O’zlashtirish ko’rsatgichi (baho)
|
Mezonlari
|
5 (a’lo)
|
- talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qilishi;
- ijodiy fikrlay olishi;
- mustaqil mushohada yurita olishi;
- olgan bilimini amalda qo’llay olishi;
- fanning (mavzuning) mohiyatini tushuna olishi, bilishi, ifodalay olishi;
- fan (mavzu)ning mazmunini aytib bera olishi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega bo’lishi.
|
4 (yaxshi)
|
- talabani mustaqil mushohada yuritishi;
- olgan bilimini amalda qo’llay olishi;
- fanning (mavzuning) mohiyatni tushunishi, bilishi;
-mavzu mohiyatini ifodalay olishi, aytib berishi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega bo’lishi.
|
3 (qoniqarli)
|
- talaba olgan bilimini amalda qo’llay olishi;
- fanning (mavzuning) mohiyatni tushuna olishi;
- mavzu mohiyatini bilishi, ifodalay olishi, - fan (mavzu)ning aytib berishi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega bo’lishi.
|
2 (qoniqarsiz)
|
- talaba olgan bilimini amalda qo’llay olmasligi;
- fanning (mavzuning) mohiyatni tushuna olmasligi;
- mavzu mohiyatini bilmasligi, ifodalay olmasligi;
- fan (mavzu)ning aytib bera olmaslik hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega bo’lmaslik.
|
Mazkur fan bo’yicha talaba yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. YAkuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Baholash natijasidan norozi bo’lgan talaba fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega hisoblanadi.
Nazorat turi bo’yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |