18.2.Fosforli o’g’itlarning ekologik roli.
Fosforli o’g’itlar havo va tuproqdan olingan anorganik moddalardan aminokislota, oqsil, yog’, kraxmal, shakar va boshqa bir qator mahsulotlarni sintez qilishda ishtirok etadi. O’simliklar o’sib rivojlanishini bir me’yorda bo’lishini ta’minlaydi, hosildorlikni oshirida va uning sifatini yaxshilaydi. Ayni paytda fosfor muammosi ham yuzaga kelmoqda, uning tabiiy zahiralari kundan kunga kamayib tugab bormoqda. Ma’lumki, tuproqqa beriladigan NPK ning miqdoriy nisbati bo’zilsa qishloq xo’jalik mahsulotlarida qayta tiklangan azot miqdori orta borib, uning kuchi zahar darajasigacha yetishi mumkin.
Suvda biomassasining ko’payishi kislorodning kamayishiga olib keladi, anaerob jarayon kuchayadi. Natijada oltingugurt, ammiak kabi bir qator kimyoviy element va moddalar to’planadiki, oqibatda baliq va boshqa suvda yashovchi jonivorlar yashash sharoiti og’irlashadi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi yana bir manba detergentlar bo’lib, ular orqali har yili atrof-muhitga chiquvchi fosfor 46% ni tashkil etadi. Detergentlar neft distillyatsiyasining maxsuloti bo’lib, tozalash inshootlari orqali osongina o’tib, suv va tuproqlarni ifloslantiradi, ular fermentlar ta’sirida parchalanmaydi.
18.3.Kaliyli o’g’itlarning ekologik roli.
Kaliyli o’g’itlar azot va fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish hajmidan kam bo’lib, 12 mln. t. ni tashkil etadi. Bu o’g’it o’simlik organizmida muxim xayotiy jarayonlarni bajaradi. Masalan, hujayraning suv faoliyatini tartibga solishga, uglevodlarning barglardan boshqa organlarga oqib o’tishiga, fotosintez jarayonining bir maromda borishiga olib keladi. O’simlik tarkibidagi kaliy miqdori 0,01% dan 2-3% bo’lib, bu o’g’itni tuproqqa berishda tuproqdagi harakatchan kaliy miqdorini qat’iy hisobga olish kerak bo’ladi. CHunki 1 kg tuproq tarkibida 400 mg dan ortiq kaliy bo’lsa, ayni tuproqqa yillik normadagi kaliy miqdorining 20-40% ni berish lozim. SHo’rlangan yoki sho’rlanishga moyil tuproqlarga kaliyli o’g’itni sulfatli tuzlari shaklida berish maqsadga muvofiq. Agarda u KCl holida berilsa, xlor ionlari tuproqda yanada ko’payib ketishi va ekinlarning zaharlanishiga olib keladi. Kaliyli o’g’itlarni agrokimyoviy xaritanomalarga rioya qilmasdan tuproqqa berish, hosilning pishib yetilishini kechiktiradi, sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, atrof-muhit, tuproq, suv va suv xavzalarining ifloslanishiga sabab bo’ladi. Salbiy ta’siрНing oldini olish:
-o’g’itlarni saqlashda omborxonalarni suv xavzalari va aholi punktlaridan uzoqroqda qurish;
-tashish va qo’llash qoidalariga rioya qilish;
-mineral o’g’itlarning yillik normasini belgilashda tabiiy geografik sharoit, tuproq unumdorligi va rejalashtirilgan hosilni hisobga olish;
-er osti sizot suvlar satxini xisobga olish.
Dostları ilə paylaş: |