I sh l a sh t a r t i b i. Analiz uchun tayyorlangan tuproqdan analitik tarozida 0,1-0,5 gr o’lchab olib (oz chirindili tuproqdan ko’proq, ko’p chirindili tuproqdan esa ozroq olinadi), hajmi 100 ml bo’lgan konussimon kolbaga solinadi. Kolbadagi tuproqqa 0,4 n xromat angidrid eritmasidan shtativga o’рНatilgan byuretka yordamida 10 ml quyib yaxshilab chayqatiladi.Kolbaning og’zini kichik voronka yoki oyna bilan yopib, kolba 5 minut sekin qaynatiladi.
31-rasm. a) konussimon kolbaga tuproqni solish, b) eritmani titrlash uchun ishlatiladigan byuretka
Kolba sovutilgandan keyin unga 30-50 ml chamasi suv qo’yiladi va indikator sifatida fenilantranil yoki difenilamin eritmasidan 3-4 tomchi tomizib, shisha tayoqcha bilan sekin aralashtiriladi. Kolbadagi eritma to’q ko’k tusga kirgach, xira yashil rangga o’tguncha 0,2 n Mor tuzi (Fe SO4-(NH)2SO4.6H2O) eritmasi bilan titrlanadi
Mor tuzi bilan 0,4 n kaliy bixromat o’rtasida qo’yidagicha reakstiya boradi:
K2Cr2O7+6FeSO4+7H2SO4=Cr2(SO4)3+K2SO4+3Fe2(SO4)3+7H2O
Titrlashga sarflangan Mor tuzi eritmasining hajmi aniqlanadi. Analiz natijasi, ya’ni tuproqdagi gumusning umumiy miqdori qo’yidagi formula bilan hisoblanadi va jadvali tuziladi.
X=
X – tuproqdagi chirindi miqdori (% hisobida),
a – 10 ml sof 0,4 xromat angidridni titrlashga ketgan 0,2 n Mor tuzi eritmasi,
b – tuproqni 0,4 xromat angidridi bilan titrlashga ketgan 0,2 n Mor tuzi eritmasi,
N – 1 ml Mor tuziga to’g’ri kelgan gr hisobidagi gumus 0,0010362, miqdori,
N – analizga olingan tuproq massasi, (gr)
K – gigroskopik namlik koyeffistiyenti (%).
Masalan: a – 22,5 ml, b – 10,5 ml, N – 0.0010362 gr, N – 0,5 gr K – 1,02 bo’lsa, tuproqdagi gumus miqdori 2,53% ga teng.
X=
3-jadval
Dostları ilə paylaş: |