Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə181/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Sulfat-ionini aniqlash. Suvli so’rimda SO4 ionining borligini unga bariy xlorid ta’sir ettirib aniqlash mumkin.Agar suvli so’rimda ma’lum miqdorda sulfatlar bo’lsa, ular BaSl 2 bilan o’zaro ta’sirlashib suvda erimaydigan BaSO4 tuzini xosil kiladi. Bu reaktsiya quyidagicha kechadi:
NaSO4 + BaСl2 = BaSO4 + 2 NaСl
Probirkaga taxminan 10 ml suvli so’rim olinadi.So’ngra ustiga BaСl2
Ning 10 % li eritmasidan 10 ml quyiladi va bu eritma 1 min. Davomida qaynatiladi.
Agar suvli so’rimda sulfatlar bor bo’lsa, u xolda idish tubiga bariy sulfatning oq cho’kmasi tushadi. CHo’kmaning miqdoriga qarab sulfatlarning kamligi, ko’pligi yoki juda ko’pligi yozib quyiladi.
Kaltsiy-ionini aniqlash. Suvli so’rimda kaltsiy mavjudligi ammoniy oksalat eritmasi yordamida aniqlanadi.Agar kaltsiy mavjud bo’lsa,u ammoniy oksolat bilan o’zaro ta’sirlashib kaltsiy oksalatning eritmadagi tuzi yuzaga keladi.
Probirkaga 5 ml suvli so’rim olib, uning ustiga 5 ml ammoniy oksalat (4 % li eritmasi) quyiladi va sirka kislotasining 10 % li eritmasidan bir necha tomchi tomizilib nordonlashtiriladi. Probirka ichidagi eritma qaynaguncha qizdiriladi.
Kaltsiy oksalat cho’kmasining miqdoriga qarab kaltsiyning kamligi,ko’pligi yoki juda ko’pligi yozib qo’yiladi.
Suvda eriydigan moddalarning umumiy miqdori (quruq qoldiq)ni aniqlash.
Quruq qoldiq so’rimga o’tgan, suvda eriydigan barcha moddalarning umumiy miqdoridir. Uni aniqlash uchun elektr plitada yoki suvli xammomda ma’lum xajmdagi so’rim bug’latilib yuboriladi va qolgan quruq qoldiqga ko’ra tuproqdagi suvda eriydigan moddalarning foiz miqdori xisoblab topiladi.
Ishlash tartibi:Pipetka yordamida so’rimdan 50 ml o’lchab olinadi va oldindan tarozida tortib tayyorlab qo’yilgan chinni kosacha yoki tigelga solinadi.
Kosacha ichidagi so’rim suvli xammom yoki elektor plitada bug’lantiriladi va termostatda 105 S temperaturada uning og’irligi o’zgarmaydigan doimiy bo’lguncha quritiladi.
Quruq qoldiqli kosacha eksiqatorda sovitiladi va analitik tarozida tortilib,og’irligi aniqlanadi.
Quruq moddaning foyiz miqdori ushbu formula yordamida xisoblab topiladi:

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin