PMU—7 o’z tarkibida 2—5 % rux tutadi. Uni urug’larni ekish oldidan yoki ekish bilan birga qator oralariga 20 kg/ga me’yorida qo’llash tavsiya etiladi. Ildizdan tashqari oziqlantirish maqsadida ko’proq rux sulfat ishlatiladi (150—200 g/ga). Ruxli mikroo’g’itlarni bevosita urug’ bilan aralashtirib qo’llash ham mumkin. Buning uchun 4 g rux sulfat 4 l suvda eritiladi va 1 ts urug’ bilan aralashtiriladi.
Kobalt
O’simliklarning I kg quruq, massasi tarkibida o’rtacha 0,021 mg kobalt mavjud. Ayrim o’simliklarda bu ko’rsatkich 11,6 mg/kg ni tashkil etadi. Kobalt ko’proq dukkakli ekinlarning tuganaklarida uchraydi. SHuningdek, o’simliklarning generativ organlari (masalan gul) ham ma’lum miqdor kobalt tutadi.
O’simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% i ion. 20% i vitamin V„ va qolgan 30% i barqaror organik birikmalar shaklidadir.
O’simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 marta kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kobalt ta’sirida qandlavlagi hosildorligi gektariga 30—35 ts, shakar miqdori 0,8% oshishi ko’zatilgan.
Bo’z tuproqlar tarkibida kobalt miqdori 1,0 mg/kg dan kam bo’lsa, kobaltli mikroo’g’itlar ishlatilishi lozim. Lekin chorva mollari uchun sifatli ozuqa yetishtirish maqsadida tuproq tarkibidagi kobalt miqdori 2,0—2,5 mg/kg bo’lganda ham mazkur mikroelementni ishlatish mumkin. yem-xashak tarkibida kobalt miqdori 0,07 mg/kg dan kam bo’lsa, chorva mollarida akobaltoz xastaligi yuzaga keladi.
Kobaltli o’g’itlar sifatida kobalt sulfat, kobalt nitrat va kobalt xlorid tuzlaridan foydalaniladi.
15.5.Murakkab o’g’itlar. Tarkibida ikki yoki undan ortiq oziq elementini turli miqdor va nisbatlarda tutadigan o’g’itlar kompleks o’g’itlar deb yuritiladi.
Tarkibiga ko’ra ikki komponentli (fosforli-kaliyli, azotli-fosforli, azotli-kalishsh) va uch komponentli (azotli-fosforli-kalipli), olinish usuliga ko’ra murakkab, murakkab-aralash va aralashtirilgan, agregat holatiga ko’ra esa qattiq va suyuq kompleks o’g’itlarfarqlanadi.
Murakkab o’g’itlar kation va anionlardan tarkib topgan bo’lib, qatiy kimyoviy formula bilan ifodalanadi— KNO3, NH4HN04va boshqa (10-rasm).
Murakkab-aralash o’g’itlar deganda, yagona texnologik jarayonda ammiaq fosfat, nitrat va sulfat kislotalar, ammiakli selitra suyuqlanmasi, fosforit yoki apatit, kaliy tuzlarning o’zaro ta’sirlashishi asosida olinadigan va har bir zarrachasida kimyoviy birikmalar holida ikki yoki uchta oziq elementini tutadigan o’g’itlar tushuniladi. Aralash o’g’itlar ikki yoki uchta quruq holatdagi oddiy mineral o’g’itlarni aralashtirish yuli bilan olinadi.
Bir paytning o’zida tarkibida yuqori konpentratsiyali ikki yoki uchta oziq elementni tutishi kompleks o’g’itlarga xos ijobiy xususiyatdir. Masalan, ammofos, diammofos, ammoniilashtirilgan superfosfat, nitrofos ikkita oziq elementi tutsa, nitrofoska, karboammofoskalar tarkibida uchta oziq elementi mavjud. Ayrim murakkab o’g’itlar tarkibiga mikroelementlar ham kiritiladi.
Kompleks o’g’itlar qo’llash asosida o’g’itlarni tuproqda kiritish bilan bog’liq sarf-xarajatlarni oddiy mineral o’g’itlarni alohida-alohida qo’llashga nisbatan 1,5—2,0 marta kamaytirish mumkin.
Ayni chog’da kompleks o’g’itlar tarkibidagi fosfor usimliklar tomonidan oddiy fosforli o’g’itlardagidan ko’proq o’zlashtiriladi.
Kompleks o’g’itlar faqat o’simliklarni oziq elementlar bilan ta’minlashni yaxshilab qolmay, o’g’itlarni yuklash, tashish va tushirish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytiradi, o’g’it omborlari adjlishini arzonlashtiradi.
39-jadvalda keng tarqalgan kompleks o’g’itlar tarkibidagi oziq elementlarning miqdori va nisbatlari keltirilgan.
Asosiy kompleks o’g’itlar tarkibining oziq moddalar
miqdori va nisbatlari
(A. V. Peterburgskiy, 1989)