Pedagogik annotatsiya Zamonaviy GAT texnologiyalari asosida xaritalar tuzishni • tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natiajalarga ega bo’lish zarur.
• o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustaxkamlash;
• muammoning hamda qabul qilingan yechimning individval va guruxiy tahlilida bilim va ko’nikmalarni qayta topshirish;
• mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
• mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;
• o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.
VI.MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi mumkin:
darslik yoki o’quv qo’llanmalar bo’yicha fanlar boblari va mavzularini o’rganish;
tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
yangi texnikalarni, apparaturalarni, ilmtalab jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish;
faol o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari (xizmat o’yinlari, diskussiyalar, seminarlar, kollokviumlar va boshqalar.
Mustaqil ish majmuasi quyidagi mavzularda shakllantirilgan: 1. O’zbekiston tuproqshunos olimlari ilmiy ishlarining tuproqshunoslik fanining rivojlanishidagi ahamiyati.
2. Tuproqdagi grunt (sizot) suvlar, ularning tuproq paydo bo’lish jarayoniga ta’siri.
3. Tuproqdagi mexanik elementlar, ularning kimyoviy tarkibi va fizik xossalari.
4. Mexanik elementlarning xalqaro tasniflari. Tabiatda moddalarning katta (geologik) va kichik (biologik) aylanishi.
5.Tuproq eritmasidagi ionlar, ularning nisbati va antagonizmi.
6. Tuproqlar degradatsiyasi
7. Tuproq unumdorligida mikroorganizmlarning roli
8. Tuproqning ifloslanishi va detoksikatsiyasi
9. O’zbekiston Respublikasi tuproqlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo’yicha ishlab chiqilgan qonuniy va me’yoriy huquqiy hujjatlar.
10. Global miqyosda iqlim o’zgarishining oqibatlari.
11. Azotning o’simliklarni rivojlanish davrlari va hosiliga ta’siri.
12. Azot va fotosintez.
13. Azotli o’g’itlar va ekologiya.
14. Qishloq xo’jalik ekinlarining o’g’itga bo’lgan talabini aniqlashning fiziologik asoslari.
15. Dexqonchilikda azotning aylanishi.
16. O’simliklarni oziqlnishi uchun azot manbalari.
17. Suyuq azotli o’g’itlar ularning tarkibi, xossalari va qo’llash usullari
18. O’g’itlarni atrof muxitga ta’siri, ekologik muammolarni xal etish uchun o’g’itlarning xossa va sifatlarini yaxshilash chora tadbirlari.
19. Asosiy qishloq xo’jalik ekinlari (g’o’za, g’alla, makkajuxori) ni o’g’itlash va oziqlantirish.
20. yekinlarni o’g’itga bo’lgan talabini aniqlashning fiziologik asoslari. Ozik moddalarni o’g’it va tuproqdan o’zlashtirishi hamda ularni tuproqdan chetlashishi.