Тупроқшунослик асослари


Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə164/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

18.4.Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi.
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish manbalarini asosan, metall ishlab chiqarish sanoati chiqindilari, turli yoqilg’ilarning yonish maxsulotlari, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalar tashkil etadi. Og’ir metallarga qo’rg’oshin, vanadiy, xrom, marganets, kobalt, nikel, mis, rux, vismut, molibden, surma, kadmiy, temir va boshqalar kiradi.
Atrof-muhit uchun xavflilariga simob, qo’rg’oshin, kadmiy, mishyaq selen, ftor kirsa, ular ichida o’ta xavflilari simob, qo’rg’oshin va kadmiy hisoblanadi.
Ko’mir, neft, gaz va boshqa bir qator yoqilg’ilardan foydalanish shu darajada oshib ketganki, atrof-muhitni metall ishlab chiqarish sanoatiga nisbatan bir necha bor ortiq ifloslantirmoqda. Avtomobil dudlari va tashlandiq gazlari orqali tuproqqa xar yili 200-250 ming t. qo’rg’oshin tushadi. SHuningdek, og’ir metallar biotsidlar va mineral o’g’itlar bilan ham tuproqqa tushadi.
Og’ir metallar tuproqdan o’simlikka, o’simlikdan esa hayvon organizmiga o’tadi va tirik organizmga zararli ta’sir ko’rsatadi.
Simob – eng xavfli kimyoviy element bo’lib, uning metil simob birikmasi tabiatdagi anorganik birikmalarning anaerob sharoitda, organik moddalar bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo’ladi.
Metilsimob o’ta xavfli zaxarli modda bo’lib, suv, tuproq, o’simlik va boshqa oziqlanish zanjirlari orqali inson organizmiga tushishi mumkin. Odam organizmiga o’tgan simob buyraq jigar, hatto miyaga juda katta ta’sir etib, asab kasalligini keltirib chiqarishi yoki o’limga olib kelishi mumkin.
Qo’rg’oshin – yem-xashak tarkibidagi 100mg/kg qo’rg’oshin xayvonlarni o’limga olib kelishi mumkin. Tuproq tarkibidagi qo’rg’oshin birikmalarining organizmda saqlanish davomiyligi, metilsimob birikmasiga qaraganda uzoq bo’lib, u o’z ta’sir kuchini bir necha yillargacha saqlab tura olishi mumkin.
Avtomashinalarning detonatsiyasini kamaytirish uchun benzinga qo’shiladigan tetraetil qo’rg’oshin o’ta zaxarli qo’rg’oshin birikmasi bo’lib, bu kabi benzinning 1 l yonganda, havoga 200-400 mg gacha qo’rg’oshin ajralib chiqadi.
Tuproqda qo’rg’oshinning ko’payishi mikroorga-nizmlarning kamayishiga olib keladi. Masalan, tuproqqa 0,1-0,5% qo’rg’oshin qo’shilganda bakteriyalar koloniyasining rivojlanishi 50-75% gacha kamayadi.
Katta yo’l yoqalarida yetishtiriladigan sabzavot ekinlari tarkibida qo’rg’oshin miqdori normal sharoitda yetishtirilgan sabzavotnikiga qaraganda 5-10 marta ko’p bo’ladi. Har soatda, o’rta hisobda 2000 dan ko’p avtomashina o’tadigan magistral yo’l yoqasidagi tuproq tarkibida qo’rg’oshin 7000 mg/kg gacha yetgan. SHu sababli ham ekin maydoni avtomashinalar serqatnov yo’llardan 300 metr uzoqlikda bo’lib, oraliq masofaning ixotalashtirilishi maqsadga muvofiqdir.
Mishyak – tuproqqa, ko’mir kuli, metallurgiya va mineral o’g’itlar sanoati chiqindilari orqali tushadi. Juda zaxarli, ayni element bilan zaxarlangan tuproqlarda yomg’ir chuvalchangi butunlay yo’qolib ketadi.
Tuproqda mishyakning miqdori 165 mg/kg ga yetganda ekilgan makkajo’xori hosil bermaydi. 1 kg tuproqdagi mishyak miqdori 100 mg dan 1 g ga yetganda tuproq o’ta zaxarli hisoblanadi.
Ftor – asosan tuproqqa alyuminiy zavodlaridan chiqqan chiqindilar va shuningdek, turli pestitsid va mineral o’g’itlar bilan tushadi.
Ftor elementlar ichida eng aktiv va eng oson reaktsiyaga kirishuvchi element bo’lib, mikro miqdori hayot uchun zarur bo’lsa, makro miqdori hayot uchun xavfli.
FtoрНing yuqori kontsentratsiyasi suyak va tiрНoqlarni mo’rt qilib, tishni bo’zadi, qon tomirlar faoliyatini keskin yomonlashtiradi. FtoрНing normadan yuqori bo’lishi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatibgina qolmay, oziq moddalar muvozanatini bo’zilishiga olib keladi.
Ftor bilan ifloslangan tuproqlarning donadorligi bo’zilib, suv o’tkazuvchanligi yomonlashadi.
Rux – boshqa og’ir metallarga nisbatan kam zaxarli bo’lsada, lekin uning tuproqda ko’plab to’planib qolishi atrof-muhitning bo’zilishiga olib keladi. Ruxning tuproqdagi milliondan 200-300 qismi beda va qand lavlagini, mln.dan 400 qismi esa sulini zaxarlab hosilni umuman nobud qiladi.
SHuningdek, tuproqning nafas olishi, uning biologik va fermentativ aktivligi, simbiotik bo’lmagan azot to’plashi va shunga o’xshash ko’rsatkichlari ham tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish darajasidan darak beradi. Zaharli metallarning atrof-muhitga tarqalish darajasini aniqlash uchun tuproqshunos va agrokimyogarlar tuproq va tabiiy biotsenoz komponentlari holatini aks ettiruvchi yirik masshtabli xaritalar tuzishi kerak Bu xaritalar yordamida tuproq va biotsenoz komponentlarining og’ir metallar bilan ifloslanish darajasini nazorat qilib turishlari lozim. Bu xaritalarni tuzish uchun zahar tarqatuvchi manbadan shamol yo’nalishini hisobga olib, 25-30 km o’rta hisobda har gektaridan 20 tagacha tuproq namunalari olinadi. Zahar tarqatuvchi manba bilan ifloslangan zona orasidagi masofa zahar tarqatish intensivligiga qarab har xil bo’ladi. SHunga qarab, namuna olish uchun kovlanadigan rumbalar va namunalar soni ham ko’paytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.
Atrof-muhitni og’ir metallar bilan ifloslanishdan muxofaza qilish uchun avvalo, ayni metallarni ishlab chiqaradigan sanoatning puxta takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 1 t. xlor ishlab chiqarish uchun 45 kg simob ishlatiladigan texnologiyani, simob miqdorini 14-18 kg gacha kamaytirib ham shuncha xlor olishga imkon beruvchi texnologiya bilan almashtirish mumkin. Xatto, 1t. xlor olish uchun ishlatiladigan simobni 1,0 kg gacha kamaytirish imkoni ham mavjud.
Quyidagi jadvalda ifloslanish darajasiga qarab o’rtacha tuproq
namunalari va chuqurlar soni keltirilgan.
Ifloslangan zonani aniqlash uchun namunalar olish.



Zonalar

Zahar chiqar manba oralig’i, km

Zonadan olin. o’rtacha namuna soni

Zonadagi kuzatish nuqtalar soni

Har bir namuna bilan, xaritada ko’rsatil. maydon,ga

Muxofaza zona-si i-ch muassasalari

0,5-0,75

1-2

1

1(100-50)

1

0,75-1,5

30

2-3

2-3(80-30)

2

2-8

60

3-4

3-4(30)

3

4-15

80

4-6

4-6(30)

4

8-200

60

4

4(30)

FON

20-30

80

2-3

2-3(30)

So’nggi yillarda o’zida metallar to’plovchi mikroorganizmlarning kashf etilishi fandagi juda katta yangilik bo’ldi. Bunday mikroorganizmlar yordamida mis, uran, mishyak kabi elementlarni to’palash mumkin.
Masalan, so’nggi yillarda, toshko’mir koni chiqindilaridan germaniy, vannadiy, uran va boshqa bir qator kimyoviy elementlar olinmoqda va eng so’nggi qoldig’idan esa tsement va boshqa bir qancha qurilish materiallari tayyorlanmoqda. Xozirigi kunda, og’ir metallar aktivligini kamaytiruvchi bir qator kimyoviy preparatlar ham ishlab chiqilgan bo’lib, shu maqsadda Germaniyada ion almashinuvchi smolalar keng qo’llanilmoqdaki, bu smolalar og’ir metallar bilan birikib «xelat» birikmalar hosil qiladi va shu tarzda ayni og’ir metallar zararsizlantiriladi. YAponiyada ishlab chiqilgan Merkato-8 triazin preparati Angliya, Frantsiya, Germaniyada keng qo’llanilmoqda. Bu preparat tuproq tarkibidagi kadmiy, simob, rux, qo’rg’oshin va boshqa bir qancha og’ir metallarni suvda erimaydigan va o’simlikka singmaydigan shaklga o’tkazib, uni tuproqqa mustaxkam bog’laydi. Preparat eritma yoki aerozol holatida qo’llaniladi.
Tabiatni muxofaza qilish muammosini hal etish 1-2 yil yoki 1-2 o’n yillik tadbir bo’lmasdan, u uzoq davom etadigan jarayon hisoblanib, unda fan va texnika tariqqiyotiga, insonning yashash sharoitini yaxshilashga keng o’rin ajratildi.
Atrof-muhitni sofligini ta’minlash allaqachonlar davlatlar doiarsidan tashqariga chiqqan xalqaro muammodir. Landshaft, qobiq, bir butun daryolar turli davlatlar chegarasini kesib o’tib, bir davlat xududidagi o’rmonlar, dengiz va ko’llar ikkinchi bir davlat xududiga ta’sir ko’rsatadi. Atmosfera chegara nimaligini bilmaydi. SHuning uchun ham «Inson va tabiat» muammosini faqat Xalqaro ko’lamda hal etish maqsadga muvofiqdir. Tabiiiy muhit muammosi bo’yicha davlatlararo hamkorlikni faqat tinchlik sharoitidagina amalga oshirish mumkin.


Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin