdan 200 kunda go’ng to’planishi, t

4oy saqlashda azot yo’qolishi, %

1 boshdan 200 kunda go’ng to’planishi, t

4oy saqlashda azot yo’qolishi, %

-

1

2

1

2

2

6,8

43,9

7,7

25,2

4

8,2

31,2

9,2

13,7

6

9,4

12,4

10,1

3,4

CHirigan go’ng olishda oziqa va organik moddalar yo’qolishini oldini olish uchun saqlash mobaynida namliq harorat va aeratsiya sharoitlarini hisobga olish zarur. Go’ngni jadal chirish darajasi namlik 55-75% bo’lganda kuzatiladi. Organik moddani chirish darajasi aeratsiya sharoiti bilan bog’liq. Go’ngni shtabelda saqlaganda kislorod bilan yetarli ta’minlash yaxshi chirigan go’ng olish imkonini beradi. CHirish davomida kislorod bilan ta’minlash va harorat, shtabel hajmi, zichlanganligi, namlik kabi sharoitlar, ya’ni saqlash usullariga bog’liq.


Mavjud konkret sharoitlardan kelib chiqib go’ng bir qancha usullarda saqlanadi. Go’ngni chorva mollari tagida saqlash, bu usulda asosan go’ng bog’lab boqilmaydigan mollar va qo’ralarda boqilganda saqlanadi. Bunda chorva mollari tagiga 30-40sm qalinlikda to’shama to’shaladi. To’shama saqlash davomida hayvonlar chiqindilari bilan bir tekisda aralashadi va zichlanadi. Namiqib ketish hollarida to’shama yana qo’shiladi. SHu usulda tayyorlangan go’ng yig’ishtirib olinadi va ko’zda o’g’itlash uchun qo’llaniladi. Go’ngni chorva mollari tagida saqlash eng arzon usul hisoblanib, go’ng sharbati va ammiak yo’qolishi kamayadi.
Bog’lab boqiladigan chorva mollari go’ngi mahalliy sharoitga bog’liq holda zich, yarim zich, g’ovak usulda saqlanadi. Zich (sovuq) usulda saqlash- go’ng saqlash omborlari yoki go’ng xonada saqlash usuli bo’lib, go’ng qavat-qavat to’shaladi va darhol zichlanadi. Dastlabki qavatni eni 5-6 m, qalinligi 1 m bo’lib, o’zunligi go’ng miqdoriga bog’liq holda tanlanadi. To’shalgan go’ng darrov zichlanadi va yangi qavat to’shaladi, umumiy balandlik 2,5-3,0 m dan oshmasligi kerak Ustidan somon yoki tuproq bilan 8-15 sm qalinlikda yopiladi.
Go’ng chirishi anaerob sharoitda boradi. CHirish harorati qishda 20-250S ni tashkil etadi. Go’ng СО2 va suv bug’lariga o’ta to’yinganligi sababli (NH4)2CO3 ni erkin ammiaq СО2 va suvga parchalanishi oldi olinadi. Bu usulda saqlanganda boshqa usullarga nisbatan kamroq organik modda va azot yo’qolishi kuzatiladi.
Zich usulda qish davrida yarim chirigan go’ng 3-4 oyda, to’liq chirigani esa 7-8 oyda olinadi. YArim zich (issiq-sovuq) usulda juda zich usuldagi kabi to’shaladi, dastlab zichlab bostirilmaydi. 3-5 kun o’tgach, ya’ni chirish harorati 60-700S yetgach qattiq zichlab bostiriladi. SHunday holat saqlayotgan go’ng balandligi 3,0 m ga yetgo’nga qadar davom ettiriladi. Bu usulda, ya’ni go’ng zichlanguncha unda aerob chirish jarayoni boradi, bunda bir qism organik modda va azot yo’qolishi mumkin. Azot yo’qolishini kamaytirish uchun oshirilgan me’yorda to’shama qo’llash lozim.
Go’ng zichlanganda harorat 30-350S gacha pasayadi va keyingi chirish jarayoni anaerob usulda ketadi. Bunda chirish jarayoni zich usulda saqlashga ko’ra tezroq kechadi. YArim chirigan go’ng 1,5-2,0 oyda tayyor bo’lsa, to’liq chirish uchun 4-5 oy talab etiladi.
Bu usulda tezda chirigan go’ng olish, go’ngni biotermik zararsizlantirish uchun qulay hisoblanadi.
G’ovak (issiq) usulda saqlash –go’ng zichlanmasdan usti yopilib saqlanadi. CHirish aerob usulda, yuqori harorat ostida kechib, organik modda va azot hamda go’ng sharbati yo’qolishi kuzatiladi.
Turli usullar va to’shamalar bilan 4 oy saqlash davomida organik modda, azot va go’ng sharbati yo’qolishi miqdori.



Saqlash usuli

Somon to’shamali go’ngdan

Torf to’shamali go’ngdan

Organik modda

Azot

Go’ng
sharbati

Organik modda

Azot

Go’ng
sharbati

Zich

12,2

10,7

1,9

7,0

1,0

0,6

YArim zich

24,6

21,6

5,1

32,9

17,0

3,4

G’ovak

32,6

31,4

10,5

40,0

25,3

4,3

Turli usullarda 4 oy saqlangan go’ng tarkibi

Tarkibi




Somon to’shamali go’ng

Torf to’shamali go’ng

S a q l a sh u s u l l a r i

zich

yarim zich

g’ovak

zich

yarim zich

g’ovak

Namligi

75,7

77,7

77,9

77,3

79,5

80,0

Umumiy azot

0,61

0,66

0,71

0,62

0,67

0,63

Oqsil azoti

0,37

0,50

0,56

0,37

0,44

0,42

Ammoniyli azot

0,23

0,15

0,18

0,24

0,22

0,18

Fosfor P2O5

0,39

0,43

0,48

0,27

0,28

0,31

Kaliy K2O

0,42

0,48

0,52

0,37

0,48

0,51

Kaltsiy SaO

0,18

0,24

0,22

0,19

0,24

0,24

Organik modda

21,7

18,7

18,4

20,0

18,0

17,0

Uglerod

9,7

8,61

7,31

9,08

8,30

8,0

Kletchatka

8,82

6,58

6,47

6,88

5,88

5,72

Go’ngni chorvachilik inshootlaridan uncha uzoq bo’lmagan joyda maxsus qurilgan go’ngxonalarda ham saqlash mumkin.
Go’ngxonalar 2 xilda bo’lishi mumkin:
Er ustki go’ngxonalar yer osti suvlari yaqin joylashgan xududlarda quriladi va go’ng shtabel holida saqlanganda qurg’oqchil mintaqalarda kolovan tipidagi go’ngxonalar tavsiya etiladi.

Go’ngxonalarga quyidagi talablar qo’yiladi:



  • tagi nam o’tkazmasligi lozim. Masalan, beton bilan yopilgan bo’lishi kerak Bu go’ng sharbati yo’qolishi oldini oladi. Bundan tashqari tashish va ortishda mexanizmlarni ko’tarishga chidamli bo’lishi lozim.

  • Go’ng sharbatini to’plagich maxsus joylari bo’lishi kerak

  • Go’ngxona tagi sharbat to’plagich tomon nishab bo’lishi lozim.

  • Go’ngxonalarga yog’in sochin suvlari oqib tushmasligi lozim.

  • Go’ngxona aholi punktlaridan kamida 200m uzoqlikda, suv to’planmaydigan baland joyga qurilishi kerak

  • Daryo, ko’llar, ariqlar, quduqlar yakinida, botqoq yerlarda go’ngxona qurish mumkin emas.

  • Go’ngxona uchun joy sanepidstantsiya roziligi bilan veterinariya vrachi ishtirokida tanlanadi.

  • Yil davomida to’planadigan go’ng miqdoriga bog’liq ravishda go’ngxona o’lchami tanlanadi. Agar zichlangan go’ng balandligi 1,5 m ni tashkil etsa, 2,5-3,0 oy mobaynida saqlash uchun har bir hayvon uchun quyidagi miqdorda maydon talab etiladi:

-yirik shoxli qoramollar - 2,0-2,5 m2
-otlar uchun - 1,4-1,75 m2
-buzoqlar - 1,0-1,2 m2
-cho’chqalar - 0,4-0,5 m2
-qo’y - 0,2-0,3 m2
Har 100 t go’ng uchun go’ng sharbati to’plagich hajmi 1,3 m3 ni tashkil etib, umumiy xajmi esa 4-5 m3 bo’lishi lozim.
Go’ng sharbati o’g’it sifatida, kompostlar tayyorlashda va go’ng saqlashda uni qurib qolmasligi uchun namlashda ishlatiladi.
Mutaxassis turlicha chirigan go’ngning aralashib ketishiga yo’l qo’ymasligi lozim. Go’ng go’ngxonaga 2-3m enlikda ko’ndalang holda yotqiziladi va zichlanadi. SHtabel balandligi 2,5-3,0m ga yetguncha shunday davom ettiriladi. So’ng yonidan 2 chi, 3 chi shtabel yotqizilib, go’ngxona to’lguncha davom ettiriladi. Bunda yonma-yon yotqizilgan shtabelllar zich joyldashishiga e’tibor berish lozim. Bunda go’ngxona bir chetida chirigan go’ng osil bo’lsa, bir cheti hali chirib ulgurmagan bo’ladi.
Agar go’ngni baxorda-ko’zda dalaga chiqarib saqlash imkoni bo’lmasa, u holda qishda chiqariladi. Bunda go’ng 1-2 kun ichida to’liq tashib, ulgurilishi, usti 15-20sm qalinlikda tuproq bilan berkitilishi kerak
CHirimagan va yarim chirigan go’ng dalada kichik uyum holida saqlash tavsiya etilmaydi, chunki bunday holda qishda go’ng mo’zlashi, yozda qurib qolishi ehtimoli kuchayadi va ammoniyli azotning katta miqdorda yo’qolishiga olib keladi.
To’shamali go’ng saqlanganda oziqa moddalari yo’qolishi oldini olish choralari: Ma’lumki noqulay sharoitda go’ng oziqa moddalari ko’p yo’qolishi, uning o’g’itlik ahamiyatini kamaytiradi. Ammiak va organik modda asosan chirish jarayonida, go’ng sharbati esa saqlash joyida gruntga surilish va oqib ketish natijasida yo’qoladi, azot, kaliy miqdori keskin kamayadi. Buning oldini olish uchun birinchi navbatda to’shama me’yori oshirilishi, to’shamaga torf va somon ishlatilishi, go’ngni zich (sovuq) usulda saqlash, go’ng sharbati to’plagichlarga qo’yiladigan talablar to’la bajarilishi lozim. Go’ngni o’gitlik ahamiyatini oshirish uchun unga fosforli o’g’it qo’shish, torf, tuproq va boshqa materiallar qo’shib kompost tayyorlash tavsiya etiladi.
To’shamali go’ng chiqishini hisoblash.
Xo’jalikda to’shamali go’ng chiqishi va to’planishini hisoblashda shtabel hajmini, uning hajmi massasiga ko’paytirish orqali topiladi. Hajmini aniqlash uchun shtabel bo’yi va eni hamda balandligi ko’paytiriladi. 1m3 zichlanmagan go’ng massasi 0,3-0,4 t, zichlangani –0,7, yarim chirigan 0,8t, to’liq chirigan-0,9 t.
Xo’jalikda go’ng chiqishini hisoblash ham muhim ahamiyatga ega. YAngi chirimagan go’ng chiqishi, yem-xashakning 50%i, go’ng tarkibiga o’tishiga va barcha qo’llanilgan to’shama miqdorini hisoblashga asosan topiladi. YAngi go’ng tarkibida 25% quruq modda va 75% suvdan iborat bo’lganligi sababli, uning miqdori yem-xashak va to’shamaga nisbatan 4 marta ko’p bo’ladi. Go’ng chiqishi quyidagi formula bilan topiladi:
G=(K/2+T)x4 bu yerda
G- go’ng chiqishi
K-em-xashak miqdori, quruq modda hisobida
T-to’shama
Ushbu bir bosh hayvondan olinadigan go’ng miqdoriga ko’ra yillik go’ng to’plash miqdorini topish mumkin.
Vs= VdxDsxCHs/1000 bu yerda
Vs- barcha qoramoldan go’ng to’plash miqdori, t/yil
Vd- 1 kunda bir bosh hayvondan go’ng chiqishi, kg/kun
CHs- bosh soni, dona
Ds- bog’lab boqish davomiyligi, kun
1000- kg ni tonnaga aylantirish koeff.
SHundan so’ng olingan miqdoрНi chirish darajasi ko’rsatkichiga ko’paytirib, to’planadigan go’ng miqdori topiladi. YAngi chirimagan go’ngni yarim chirigan go’ngga o’tkazish koeffitsiyenti- 0,7-0,8, chirigan go’ngga- 0,5, chirindiga- 0,25, chirimagan go’ng massasi chirigan go’ng koeffitsiyentiga ko’paytirilib, hosil bo’lgan massa miqdori topiladi. Bir tonna yangi chirigan go’ngdan 700-800 kg yarim chirigan go’ng, 500 kg to’liq chirigan, 250 kg chirindi olinadi.
Xo’jalikda go’ng to’planish miqdorini hisoblashda 1,5 bosh ot, 2 bosh g’unajin, 3-5 ta buzoq, 4-5 ta ona cho’chqa, 10 bosh qo’y bir bosh qoramolga teng deb olinadi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin