Тупроқшунослик асослари


Tuproqning gigroskopik namligini aniqlash



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə166/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Tuproqning gigroskopik namligini aniqlash.
M a sh g’ u l o t d a n m a q s a d: tuproqning gigroskopik nam miqdorini aniqlash. Tabiiy sharoitda yuqorida aytilganidek, mutlaqo quruq tuproq bo’lmasligi ma’lum. Ho’l yoki nam tuproq laboratoriyaga keltirilib, soyada va quyoshda uzoq vaqt quritilsa ham unda ma’lum miqdorda nam saqlanadi.Mexanik tarkibi, strukturasi, chirindining miqdori va muhit sharoitiga karab tuproqdagi zarrachalar yuzasiga singan gigroskopik namning miqdori o’zgarib turadi.
K ye r a k l i a s b o b l a r v a r ye a k t i v l a r: shisha byukslar, eksikator.
I sh l a sh t a r t i b i . Gigroskopik nam aniqlanmoqchi bo’lgan maydalangan quruq tuproqdan 3-4 gramm olinadi. Tuproq termostatda quritilgan, ogzi yopiladigan quritgich stakanga solinadi va analitik tarozida massasi aniqlanadi. Stakan (qopqogi ochilgan holda) termostatga qo’yilib, 105-110 0 S da 3 – 4 soat quritiladi. So’ngra quyi qismiga kaliy sulfatning to’yingan eritmasi va tuzi solingan eksikatorda sovutilib, analitik tarozida tortiladi. Quritish, sovutish va o’lchash ishlari o’zgarmas massa hosil bo’lguncha takrorlanadi.
Q
uruq tuproqdagi gigroskopik suvning foiz miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi va jadval tuziladi:
X – gigroskopik suvning foiz miqdori, %
a – stakanning quritilmagan tuproq bilan birga og’irligi (g hisobida),
b – stakanning quritilgan tuproq bilan birga og’irligi (g hisobida),
H – tuproqning og’irligi (g hisobida).

Masalan, a – 25,33g, b – 25,23 g, N – 4 g bo’lsa, tuproqdagi gigroskopik namlik miqdori 2,5% ga teng.



Gigroskopik namlikni aniqlash tuproqning bir qancha fizik xossalarini o’rganish, ayniksa kimyoviy analizlar natijasini aniq hisoblashga yordam beradi.


Gigroskopik namlik koyeffistenti (K) ni aniqlash gigroskopik namlik foizi ma’lum bo’lganidan keyin quyidagi formula bilan aniqlanadi.
K

– tuproqning gigroskopik namlik koyeffistiyenti, 100 – foizga aylantirish koyeffistenti, a – gigroskopik namlik (foiz hisobida).
Masalan, gigroskopik namlik a – 2,5 bo’lganda:

Bu gigroskopik namlik koyeffistiyenti namlikning quruq tuproqqa bo’lgan foizini aniqlashda kerak bo’ladi.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin