R e a k t i v v a i d i sh l a r: piknometr, analitik tarozi, tarozi toshi, elektr isitgich, distillangan suv.
I sh t a r t i b i. Ishni bajarish uchun 50 yoki 100 ml-li piknometr olinib,unga qaynatilib sovitilgan distillangan suv solinadi. Piknometrdagi suv bo’g’izidagi chiziq sathiga to’g’rilanadi va uning og’irligi analitik tarozida aniqlanadi. O’lchangan piknometrlar suvining 2/3 qismi to’kilib, unga analiz uchun tayyorlangan tuproqdan xajmiga qarab 10 yoki 15 gramm o’lchab tuproq solinadi va 30 minut elektr plitka ustida qaynatiladi. Qaynatilib bo’lgandan keyin piknometrga belgilangan chizig’igacha distillangan suv solib, analitik tarozida tortib olinadi. Tuproqning solishtirma og’irligi quyidagi formulada hisoblanib, jadval to’ldiriladi.
d= d - tuproq qattiq qismining (solishtirma) og’irligi, g/sm3;
A - quruq tuproq og’irligi,g;
V - suv solingan piknometr hajmi, g;
S - piknometрНing suv va tuproq bilan birgalikdagi og’irligi,g.
2-jadval
Tuproqning g’ovakligini aniqlash. Tuproq tarkibidagi mexanikaviy zarralar, struktura bo’lakchalari oralig’i, ildiz, qurt-qumursqa yo’llari hisobiga hosil bo’lgan bo’shliqlar yig’indisi tuproqning g’ovakligi deyiladi.
Tuproqning g’ovakligi tuproq solishtirma va xajm og’irligi natijalari ayirmasi asosida quyidagi formulada hisoblanadi.