15.4.Mikroo’g’itlar. Tarkibida mikroelementlar tutadigan va o’simliklarning me’yorida o’sib-rivojlanishi uchun kam miqdorda ishlatiladigan moddalarga mikroo’g’tlar deyiladi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’simliklar tarkibida mikro elementlar miqdori 0,00001—0,01 % ni tashkil qiladi. Masalan, qandlavlagi hosildorligi gektariga 300 ts ni tashkil qilganda, mahsulot tarkibidagi mikroelementlar miqdori qo’yidagicha bo’ladi: bur (V) — 160 g; marganets (Mp) —500 g; mis (Si) — 50 g; pyx (Zn) — 190 g; kobalt (So) — 2 g.
Mikroelementlarni o’rganish va qo’llash borasida Q A. Timiryazev, D. N. Pryanishnikov, ye. V. Bobko, M. V. Katalыmoye, M. YA. SHkolnik kabi olimlar katta ishlarni amalga oshirganlar. O’zbekiston tuproqlaridagi mikroelementlarni o’rganish va paxtachilikda mikroo’g’itlar me’yorini belgilashda ye. Kruglova, B. Isaev, M. Aliyeva hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining hissasi katta.
SHu davrgacha mikroelementlardan bur, marganets, mis, molibden, rux va kobalt yaxshi o’rganilgan.
Bo’r
Bur elementa (bur arabcha oq va zarrabin modda) farangistonlik olimlar Jozef Gey-Lyussak va Lui Tener (1808) lar tomonidan kashf qilingan. O’simliklar tarkibida bur mavjudligi oradan 50 yil o’tgach ma’lum bo’ldi. Bur tanqisligida gullar soni keskin kamayadi, shona va tugunchalar to’qiladi, poya va ildizning o’sish nuqtalari shikastlanadi. Bu hol ildizmevalilarda yaqqol namoyon bo’ladi (9-rangli rasm). Bur guldagi chang naychalarning o’sishi va hayot faoliyatini kuchaytiradi, urug’ va mevalarning pishib yetilishini jadallashtiradi.
U hujayradagi suv miqdorini ko’paytiradi, oqsil va uglevod almashinish jarayonini tezlashtiradi. Bur qand moddalarni o’sish nuqtalari va mevaga borishini tartibga soladi. O’simliklarning qurg’oqchilikka bardoshini oshiradi
Bur yetnshmasa, fotosintez jarayoni sekinlashadi, shunintdeq o’simliklarning ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi. Bu mikroelement o’simliklarda kaliy va azotni jadal o’zlashtirilishiga yordam bergani holda, fosfoрНing yutilishiga qarshilik qiladi.
O’simliklar tarkibidagi bur miqdori o’rtacha 0,0001% yoki 1 kg quruq moddada 0,1 mg ga tengdir.
Bur tanqisligida o’simliklarda quruq va jigarrang chirish, capg’ayishi, ildiz mevalarning o’zaklanishi va bakterioz kabi illatlar kuzatiladi. Kungaboqar, pomidor, gulkaram, beda, xashaki ildizmevalar, g’o’za, zig’ir, sholi, sabzavotlar va qandlavlagi burga talabchan o’simliklar jumlasiga kiradi.
Tuproq tarkibida bo’r miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa, o’simliklarda zaxarlanish alomatlari paydo bo’ladi, poyaning pastki qismidagi barglar sarg’ayadi, «kuyadi», to’qiladi. BuрНing serobligi chorva mollari salo-matligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Turli tuproqlarda bur tanqisligining kuyi chegarasi turlicha bo’lib, bu ko’rsatkich qora tuproqlarda 0,3—0,6 mg/kg, bo’z tuproqlarda 0,45—2,0 mg/kg dan past bo’lganda burli o’g’itlar qo’llash lozim.
Burli o’g’itlarni qo’llash natijasida zig’ir (tola) va paxtadan gektariga 2—3 ts gacha qo’shimcha hosil olish mumkin. Qandlavlagi hosildorligi 45 i/ga ga oshib, tarkibidagi qand moddasi 0,3—2,1 %ga ko’payadi.
Burli mikroo’g’itlar jumlasiga burat kislota, bur-magniyli o’g’it va burli superfosfatlar kiritiladi (32-jadval).
Burli mikroo’g’itlar (B. A. YAgodin. 1989)
Burli superfosfat tarkibida 0,2 % bur bo’lib, asosan qandlavlagi, ozuqabop ildizmevalilar, boshoqli don ekinlar, fechiha kabi ekshыarga tuproqni asosiy ishlash paytida, gektariga 2—3 ts, ekish oldidan qator oralariga 1 — 1,5 ts miqdorida kiritiladi.
Tarkibida 2,2 % bur tutgan bur-magniyli o’g’it ham asosan yuqorida aytib utilgan ekinlar va zig’ir uchun gektariga 20 kg miqdorda ishlatiladi.
Bo’rat kislota tarkibida 17,3% bur mavjud va undan asosan o’simliklarni ildizdan tashqari oziqlantirishda foydalaniladi (0,5—0,6 kg/ga). 1 ts urushi 100 g burat kislota bilan aralashtyrib ekish ham yaxshi na-tija beradi.