7.4. TUPROQNING SUV REJIMI, uni boshqarish va yaxshilash tadbirlari
Tuproqda suvning tuplanishi, uning harakati va fizik holatining o’zgarishi, tuproq qatlamlarida ushlanib turilishi hamda sarfi kabi barcha hodisalar yig’indisiga tuproqning suv rejimi deyiladi. Bu hodisalar (suv rejimi elementlari) ning miqdoriy kursatkichlari (tuproq nami harakatining asosiy yunalishi va tuproq namligining o’zgarish chegarasi) ga kura tuproq suv rejimining turli tiplari yuzaga keladi. Tuproqning suv rejimi miqdor jihatdan suv balansi orqali ifodalanadi. Tuproqdagi mvayyan suv rejimining yuzaga kelishi suv balansining kirim va sarfi qismlari bilan bog’liq. Bu esa o’z navbatida joyning iqlim sharoitlari, o’simliklari, tuproq-gruntlarning suv xossalariga, relef sharoitlariga, sizot suvlarining chuqurligiga va tuproqdagi doimiy mo’zlagan qatlam ta’siriga hamda insonlarning ishlab chiqarish faoliyatiga bog’liq. Tuproqning suv rejimi va uning tiplari haqidagi ta’limot asoschisi akademik N.G.Visotskiydir. U suv rejimining yuviladigan (permatsid), davriy yuviladigan, yuvilmaydigan (impermatsid) va terlaydigan (ekssudatsion) kabi tiplarini ajratishni tavsiya etadi. G.N.Visotskiy qarashlarini rivojlantirib A.A.Rode ikki yangi tipdagi - mo’zlaydigan va irrigatsion suv rejimlarini qushimcha qilib kiritdi hamda barcha tiplarni 16 tipchaga ajratdi.
Quyida tuproq suv rejiminining asosiy tiplariga qisqacha xarakteristika beriladi.
1. M u z l a y d i g a n t i p. Abadiy mo’zlikli ulka, nohiyalarda tarqalgan. YOz faslida yer yuza qatlami biroz eriydi, ammo uning pastki qismi deyarli erimaganligi sababli, suvni o’tkazmaydi. Natijada mo’zlagan suvtusar qatlam ustida suv tuplanadi hamda bug’lanish kam bo’lganidan, tuproqda o’ta namlik yuzaga keladi. Vegetatsiya davrining asosiy qismida, tuproqning erigan qatlami suv bilan tuyinib turgan bo’ladi.
2. YU v i l a d i g a n t i p (NK>1) - atmosfera yog’inlarining urtacha miqdori bug’lanishga nisbatan ko’p bo’ladigan urmon-o’tloq zonasi (podzol-botqoq va botqoq tuproqlar) va seрНam subtropik viloyatlari tuproGiga xos. Atmosfera yog’inlari bilan tuproq har yili sizot suvlarigacha namlanadi va qisman ana shu suvlarga qushiladi. Tuproqning pastki qatlamiga singib o’tayotgan suv tuproqdagi turli birikmalar, jumladan oziq moddalarni o’zi bilan yuvib ketadi. SHuning uchun ham bu xildagi suv rejimi yuviladigan tip deyiladi. (28a-rasm)
1. Atmosfera yog’inlari
2. SHox shabbalarda to’tib qolingan nam miqdori.
3. yer yuzasidan oqib ketgan suv.
4 Fizik bug’lanish .
5 Tuproq ichidagi suv oqimi.
6. O’simliklar tomonidan surib olingan suv (desuktsiya butun davr mobaynida o’simliklar olgan suv).
7. Grunt suv oqimi.
8. Bug’lanish va desuktsiya.
3. D a v r i y yu v i l a d i g a n t i p(NK-1, ba’zan 1,2-0,8 gacha o’zgarib turadi). Tuproqning sizot suvlariga qadarli yuvilishi davriy bo’lib, faqat atmosfera yog’inlari miqdori bug’lanishga nisbatan ko’p bo’lgan yillardagina ruy beradi. Sizot suvlari sathi, kapillyar kayma odatda o’simlik ildiz sistemasi tarqaladigan qatlamdan pastda bo’ladi. YUqori namlik natijasida tuproqning yuvilishi bir necha yil davomida (davriy) 1-2 marta bo’lib turadi. Bu tipdagi suv rejimi urmon dasht (urmon sur tusli tuproqlari) va shimoliy tuproqlar (podzollashgan va ishqorsizlangan qora tuproqlar) zonalari uchun xarakterli.
4. YU v i l m a y d i g a n t i p (NK<1). Bunday tipdagi suv rejimida tuproq -grunt qatlamlari sizot suviga qadarli hech qachon yuvilmaydi. Demak, yog’inlar hisobidagi namlik tuproqning yuqori qatlamlarida tuplanib, sizot suviga qadar yetib bormaydi (31b-rasm). Atmosfera yog’inlari tufayli namlangan qatlam bilan sizot suvi joylashgan gorizont oraliGida deyarli quruq, ko’pincha sulish namligi miqdoriga yaqin nam qatlam bo’ladi(G.N.Vыsotskiy buyicha "o’lik" gorizont). .
SHunday qilib, tuproqning yuqori qatlamlardagi moddalar yuvilib, sizot suvigacha yetib bormaydi. YUvilmaydigan suv rejimi quruq iqlimli va sizot suvlari chuqur joylashgan dasht, quruq dasht va chul zonalaridagi qora tuproq, kashtan, qo’ng’ir tusli tuproq,bo’z tuproqlar va sur qo’ng’ir tusli tuproqlar uchun xarakterli. Sanab o’tilgan tuproq qatorlari buyicha atmosfera yog’inlari kamayib, bug’lanish esa oshib boradi hamda namlanish koeffitsiyenti 0,6 dan 0,1 gacha kamayadi. Tuproq-grunt qatlamlaridagi nam aylanishi 4 m (dasht qora tuproqlari) dan 1 m gacha (chul-dasht, chul tuproq lari) bo’ladi. Bahor mavsumida tuproqda to’plangan nam zahirasi transpiratsiyaga va fizik bug’lanishga sarflanib, ko’zga borib esa juda kam qoladi, chalachul va chul zonalarida yerlarni sug’ormasdan turib, dehqonchilik qilib bulmaydi.
5. T ye r l a y d i g a n t i p (NK<1). CHala chul va chul zonalarining sizot suvlari yaqin bo’lgan sharoitda terlaydigan suv rejimi yuzaga keladi(31v- rasm). Kapillyarlar orqali ko’tarilayotgan suv fizik bug’g’lanib, tuproq guyo terlagandek bo’lib turadi. Tuproq va o’simlikdan bug’lanayotgan suv miqdori, tushayotgan atmosfera yog’iniga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. Sizot suvlari minerallashganda tuproqda suvda oson eriydigan to’zlar tuplanib, yer shurlanadi. yer osti suvlari chuchuk bulsa ona jins tarkibida to’z bulmasada, mergellanish hamda gleylanish jarayonlari kechadi.
6. I r r i g a ts i o n t i p. Sug’orib dehqonchilik qilinadigan sharoitda tuproqning qushimcha ravishda namlanishi natijasida ruy beradi. O’sish davrida tuproqning ko’plab marotaba namlanishi - bu tipdagi suv rejimining muhim xususiyatidir. Sug’orishning turli davrlarida har xil tipdagi suv rejimi tiplari yuzaga keladi. Sug’orilayotgan davrda dastlab yuviladigan tip shakllanib, keyin yuvilmaydigan va terlaydigan suv rejimlari bilan almashinadi, natijada tuproqda namning davriy ko’tarilib va pasayib turishi yuzaga keladi.
Tuproqning suv rejimi qishloq xujalik maydonlarida turli agrotexnik va agromeliorativ tadbirlar sistemasini amalga oshirish natijasida boshqarilib turiladi.
Qishloq xujaligini intensivlashtirishning asosiy vositasi - tuproqlarni melioratsiyalashdir. Melioratsiya tuproq holatini yaxshilaydi, uning unumdorligini oshiradi. Melioratsiya loyihalari amalda qullanilayotganda tuproqning suv rejimlarining tiplari albatta e’tiborga olinadi. O’simliklarning suv bilan ta’minlanib turilish sharoitlarini yaxshilash uchun qator kompleks tadbirlar olib boriladi. Tuproq suv balansi kirim va ayniqsa sarflanish qismini sun’iy ravishda o’zgartirish natijasida tuproqdagi umumiy va samarali suv zahirasi miqdoriga keskin ta’sir etish mumkin. Bu o’z navbatida qishloq xujalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olishni ta’minlaydi.
Tuproqning suv rejimini tartibga solib turish tadbirlari, joyning iqlim va tuproq sharoitlariga va shuningdek, ustirilayotgan ekinlarning suvga bo’lgan talabiga asoslangan. O’simliklarning usib rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratish uchun, tuproqda tuplanadigan namlik miqdori bilan uning transpiratsiya va fizik bug’lanishga ketadigan sarfini barobarlashtirishga, ya’ni namlanish koeffitsiyenti qiymatining birga yaqin bo’lishiga erishish kerak. Tuproqning suv rejimini tartibga solish tadbirlari har bir tuproq-iqlim sharoiti uchun o’ziga xos xususiyatlarga ega. Nami yetarli va ortiqcha bo’lgan zonaning suv kam oqib ketadigan territoriyalarida suv rejimini yaxshilash tadbirlari, suv tuplanib qoladigan mikro va mezopastliklarni tekislashga qaratilgan bo’ladi.
Botqoq va botqoqlangan tuproqlar suv rejimini yaxshilash uchun, quritish melioratsiyasi tadbirlari o’tkazilib, jumladan, yopiq drenajlar yoki oshiqcha suvni chiqarib yuborish uchun, ochiq drenajlar barpo qilinadi.
Noqoratuproq rayonlarda o’simliklarni nam bilan ta’minlab turishni yaxshilashning ikki yunalishdagi tadbirlari olib borilishi zarur. Birinchidan, oshiqcha nam bo’lganda maxsus drenaj quvurlar orqali daladan alohida ajratilgan joylarga suv oqizib chiqariladi, ikkinchidan, nam yetishmaganda, aksincha usha quvurlar orqali dalaga suv chiqariladi yoki maydonlar yomg’irlatib sug’oriladi.
Tuproqni madaniylashtirishning barcha tadbirlari, jumladan, tuproqning chuqur haydalma qatlamini yaratish, uning struktura holatini yaxshilash, umumiy g’ovakligini oshirish, haydalma osti zich qatlamini yumshatish kabilar tuproqning nam sig’imini oshiradi va o’simliklarning ildizlari tarqaladigan qatlamdagi samarali suv zahirasini ko’proq yaratish va saqlab qolish imkonini beradi. Namlik barqaror bulmagan va qurGoqchilik rayonlarida tuproqning suv rejimini tartibga solish tadbirlari yerda ko’proq nam tuplash va undan samarali foydalanishga qaratilgan bo’ladi. Namni tuplashning keng tarqalgan usullaridan biri - maydonlarda qoрНi ushlab, erigan suvni saqlab qolishdir. Buning uchun poyasi baland bo’lib usadigan ko’lis ekinlar ya’ni yashil tusiqlardan foydalaniladi. Maxsus qor uyumlari (vallari) barpo qilish ishlari olib boriladi. SHuningdek, yuza suv oqimini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar sistemasi (yonbag’irlarni kundalangiga haydash, vallar qilish, bo’lib-bo’lib egatlash, ekinlarni polosa tarzida joylashtirish, uyalab haydash va boshqa usullar) qullaniladi. Tuproqdagi namni saqlab qolishda dala ihota daraxtzorlarining roli nihoyatda katta. Urmon polosalari qishda daladan qoрНi uchirib ketishdan saqlab qoladi va yerda ko’proq nam zahirasini yaratilishiga imkon beradi. Lalmikor nohiyada urmon ihota daraxtzorlari ta’sirida har bir gektar maydonda qushimcha ravishda 40-50 mm gacha nam tuplanadi. Tuproqning suv rejimini yaxshilashda toza shudgor, ayniqsa, qora shudgoрНing roli katta. Tuproqda nam tuplash va uni saqlab qolishda, ko’plab agrotexnika tadbirlarining roli katta. Bahorda tuproqni yuza yumshatish yoki baronalash yuli bilan namni yopib ketish tadbiri namning befoyda fizik bug’lanishidan saqlab qoladi. Ekinlar ekilgach yerga qatoq bosish haydalma yuza qatlamining zichligini, boshqa qismiga nisbatan o’zgartiradi. Zichlik orasidagi yuzaga keladigan farq natijasida kapillyarlar orqali namning tuproq pastki qatlamlaridan yuzasiga ko’tarilishi va tuproq havosidagi suv buGlarining kondensatsiyasi yaxshilanib, yerda nam tuplanishi yuzaga keladi. Bu o’z navbatida erta bahordan urug’larning tekis unib chiqishida va o’simliklarning nam bilan ta’minlanishida muhim ahamiyatga ega. Mineral va organik o’g’itlarni samarali qullanish tuproqdagi namdan ancha tejab foydalanish imkonini beradi.
Sabzavotchilikda yerda ko’proq nam tuplash maqsadida turli materiallardan foydalanib, mulchalash usulidan keng foydalaniladi. CHul-dasht va chul zonalarida tuproq suv rejimini yaxshilashning asosiy usullaridan biri Sug’orishdir. Sug’orilayotgan maydonlarda tuproqning qayta shurlanishini oldini olishda dalaga taralayotgan suvning samarasiz yuqolishiga qarshi chora kurish kerak.
Turli tabiiy zonalarda o’simliklarning nam bilan ta’minlab turilishini yaxshilashdagi kompleks tadbirlar sistemasida, tuproqning fizik xossalarini va struktura holatini muntazam yaxshilab borish ham muhim rol uynaydi.
Xozirgi vaqtda dexqonchilik soxasi va olimlar orasidagi nazariy va amaliy jixatdan tuproq unumdorligining saqlash va oshirish masalasi murakkab va dolzarb vazifa xisoblanadi.biroq dunyo bo’yicha tuproqlarning degumifikatsiya jarayonining ortish tendentsiyasi kuzatilmoqda. SHu bois, xozirgi tuproqshunoslik soxasidagi fanlar mazkur mvammoning ilmiy jixatdan o’rganishga va yechimini topishga asosiy e’tiborini qaratish lozim.
Tuproq degumifikatsiyasi- tuproq gumusining turli omil va ta’sirlar orqali yo’qotilishidir. Tuproq gumusi tabiiy tuproq paydo bo’lish jarayonida vujudga kelsa, asosiy xolda dexqonchilikda turli tadbirlarning qo’llanillishi orqali oshirib boriladi. Tuproqning gumus bilan ta’minlanishining asosiy xolda dexqonchilikda turli tadbirlarning qo’llanilashi orqali oshirib boriladi. Tuproqning gumus bilan ta’minlanishining eng yaxshi usuli almashlab ekishni to’g’ri va ilmiy tarzda qo’llash, sideral ekinlar ekish ,organik va mineral o’g’itlarni me’er darajada qo’llash xisoblanadi. CHo’l mintaqalari kabi xududlarda organik o’g’itlarning yetishmasligi natijasida tuproqlarning 30% gacha gumus miqdori kamayishi kuzatiladi. Gumusning yo’qotilishi tuproqlarning yomonlashuvini keltirib chiqaradi.( Pochvozaщitnoye i resursosberagayuщeye zemledeliye: Teoriya i metodika issledovaniy. FAO-CYMMIT, Ankara, 2015. – 175 s. ISBN978-92-5-408795-1.)
9-jadval
Dostları ilə paylaş: |