Тупроқшунослик асослари


TUPROQLAR MEXANIK ELEMENTLARINING



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə174/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

TUPROQLAR MEXANIK ELEMENTLARINING
YIRIKLIGIGA KO’RA KLASSIFIKATSIYASI

Mexanik elementlarning nomi

Mexanik elementlarning
o’lchamlari, mm

Tosh

>3

SHag’al

3-1

Qum:
Yirik
O’rtacha
Mayda

1-0,5
0,5-0,25


0,25-0,5

CHang:
Yirik
O’rtacha
Mayda

0,05-0,01


0,01-0,005
0,005-0,001

Loyqa:
Dag’al
Mayin
Kolloidlar

0,001-0,0005


0,0005-0,0001
<0.0001



T u p r o q n i n g m e x a n i k t a r k i b i deyilganda undagi har xil o’lchamli zarralarning nisbiy yoki foiz miqdori tushuniladi. Tuproqning mexanik elementlari bilan tuproq urvoqlari yoki struktura agregatlarini bir-biridan farq qila bilish kerak. Struktura agregatlari odatda turli moddalar vositasida o’zaro yopishgan mexanik elementlardan iborat. SHu sababli tuproqni mexanik tarkibini aniqlashga tayyorlayotgan agregatlarini alohida mexanik elementlarga qadar parchalash uchun unga tegishlicha usulda ishlov beriladi.
Tuproqning mexanik tarkibini laboratoriyada analiz qilishning keng tarqalgan usuli pipetka usulidir. Mazkur usulning mohiyati zarralarning suyuqlikda tushish tezliklari bilan ular o’rtasidagi bog’liqliqga asoslangan, ya’ni zarralarning tushish tezligi ularning diametriga to’g’ri mutanosibdir.
Agar silindrga solingan tuproq suspenziyasi (bo’tanasi) aralashtirilib, so’ngra tindirilsa suv ustunidagi tuproq zarrachalari o’lchamlariga muvofiq ravishda taqsimlanadi: maydaroq zarrachalar loyqalangan holatda uzoq vaqt saqlanadi, yiriklari esa idish tubiga cho’kadi. Har xil o’lchamli zarralarning tushish tezligi Stoks formulasi yordamida hisoblab topiladi. Har xil diametrli mexanik elementlarning tushish tezligini hisoblab aniqlangach, ma’lum vaqt oralatib va suv ustunining mvayan chuqurligidan sinalg’ich namunalar olish yo’li bilan mexanik
elementlar miqdorini aniqlash mumkin. Hisoblashda pipetkaning hajmi va silindrdagi suvning umumiy hajmi e’tiborga olinadi.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin