Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə226/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Kutilayotgan natijalar:
- o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarini mustaxkamlash;
- mvammoning fanda qabul qilingan yechimning individval va guruxiy tahlilda bilim va
ko’nikmalarni qayta topshirish;
- mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
- mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;
- o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.
Keysni muvaffaqiyatli bajarish uchun tinglovchilar quyidagi bilimlarni bajarishi lozim:
GAT texnologiyadan foydalanish;
GAT texnologiyani qo’llash;
Ponorama va ARGIS dasturlarini o’rganish;
Ponorama va ARGIS dasturlari asosida xaritalarni yaratish;
Tuproq elektron xaritalarni tuzishni o’rganish ;


Mazkur keys institutsional tizimning real faoliyati asosida ishlab chiqilgan.
Keysda ishlatiladigan ma’lumotlar manbai:
“Ergeodezkadastr” qo’mitasi “Tuproq bonitirovkasi” sho’’basi, 2015 yil 1yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan faoliyati uchun tayyorlangan auditorlik hisobot.
Keysning tipologik xususiyatlariga ko’ra tafsiloti: mazkur keys auditorlik keys toifasiga kirib, mustaqil auditoriyadan tashqari bajariladigan ish uchun mo’ljallangan. Ushbu keys Tuproq bonitirovka sho’’ba ma’lumotlari va dalillari asosida ishlab chiqilgan. U tuzilmaviy kichik xajmdagi keys hisoblanadi.
Zamonaviy GAT texnologiyalardan foydalanish (1-vaziyat)
Geografik axborot tizimlari (GAT) XX asрНing 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to’g’ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo’ldi. Kartalar yaratishning “qog’ozli”deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Oddiy qilib aytganda, GATga tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig’ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, tahlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks deb ta’rif bersa bo’ladi.
Barcha GATlarda ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, tahlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda yoki yetarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GAT- turli usullar bilan to’plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GATning tengi yo’q - u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari yer tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo’llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GAT tizimisiz amalga oshirish mumkin emas.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko’plab GATlar ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GATlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (AQSH), AtlasGis, WinGis, ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin.
GAT – bu tabiat va jamiyat to’g’risidagi topogeodezik, yer resurslari va boshqa sohalardagi kartografik ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, saqlash, yangilash, tahlil qilish va tasvirlashni ta’minlaydigan apparat-dasturli avtomatlashgan kompleksdir.
Topshiriq:
1. Geografik axborot tizimlari (GAT) nechanchi yillarda amalga joriy etilganligini aniqlang?
2. Geografik axborot tizimlari (GAT) qanaqangi vazifalarni bajaradi.
3. Bizda va xorijda qanaqangi dasturlardan foydalanishadi?



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin