Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə55/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

7.3.TUPROQNING SUV BALANSI
1. Suv balansi tuproqqa kelib tushayotgan va undan chiqayotgan suv sarfi
miqdori bilan belgilanadi. Suv balansi mvayyan territoriyalarda tuproqning ma’lum qatlami uchun hisoblab chiqariladi. Agronomik nuqtai nazardan o’simliklarning ildizi tarqalgan tuproq qatlami (0,5-1 m) uchun suv balansini o’rganish eng maqbul hisoblanadi. Tuproqda to’planadigan suvning muhim va asosiy manbai atmosfera yog’inlaridir. Bu yog’inlarning hammasi ham yer yuzasiga tushib, tuproqqa singmaydi. YAxshi buliq bo’lib o’sadigan o’simlik qoplami yuzasida 2-3 mm ga qadarli yomg’ir suvlari ushlanib qolinishi mumkin. Odatda bir kecha kundo’zda 5 mm dan kam yog’adigan yomg’ir suvi tuproq yuzasini juda oz miqdorda namlaydi. Ana shunday namni o’simlik kam o’zlashtira oladi va tuproq tez buGlatib yuboradi. Yillik miqdoriga nisbatan kam samarali yog’inlar miqdori ko’pincha 30-40 foizni tashkil etadi. Aksariyat maydonlarda yerga tushayotgan atmosfera yog’inlari qor shaklida bo’ladi. Qator rayonlarda yerdagi suvning bu manbai muhim ahamiyatga ega. CHunki qish davomida tushadigan yog’inlar barcha mavsumdagiga nisbatan ko’p. SHimoliy rayonlarda barqaror saqlanadigan qor qoplami o’rtacha 60 sm ga yetadi. Sizot suvlari yaqin joylashgan sharoitda kapillyar yo’llar orqali ko’tarilayotgan suv ham tuproqdagi qo’shimcha nam manbai hisoblanadi. Tuproqning yuqori qatlamlari, shuningdek suv bug’larining kondensatsiyasi (quyuqlashuvi) hisobidan to’planadigan nam bilan ham boyib boradi. Suv bug’larining kondensatsiyasi odatda havo va tuproq harorati yuqori bo’lgan sharoitda yuzaga keladi. Kondensatsiya suvlari, ayniqsa cho’l zonasining qumli va shag’alli toshloq yerlarida ko’p to’planib tuproqdagi nam zahirasining muhim qismidir. B.P.Orlov ma’lumoticha, Qarshi cho’lidagi qumli tuproqlarda kondensatsiya suvlari miqdori yiliga o’rtacha 60 mm ni tashkil etadi.
Tog’ yonbag’irlarining pastki qismlarida tuplanadigan suv ham, qo’shimcha nam hisoblanadi. Nam to’planishida tuproqning ichki oqimi, ya’ni suv to’sar qatlam yuzasidan nishablik bo’ylab harakat etayotgan suv ham suv zahirasini hosil qiladi. Sug’orib dehqonchilik qilinadigan rayonlarda tabiiy sharoitlardan tashqari, Sug’orish natijasida tuproqda nam ko’p tuplanadi. Bu nam tuproqdagi namning sun’iy tuplanadigan manbaidir.
2. Tuproqdagi namning sarfi. Tuproq yuzasiga tushadigan va singib tuplanadigan nam asosan quyidagi omillar: 1) suvning yuza oqimi va tushgan qoрНing uchirib olib ketilishi; 2) tuproqning ichki suv oqimi; 3) tuproqdan namning bug’lanishi; 4) o’simliklardan namning bug’lanishi, (transpiratsiyasi) natijasida sarf bo’ladi. Atmosferadan tushadigan suv nishab joylarda singib ketishga ulgurmagan vaqtda, yuza oqim yuzaga keladi. YUza oqim natijasida suvning tuproqdagi sarfi joyning qiyaligiga, tushayotgan yog’in intensivligiga, tuproqning suv o’tkazuvchanligiga va o’simliklar qoplamiga bog’liq. QoрНing ochiq joylardan shamol ta’sirida uchirilib ketilishi natijasida ko’p nam yuqoladi. Ayniqsa urmonlari kam bo’lgan va relefi notekis rayonlarda bu hodisa jadallashadi. Ihota daraxtzorlari bulmagan dalalardan, ba’zan 50 foizdan ko’p qor uchirilib olib ketiladi. Tuproqdagi suvning ichki oqimi, ya’ni nishablik buyicha tuproq qatlamlaridagi suvning oqib ketishi natijasida ham ancha nam yuqoladi. Quruq kelgan yillarning bahor mavsumida, uning qimmati 10-20 mm ni, seryog’in yillarda (bahor, yoz davrlarida) 150 mm ni tashkil etadi. Tuproqdagi namning eng ko’p sarflanishi tuproq yuzasidan bug’lanish (fizik bug’lanish) va o’simlik qoplami orqali bug’lanish (transpiratsiya) natijasida yuzaga keladi. O’simliklar orqali bug’lanishni foydali, fizik bug’lanishni esa foydasiz bug’lanish deyiladi. O’simlik qoplami bo’lgan tuproq yuzasidagi fizik bug’lanishni transpiratsiya va o’simliklarning yer yuzasi organlaridan bo’ladigan bug’lanish miqdorini alohida aniqlash qiyin bo’lganidan, odatda bug’lanishning umumiy miqdori aniqlanadi va unga evakotranspiratsiya deyiladi.
Fizikaviy bug’lanish natijasida tuproq 0-20 sm qalinlikkacha quriydi, qurg’oqchilik yillarida 0-40 sm va hatto 0-50 sm ni tashkil etadi.
Fizik bug’lanish o’simlik qoplamiga boGlik. O’simliklar yaxshi va qalin usadigan maydonlarda tuproqdagi nam kam bug’lanadi. G’alla ekilgan dalalarda yozdagi fizik bug’lanish umumiy bug’lanishning 40-70, chopiq talab ekinlar bo’lganda 70-80 va o’t-ulanlar yaxshi rivojlangan maydonlarda esa 10-20 foizni tashkil etadi.
Transpiratsiya natijasida tuproqdagi namning ancha qismi sarflanadi. Tuproqdan bug’lanib ketayotgan umumiy namning deyarli yarmi o’simliklarga to’g’ri keladi. Ayniqsa vegetatsiya davrida fizik bug’lanishga nisbatan o’simliklar ancha ko’p nam bug’lantiradi. Sug’oriladigan va tuproqda nam tuplanadigan sharoitda yaxshi rivojlangan o’simlik qoplami bir kecha kundo’zda 10 mmgacha namni bug’lantirishi mumkin. Sug’orilmaydigan joylarda, bu kursatkich, nihoyatda kam (mm ning undan bir ulushi) bo’ladi. G.N.Visotskiy yillik yog’in miqdorining umumiy yig’indisi va shu davrdagi bug’lanish kursatkichlarini taqqoslab, turli tabiiy zonalar uchun taxminan namlanish koeffitsiyenti (NK) ni aniqlagan. NK – mvayyan davrda yog’inlar umumiy miqdorining bug’lanish yig’indisiga bo’lgan nisbati. Olim kursatishicha, NK urmon zonasida - 1,33, urmon-dashtda - 1,00, dashtda - 0,67, quruq dasht zonasida - 0,33 ga barobar.
3. Namning kirimi va safiga kura tuproqning suv balansi A.A.Rode buyicha quyidagicha formula asosida aniqlanishi mumkin:
V1-V0 * (Osp + PGV + PPr+VPPr + K) - (I+D+OGV+Po+PVO)
bunda: V0- davr boshida tuproqdagi nam zahirasi, V1- urganilayotgan davr oxirida tuproqdagi nam zahirasi; Osp - tuproq yuzasiga tushadigan yog’ingarchilik miqdori; PGV - sizot suvlaridan tuproqqa keladigan nam miqdori; PPr - urganilayotgan maydonda tuproq yuzasiga keladigan suv oqimi miqdori; VPPr - shu tuproqqa sizib keladigan ichki nam oqimi miqdori; K - atmosferadan tuproqqa kiradigan va kondensatlanadigan buGsimon nam miqdori; I - tuproqdan fizik bug’lanadigan nam miqdori; D - decuktsiya - tuproqdan o’simliklar surib oladigan suv miqdori (suv balansi to’zilayotgan davr uchun); OGV - tuproqdan sizot suvlariga oqib o’tadigan suv miqdori; PO - suvning yuza oqimi miqdori; PVO - tuproqdagi ichki suvning oqib ketish miqdori. Sug’oriladigan dehqonchilik rayonlaridagi tuproqlar uchun, bu formulaning kirim qismiga Sug’orish tufayli tuplanadigan suv miqdori ham qushiladi. Sug’oriladigan tuproqlarning suv balansi umuman Sug’orish rejimiga ta’sir qiladi: iqlim zonalari, gidromodul rayonlar va gidrogeologik sharoitlarga qarab kirim va sarf qismlari o’zgarishi bilan suv balansi ham o’zgarib turadi.
Sug’oriladigan tuproqning suv balansi beriladigan suv miqdori (kirim) va sarf qismlaridan tashkil topadi. Kirim qismiga ekinlar sug’oriladigan suv, yer osti suvlari, yog’in suvlari va boshqa uchastkalardan oqib keladigan suvlar kiradi. Sarf qismi tranpiratsiya, bug’lanishga, tuproqqa singishga, yer osti suvlari bilan qushilib ketish va boshqa maydonlarga sarf bo’ladigan suvdan iborat.
Tenglamadagi barcha miqdor kursatkichlari mm bilan ifodalanadi. Suv balansi istalgan davr uchun to’zilishi mumkin, ammo ko’pincha yillik suv balansidan foydalanish qulaydir. Agar tuproqdagi ichki suvning oqib kelishi bilan oqib ketishini barobar deb olinsa, tuproq suv balansini quyidagi, soddalashtirilgan formuladan foydalanib hisoblash qulay:
V1 - Vo Q Os - Rd
bunda: V1 va Vo kursatkichlari avvalgi formulada berilgan; Os - atmosfera yog’inlarining umumiy miqdori; Rd - sarf bo’lgan namning umumiy miqdori (evakotranspiratsiya, sizot suvlariga oqib ketadigan suvning umumiy yig’indisi).
Tabiiy-iqlim va boshqa sharoitlarga kura davr oxiridagi suv zahirasi (V1) - ma’lum konkret yil ko’zatishlarida dastlabki (Vo ) - zahirasiga nisbatan ko’p yoki oz bo’lishi mumkin. Suv balansi tabiiy sharoitlar va sun’iy faktorlar ta’sirida yil davomida o’zgarib turadi. Agar yil oxirida tuproqda suv zahirasi ko’paysa, suv balansi musbat, aksincha - kamaysa manfiy bo’ladi. Tuproqdagi nam kirimi va sarfi barobar bulsa, suv balansi nolga teng bo’ladi.
Demak, har bir konkret rayon sharoitida tuproqning suv balansini urganish katta amaliy ahamiyatga ega.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin