Tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi - tuproqning o’zi orqali issiqlikni o’tkazish qobiliyati. Issiqlik o’tkazuvchanlik 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 yuzasidan 1 sekundda o’tadigan kaloriya hisobidagi issiqlik miqdori bilan ulchanadi. Tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi, uning mineralogik, mexanikaviy tarkibiga va organik moddalar miqdoriga hamda tuproq qovushmasi va tuproqning qattiq, suyuq, gaz fazalari orasidagi o’zaro nisbatiga bog’liq. SHunga kura tuproqning tarkibiy qismlari turlicha issiqlik o’tkazuvchanlikka ega. Buni quyidagi ma’lumotlardan bilib olish mumkin:
Modda
Issiqlik o’tkazuvchanligi
Havo
0,00006
Suv
0,00136
Torf
0,00027
Kvarts
0,0024
Granit
0,0082
Bazalt
0,0052
Tuproq mineral qismining issiqlik o’tkazuvchanligi havoga nisbatan o’rtacha 100 barobar, suvga nisbatan 28 barobar yuqori. SHuning uchun tuproq qanchalik nam bulsa, uning issiqlik o’tkazishi yuqori, G’ovakligi ko’p bo’lganda kam. YOzda tuproqning yuqori qatlamlari quriganda, uning issiqlik o’tkazishi kamayadi, natijada tuproqning yuqori qismlaridan pastga qarab issiqlik o’tkazishi ham pasayadi. Ko’z davomida tuproqda ko’proq nam tuplash, o’z navbatida ko’proq issiqlik zahirasini ham yaratish imkonini beradi. Bu - kuzgi g’allani ertangi sovuqlar ta’sirida mo’zlashdan saqlab qoladi.
13-jadval
Tuproq va atmosfera havosi
Tuproq yuzasiga issiqlikning tushishi, tuproq qatlamlariga o’tishi, tuplanishi va qaytishi kabi hodisalar yig’indisiga tuproqning issiqlik rejimi deyiladi. Tuproqning issiqlik rejimi iqlim (quyosh radiatsiyasining oqimi, atmosferaning namlanishi va quruqlashuvi va boshqalar) shuningdek, joyning relef sharoitlari, o’simlik va qor qoplami singarilar ta’sirida vujudga keladi. Tuproqning issiqlik holatini xarakterlovchi issiqlik rejimining asosiy kursatkichi tuproq temperaturasi hisoblanadi. Tuproq temperaturasi, kelayotgan quyosh radiatsiyasi oqimi va tuproqning issiqlik xossalari bilan belgilanadi. Haroratning tez o’zgarib turadigan tuproq qatlami 0-1 sm da bo’lib, 3-5 sm dan boshlab, keskin pasayadi. Tuproqning 35-100 sm chuqurligida so’tkalik o’zgarishi deyarli ko’zatilmaydi. Tuproq haroratining so’tkalik o’zgarishiga havoning ochiq yoki bulo’tli bo’lishi, yog’in-sochin, shamol ta’siri hamda tuproqning tarkibi, o’simlik va qor qoplami ta’sir etadi. YOz faslida yalang, ochiq joylarda tuproq usti qatlamining harorati Urta Osiyoda 70-750 va tropik mamlakatlarda 820 ga yetadi. Tuproqdagi urtacha yillik haroratning o’zgarishi: iyul va avgust oylarida urtacha so’tkalik o’zgarishi eng yuqori, yanvar-fevralda esa minimal darajada bo’ladi. YOz faslida eng yuqori so’tkalik urtacha tempuratura, odatda tuproqning ustki qismida ko’zatilib, quyi qismlarida kamayib boradi. Qishda esa aksincha tuproqning yuzasida harorat pasayib, quyi qismlarida ko’tariladi.
Tuproq haroratining o’zgarib turishiga sabab buluvchi tabiiy faktorlardan asosiylari joyning relefi, tuproq xossalari, o’simlik va qor qoplami singarilar hisoblanadi.
O’simlik qoplami yoz faslida yer yuzasining nihoyatda isib ketishidan saqlaydi, qish mavsumida esa tuproqdagi issiqlikning tarqalib ketishini pasaytiradi. Qishki davrda qor qoplami tuproq haroratiga ta’sir etib, issiqlikni tuplaydi va yeрНi sovib, mo’zlashdan saqlaydi. Bu - qishlayotgan ko’zgi Gallaning nobud bo’lishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Tuproqning harorati, shuningdek, uning mexanik tarkibi, namligi va rangiga bog’liq. Namlikni yaxshi ushlab turadigan soz tuproqlar yuqori issiqlik sig’imiga ega bo’lganidan, bug’lanishga ketadigan issiqlikni shuncha ko’p sarflaydi. Qumli tuproqlar kam issiqlik sig’imiga ega bo’lganidan, soz tuproqqa nisbatan tezroq isiydi. Demak, yengil mexanik tarkibli quruq va zahi yaxshi qochirilgan tuproqlar bahor-yozda issiqroq bo’lib, ko’zda esa soz tuproqlarga nisbatan sovuqroqdir.
Tuproqning temperatura rejimini xarakterlashda tuproqning 20 sm chuqurlikdagi aktiv harorat (>10o C) ning davomiylik davri muhim ahamiyatga ega. Ana shu chuqurlikda ekinlar va tabiiy o’tlarning ildiz sistemasining asosiy qismi tarqalgan bo’ladi. Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi aktiv harorat (>10o C) tuproqning issiqlik bilan ta’minlanishini belgilovchi asosiy kursatkichdir (14-jadval).
Er yuzasiga keluvchi quyosh energiyasi qisman tuproqqa singib, uning bir qismi atmosferaga qaytariladi. Tuproq yuzasida singdiriladigan va undan nurlanadigan quyosh radiatsiyasining kirimi va sarfiga radiatsiya balansi deyiladi. Tuproqning radiatsiya balansi musbat va manfiy bo’lishi mumkin. Ana shunga kura tuproq yuzasining isishi yoki sovushi belgilanadi. Quyosh radiatsiyasi tuproq yuzasiga yetib kelgandan keyin, issiklik radiatsiyasiga o’tadi.
14-jadval
Issiqlik balansi quyidagi qismlardan iborat: radiatsiya balansi kursatkichi (R6) dan; transpiratsiya va fizik bug’lanish uchun sarflanadigan issiqlik (It) dan tashkil topgan va bu issiqlik tuproqdagi nam miqdoriga bog’liq bo’lib, radiatsiya balansining 70-80 foizgacha yetadi; tuproq yuzasi va uning ancha chuqurligi orasidagi issiqlik almashinuvi uchun sarflanadigan issiqlik (Is); issiqlik oqimi tuproq yuzasidan pastga (yozda, kundo’zi) yoki pastdan yuqoriga qarab (qish, kechasi) harakatlanishi mumkin; havoni qizdirish uchun sarflanadigan issiqlik (Ik) dan iborat. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan tuproq yuzasiga ayni vaqtda keladigan issiqlik miqdori, uning sarfiga barobar bo’lganidan issiqlik balansi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
R6 + It + Is + Ik * 0
Tuproqning issiqlik balansi joyning geografik holati, relefi, yil mavsumi va so’tkaning vaqti, tuproq xossalari, o’simliklari hamda meteorologik sharoitlari va boshqalarga bog’liq. Urtacha yillik harorat va tuproqning mo’zlash xarakteriga kura V.N.Dimo (1972) tuproq issiqlik rejimining quyidagi: mo’zloq, o’zoq mavsumiy mo’zlaydigan, mavsumiy mo’zlaydigan, mo’zlamaydigan tiplarini ajratadi.
Turli o’simliklarning optimal (mo’’tadil) o’sib rivojlanishi uchun, uning ayrim vegetativ davrlarida har xil miqdordagi issiqlik talab etiladi. Jumladan, ekinlarning urug’i 0-1 dan past bulmagan haroratda unib, kukarib chiqadi(15-jadval).
Tuproqdagi issiqlik (ma’lum chegaragacha) qanchalik yuqori bulsa, o’simliklarning usib rivojlanishi shunchalik tez boradi.
YUqori harorat ham o’simliklarga salbiy ta’sir etadi. Jumladan, kartoshkada tuganaklarning hosil bo’lish jarayoni pasayadi. Past haroratda o’simliklarning usishi susayib, vegetatsiya davri cho’ziladi va o’simliklar hosili ozayadi. Bunday sharoitda o’simliklarga tuproqdan nam va oziq moddalar, ayniqsa, fosfor hamda azotning o’tishi kamayadi, biologik-kimyoviy jarayonlar susayib, oziq moddalarning almashinuvi bo’ziladi. Bularning barchasi ekinlar hosildorligining kamayishiga olib keladi. Tuproq harorati mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga va ular ta’sirida kechadigan biokimyoviy jarayonlar (organik moddalar qoldiqlarining parchalanishi, ammonifikatsiya, nitrifikatsiya va boshqa jarayonlar) ga katta ta’sir etadi. Ko’pchilik mikroorganizmlar uchun optimal harorat 25-35 atrofidadir.
15-jadval
Tuproq haroratining oshishi bilan tuproq eritmasidagi gazlarning eruvchanligi kamayadi, ammo kimyoviy reaktsiyalar aktivligi oshadi. Qo’llaniladigan o’g’itlar samarasi, tuproqdagi namning bug’lanishi va uning tuproq gorizontlari buylab tarqalishi ham haroratga bog’liq.
Tuproqning issiqlik rejimi sharoitlarini yaxshilash yuli bilan quyosh radiatsiyasini tartibga solish, uning ta’sir kuchini pasaytirish yoki havoga tarqalishi bilan uning yunalishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar sistemasini ishlab chiqishda muhim rol uynaydi. SHimoliy rayonlarda yozgi mavsumda namlik yuqori bo’lishi va quyosh radiatsiyasining kam tushishi sababli, tuproq haroratini oshirishga, Janubiy qurGoqchil rayonlarda esa, uni pasaytirishga qaratilgan tadbirlar olib boriladi. Quyosh issiqligini tartibga solish tadbirlari sistemasiga tuproq yuzasini o’simlik qoplami bilan soyalantirish va mulchalash, yeрНi ishlashning ba’zi usullaridan (yumshatish, qatok bosish) foydalanish, ekinlarni pushtaga ekishni qullanish singarilar kiradi. O’simlik qoplami tuproq yuzasini soyalantirib, quyosh issiqligining kelishini kamaytiradi, shu bilan haroratning pasayishiga olib keladi.
Mulchalash, ya’ni mayda torf, chirindi, go’ng, somon, mulcha qog’ozi, plyonka kabi turli materiallar bilan tuproq yuzasini yopish yoki berkitish orqali tuproq harorati tartibga solinadi. Bu agrotexnik usul ayniqsa, sabzavotchilikda keng ishlatiladi. Har qanday mulcha bilan yopilgan tuproq yuzasidan namning bug’lanishi va shu bilan issiqlik sarfi ham kamayadi. Mulchalash issiqlikning so’tkalik o’zgarishini tartibga soladi. Mulchalash keyingi yillarda paxtachilikda ham qullanila boshlandi. M.V.Muxammadjonovning ma’lumotiga ko’ra (1982) G’o’za ekilgan qatorlarni yupqa (0,5 mm) qora plyonka bilan mulchalash orqali asosan qalin qatqaloq hosil bo’lishining oldini olishga, tuproq haroratini 1,5-40S ko’tarishga, chigitlarning tula tukis unib chiqishiga, o’simliklar rivojini 8-10 kunga tezlashtirishga va paxta hosilini gektariga 5-6 ts oshirish imkoniyatiga ega bulinadi. yeрНi ishlash va tuproqning ustki qismini yumshatish tuproq issiqligining tez almashib turishini ta’minlaydi.
Tuproq haroratini tartibga solishning eng muhim vositalaridan yana biri, qishloq xujalik ekinlarini sug’orishdir.
Sabzavotchilikda tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash uchun tuproq yuzasi va havoning quyi yer usti qatlamini isitish tadbirlaridan foydalaniladi. SHu maqsadda bioyoqilg’i, issiq suv, bug’ va elektr isitkichlardan foydalanish va plyonka bilan yopish usullari qullaniladi. Tuproq haroratini oshirish uchun bug’ va issiq suv bilan isitish usulidan keng foydalaniladi. SHu maqsadda tuproqning yuqori madaniy qatlamlaridan 40-70 sm chuqurlikda qilib, trubalar o’tkaziladi va ular orqali issiq suv, bug’ yuboriladi. Sovuq davrlarda tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash, uchun qor tuplash melioratsiyasidan foydalaniladi. Qor tuplangan maydonlarda ko’zgi-qishki ekinlar mo’zlashdan saqlanadi, tuproqda nam ko’payadi va natijada ekinlar hosili oshadi.