Тупроқшунослик асослари


To’shamali go’ngni ishlatilishi



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə160/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

16.3.To’shamali go’ngni ishlatilishi.
Go’ng shudgorlashda, nam tuproqqa solish uchun tavsiya etiladi. Go’ng qo’llash me’yori uning chirish darajasi, tuproqdagi va go’ngdagi oziqa elementlar miqdori, ekin biologik xususiyati, tuproq iqlim sharoitlariga bog’liq rivishda gektariga 15-50 tonnani tashkil etadi.
Donli ekinlar uchun- 15-25 t/ga
G’o’za uchun- 20-25 t/ga
Go’ng tanqis mintaqalarda, lalmikorlikda me’yor birmuncha kamaytirilishi mumkin. Silos ekinlari, sabzavot va kartoshka, ildizmevalilarda go’ng donli ekinlarga nisbatan ko’proq me’yorda qo’llaniladi. Mineral o’g’itlar bilan birga qo’llanilganda me’yor biroz kamaytirilishi mumkin.
Go’ng qo’llash samaradorligi yuqori bo’lishi uchun maydonga bir tekis sepilishi va o’z vaqtida shudgor qilinishiga bog’liqdir. Konkret tuproq iqlim sharoitiga bog’liq ravishda go’ngni 25-30sm chukurlikda haydab tashlash tavsiya etiladi. Bundan yuza solinganda chirish va minerallashish jadal kechib, oziqa moddalaridan foydalanish koeffitsiyenti kamayadi. CHuqur haydalganda ayniqsa ortikcha namlik sharoitda, anaerob jarayon tufayli chirish sust kechadi.
Go’ng nafaqat birinchi yili, balki kelgusi yillarda ham ta’sir etuvchi organik o’g’it hisoblanadi. Uning umumiy ta’sirini 100% deb qabo’l qilsaq uning ta’siri birinchi yili 20-40%, keyingi yillari 60-80% ni tashkil etadi. Go’ng qator orasiga ishlov beriladigan ekinlarda, ayniqsa g’o’za-beda almashlab ekishda katta ahamiyatga ega.


16.4.Bakterial va ko’kat o’g’itlar.
Respublikamizda yil davomida jamg’ariladigan go’ngning barchasi fan tavsiyasi asosida ishlatilganida ham 10 dalali almashlab ekishning bitta dalasini gektariga 20 t mahalliy o’g’it bilan ta’minlash imkonini beradi, holos. Paxtachilikda mineral o’g’itlar yuqori me’yorlarda ishlatilayotgan hozirgi davrda tuproqlarni organik moddalar bilan ta’minlash birinchi galdagi vazifa bo’lib qolmoqda. Bu muammoni xal etishning eng samarali usuli ko’kat o’g’itlardan foydalanishdir.
Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa qushib haydab yuboriladigan o’simliklarga ko’kat o’g’itlar deyiladi.
Ko’kat o’g’itlar sifatida mosh, kuzgi nuxat, lyupin, seradema, qashkar beda, yovvoyi loviya, burchoq, shabdor (Eron bedasi) kabi dukkakli ekinlardan, shuningdek respublikamizda kuzgi javdar, suli, raygras, bersim kabi o’simliklardan keng foydalaniladi.
Ko’kat o’g’itlar tuproqni azot va organik moddalarga boyitadi, chunki ularning tarkibidagi azot miqdori go’ngdagidan ko’p bo’lib, nisbatan kamroq, miqdorda fos­for va kaliy tutadi (57-jadval).
57-jadval.
Ko’kat o’g’itlar va uning tarkibidagi oziq moddalar miqdori, %
(B. A. YAgodin, 1989; X. X. Zokirov, 1998)



O’g’it

N

Р2O5

K20

СaO

Kuk massa,
ts/ga

Azot,
kg/ga

Go’ng

0,50

0,24

0,55

0,70







Lyupin

0,45

0,10

0,17

0,47







Qashqar beda

0,77

0,05

0,19

0,97







Nuxat

0,50

0.15

0,50

0,30

130-250

75-130

SHablor

0,50

0,14

0,50

0,40

180-350

70-140



Ko’kat o’g’it sifatida yetishtiriladigan ekinlardan 350—400 ts/ga ko’k poya olinganda, ular tarkibidagi 150—200 kg azot 35—40 t go’ngga ekvivalent bo’ladi.
Kukat o’g’itlar tuproqning fizikaviy xossalarini yaxshilaydi. Tuproqdagi 0,25 mm dan katta bo’lgan agregatlar miqdori o’tloqi botqoq tuproqlarda 3—7, og’ir mexanikaviy tarkibli tuproqlarda 4—9 % ga ortadi. Haydalma qatlamdagi tuproq zichligi 0,05—0,1 g/sm ga kamayadi. Ular ta’sirida tuproqning o’simlik ildiz tizimi tarqaladigan qatlamidagi harorat 2—4°S ga oshadi, mikroorganizmlar soni ko’payadi va faolligi 45— 50 kun davomida maksimal darajada saqlanadi.
Mustaqil hamda oraliq ekin sifatida ekiladigan ko’kat o’g’itlar farqlanadi.
Foydalanish usuliga ko’ra kukat o’g’itlarni 3 guruhga bo’lish mumkin: a) yer usti va ildiz qismi joyida haydab yuboriladigan; b) ko’k poyasi chorva uchun uriladigan, ildiz va angiz qoldiqlari tuproqqa aralashtiriladigan; v) yer ustki qismi yuvib, boshqa paykalga sochiladigan.
Ko’kat o’g’itlar odatda sentyabr-oktyabr oylarida ekiladi, kelasi yil bahorda chorva mollari uchun 400—500 ts gacha ko’k massa olinadi va qoladigan ildiz hamda angiz qoldiqlari tuproqda qo’shib haydab yuboriladi. Tuproqda tegishlicha ishlov berilgandan keyin sabzavot yoki texnikaviy ekinlar ekiladi. Ko’kat o’g’itlar xisobiga qumoq tuproqli yerlarda sulidan 4,0—7,7, paxtalan 3—4 ts/ga atrofida qo’shimcha hosil olish mumkin.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin