3-KEYS: Mavjud vaziyat Mineral o’g’itlarlardan foydalanish qishloq xo’jaligining ajralmas qismi bo’lib, aholini sifatli va mo’l ko’l hosil bilan ta’minlashda asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. O’g’itlardan foydalanishda xatolikka yo’l qo’yilishi natijasida hosilning kamayishi, mavjud hosilni uzoq vaqt saqlashda noqulayliklarni keltirish mumkin. O’simliklar boshqa o’g’itlarga nisbatan azotli o’g’itlarga ko’proq talabchan hisoblanadi. Azotli o’g’itlar tuproqda doimiy o’zgaruvchan bo’lib, uni qo’llashda nixoyatda sinchkovlik bilan ishlash, o’z muddatlarida qo’llash talab etiladi.
Savol: “Azotli o’g’itlar bilan ishlash muammosi” Qanday qilib yuqori va sifatli hosil yetishtirishda azotli o’g’itlardan kam foydalanish orqali atrof muhitga minimal tarqalishiga erishish mumkin? Azot tuproq tomonidan qanday yo’llar bilan yo’qotilishi, yoki, o’simliklar uchun krishimli bo’lmay qolishi mumkin? “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldiring