Miss O’simliklar tarkibida mis mavjudligi 1816 yilda aniqlangan. 1931 yildan buyon misning o’simliklarni o’sishi va rivojlanishiga ta’siri o’rganilmoqda
Miss O’simliklar tarkibida mis mavjudligi 1816 yilda aniqlangan. 1931 yildan buyon misning o’simliklarni o’sishi va rivojlanishiga ta’siri o’rganilmoqda.
Mis yetishmagan o’simliklarda ochilishning qo’yidagi belgilari namoyon bo’ladi: barglarning uchi oqaradi va quriydi, donli ekinlar boshoq tortadi, lekin pishmasdan yashilligicha qoladi, o’simliklar o’sishdan tuxtaydi, xloroz va sulish kasalliklarining belgilari kuzatiladi;
Tuproqda mis tanqisligiga javdar, arpa, kuzgi va bahori bug’doy ancha chidamli, suli umuman chidamsizdir. Zig’ir, ekinbop nasha, qandlavlagi, xantal, vika, lyupin, tamaki, paxta va sabzavot ekinlari ham mis taqchil tuproqlarda kasalliklarga oson chalinadi.
O’simliklar tarkibidagi misning o’rtacha miqdori 0,0002 % yoki I kg quruq modda tarkibida 2 mg ga teng bo’lib, asosiy qismi ypyg’ tarkibida tugshanadi.
Misning asosiy qismi ortofeyuksidaza, polifenoloksilaza va tirazinaza kabi fermentlar tarkibiga kiradi. Tarkibida mis tutgan oqsil-plastotsianin o’simliklarda muhim funktsiya bajaradi. Mis azot almashi-nuvida faol ishtirok etuvchi nitratreduktaza kabi fermentlar tarkibiga ham kiradi.
Turli tuproq tiplarida misning yalpi miqdori turlicha bo’lib, 0,1—150 mg/kg ni tashkil etadi. Mazkur element miqdori 1,5—4,0 mg/kg dan kam bo’lgan hollarda o’simliklarning misga bo’lgan ehtiyoji kuchayadi.
Azotli o’g’itlar me’yoriga mos ravishda o’simliklarning misga bo’lgan talabchanligi ham kuchayadi.
Qishloq xujaligida keng qo’llaniladigan misli mikroo’g’itlar jumlasiga mis ko’porosi, misli kukun va mis kolchedani kiradi.
50—100 g mis ko’poros bilan 1 ts urug’ aralashtirib ekilsa yaxshi samara beradi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda 200—300 g mis ko’poros 1 ga maydondagi nihollarga purkaladn. Mis ko’poros o’z tarkibida 25,0 % ga yaqin mis tutadi.
Xozirgi kunda Olmalikdagi «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasida tarkibida mis tutgan (0,25— 0,30 %) ammofos ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Mis kolchedani maxalliy ahamiyatga ega o’g’itlardan hisoblanadi (0,2—0,3% Su) va uni xar 4—5 yilda bir marta 500—600 kg/ga me’yorda kuzgi shudgor ostiga kiritish mumkin.