Тупроқшунослик асослари


Tuproq unumdorligi haqida tushuncha



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə65/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

9.2.Tuproq unumdorligi haqida tushuncha.
Tuproqning turli tog’ jinslaridan farq qiladigan eng muhim sifat belgilaridan biri unumdorlikdir. Qishloq xujalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi hisoblangan tuproqning xalq xujaligidagi ahamiyati ham, ana shu unumdorligi bilan belgilanadi. Tuproq atrof-muhit bilan bevosita ta’sirda bo’lib quyosh energiyasini, turli oziq moddalar bilan elementlarni qabul qilib oladi va murakkab biofizik-kimyoviy jarayonlar natijasida, ularni o’zida tuplaydi. O’simliklar uchun oziq moddalardan tashqari yorug’lik, issiqlik va kislorod, uning yashil qismi uchun esa karbonat angidridi zarur. Ana shu moddalar va zarur shart-sharoitlar o’simliklarga tuproq orqali turli darajada yetkazib turiladi. Tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotning rivojlanishi akad.V.R.Vilyams nomi bilan bog’liq. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda ham olimning tuproq unumdorligi haqidagi tushunchasi keng tarqalgan. V.R.Vilyams buyicha (1936) unumdorlik deganda tuproqning o’simliklarni suv va oziq elementlar bilan bir vaqtning o’zida, o’zluksiz ta’minlab tura olish qobiliyati tushuniladi. O’simliklar uchun zarur issiqlik va yorug’likni Vilyams kosmik omillar jumlasiga kiritadi.
Unumdorlik tuproqning juda murakkab xossasi sifatida, tuproqda kechadigan ko’plab kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarga bog’liq. Unumdor tuproq o’simliklarni zarur oziq moddalar, suv, havo, issiqlik bilan ta’min eta olish, mu’tadil reaktsiyaga ega bo’lishi, har xil zararli moddalar saqlamasligi zarur. Buning uchun tuproqning suv-fizik xossalari va rejimlari, oziq va to’z rejimlari, tuproqda kechadigan biokimyoviy, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari qulay bo’lishi kerak. SHular asosida hozir tuproq unumdorligi haqida quyidagi kengroq tushunchani berish mumkin bo’ladi.
Unumdorlik deb, tuproqning o’simliklarni normal usishi va rivojlanishi (hosil berishi) uchun zarur suv, oziq elementlar va shuningdek ularning ildiz sistemalarini yetarli miqdorda havo, issiqlik va qulay fizik kimyoviy muhit va boshqa barcha shart-sharoitlar bilan ta’min eta olish qobiliyatiga aytiladi.
Demak, tuproqning ishlab chiqarish qobiliyati, unda kechadigan ko’plab jarayonlar va hodisalarga bog’liq. O’simliklarning barcha usib rivojlanish hayotiy davrlari bevosita tuproqning turli xossalari yoki unda kechadigan jarayonlar bilan bog’liq. SHuning uchun ham tuproqdan foydalanilayotganda unumdorlikning barcha omillariga va shart-sharoitlariga bir vaqtning o’zida ta’sir eta bilish kerak.
Tuproq unumdorligi nisbiy tushuncha bo’lib, unumdorlik nafaqat tuproq xossalariga, balki ustiriladigan ekinlar turiga ham bog’liq. Masalan, mvayyan bir tuproq alohida o’simliklar uchun unumdor hisoblansa, boshqasiga kam unumli bo’ladi. CHunki har xil o’simliklarning tuproq unumdorligiga (faktorlariga) bo’lgan talabi bir xil emas.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin