Maqsad: Tuproq tarkibidagi umumiy tuproq tarkibidagi suvda oson eriydigan va o’simliklar uchun zararli bo’lang tuzlarning miqdorlarini aniqlab tuproqlarni qay darajada sho’rlanganligini o’rganishadi.
Suvli so’rim tayyorlash va sifat analizi. 1 ml li elakchadan o’tkazilgan tuproqdan analitik tarozida 50 g o’lchabolib, 500 ml shisha idishga solinadi va ustiga 250 ml (tuproqqa nisbatan 5 marta ko’p) distillangan suv quyiladi. Idishning og’zi shisha yoki rezina probka bilan berkitiladi va 5 minut yaxshilab chayqatiladi.So’ngra u qalin burma filtr orqali ikkinchi kolbaga suziladi.Bu suzib olingan eritma suvli so’rim deyiladi. Suzib olingan so’rim tinik va toza bo’lishi kerak. Agar so’rim loyqa yoki xira bo’lsa, u yana filtirlanadi.So’rim tuproqning serchirindili qatlamidan tayyorlangan bo’lsa,och sariq rangda bo’lishi mumkin.
Suvli so’rimning ximiyaviy tarkibida o’simlik xayoti uchun zararli birikmalar bor-yo’qligi sifat analizi bilan aniqlanadi. Ammo xar qaysi birikmaning tuproqa nisbatan necha foizini tashkil etishi miqdoriy analiz yordamida aniqlanadi.
Odatda suvli so’rim tayyorlangandan keyin, uning tarkibida xlorid,sulfat singari tuzlar borligini va so’rim reaktsiyasi uchun sifat analizi o’tkazish bilan aniqlanib, so’ngra miqdoriy analizga o’tiladi.
Tuproqdagi oson eruvchan tuzlar ionlarini sifat analizi. Xlor-ionini aniqlash. Probirkaga5 ml suvli so’rim quyiladi va uning ustiga H2SO4 ning 10 % li eritmasidan iki tomchi tomizilib nordonlashtiriladi.So’ngra probirkadagi filtrat ustiga AgNO3 ning 5 % li eritmasidan 5-8 tomchi tomiziladi va yaxshilab aralashtiriladi .SHunda quyidagi tenglama bo’yicha AgСl ning cho’kmasi (yoki quyqasi) xosil bo’ladi.
NaСl + AgNO3 = AgСl + NaNO3 eritmaga tushadigan cho’kmaning miqdoriga qarab xloрНing kamligi, ko’pligi yoki juda ko’pligi belgilab quyiladi.