Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə157/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Go’ng-fosforli kompost. Bu turdagi kompost bevosita ekin maydonlariga yaqin yerlarda tayyorlanadi. Buning uchun 50—60 sm chuqurlikda kompost tayyorlash urasi kovlanadi. Uraga 30—40 sm qalinlikda go’ng tashlanadi (go’ng quruq holatda bo’lsa, ma’lum miqdorda suv olib namlanadi) va ustiga 200—300 kg superfosfat sochiladi. Superfosfatning yirik kesakchalari albatta ol-dindan maydalanishi lozim. So’ngra 15—20 sm qalinlikda tuproq bilan kumiladi. Bu maqsadda ura kovlash paytida olingan tuproqdan foydalaniladi. Agar kuhna devor qoldiklari yoki uzoq, muddat quyosh ta’sirida qizib yotgan zovur tuproqlari ishlatilsa, kompostning sifati yanada yaxshilanadi. Tuproq, ustidan bir qatlam go’ng shaltog’i quyiladi. SHu taxlit uyum 2,0—2,5 m ga yetkaziladi va usti 10—15 sm qalinlikda somon va yupqa (10 sm chamasi) tuproq bilan qoplanadi.
Kompost tayyorlash jarayonida uyumdagi jinslarni aralashtirishga alohida e’tibor beriladi. Aralashtirilmagan kompost yaxshi chirimaydi, tabiiyki, fos­for o’simliklar uchun kam layokatliligicha qolib ketadi. Aralashtirish chizel yoki yuklash mexanizmining chumichi yordamida bajarilish mumkin, Aralashma 100—120 kundan keyin belko’rak yordamida yaxshilab aralashtiriladi. yetilgan kompost sochiluvchan, bir jinsli bo’lib, qoramtir-jigarrang tusda bo’ladi.
Najasli-tuproqli kompost. Dehqonchilikda najasdan tayyorlanadigan kompostlardan ham keng foydalaniladi. Najasning o’zini ko’p ekinlarga to’g’ridan-to’g’ri o’g’it sifatida ishlatish sanitariya-gigiyena nuktai nazaridan tavsiya etilmaydi. Najasli-tuproqli kompost tayyorlash uchun eni va bo’yi 2,0—2,5, chukurligi 0,5— 0,7l bo’lgan xandaq kovlanadi. Unga bir qatlam najas, bir qatlam tuproq navbat bilan tashlanadi (1 t najasga 1 t tuproq. to’g’ri kelishi kerak). Usti somon, torf yoki xashak bilan qumiladi. Qumma har 3 xaftada yaxshi­lab aralashtirib turiladi. Ikki-uch oy ichida najas­ning badbui xididan holi, qoramtir tusli, donador va sochiluvchan kompost tayyor bo’ladi,
Najasli-tuproqli kompost a’lo sifatli mahalliy o’g’it, 12—15 t/ga me’yorida qo’llaniladi.
Aralash kompostlar tayyorlashda, go’ng, somon, hazonlar, chuchuk suv xavzalarining loyqalari, fosforli o’g’it, shahar chiqindilari va boshqa axlatlardan foydalanish mumkin.


SAVOLLAR
1. Kaliyni o’simlik tarkibida miqdori va ahamiyati
2. Tarkibida kaliy tutuvchi minerallarni ayting
3. Kaliyning o’simlik hayotidagi ahamiyati va vazifalari
4. Tuproqlardagi kaliy miqdori va shakllari qanday
5. Kaliyni sinflanishi
6. Kaliy yetishmasligi belgilari
7. O’zbekistonda qo’llaniladigan kaliyli o’g’itlar



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin