29-rasm. Minimum qonunini ifodalovchi grafik chizma-"Dobenik" bochkasi:
1-olinishi mumkin bo’lgan hosil; 2- haqiqiy olingan hosil.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, bochkadagi suv sathi fosfor kislotaning miqdorini ko’rsatuvchi taxtacha balandligi bilan chegaralangan, ya’ni bu faktor minimumdagini ifoda etib, ta’minlanganlik darajasi 60 % ni ko’rsatadi. Bochkaga nazar tashlansa, minimumdagi fosfor faktori ko’paytirilsa, azot minimum faktor bo’lib qoladi, chunki uning ta’minlanganligi 90 % ni tashkil etadi. Ammo, ushbu chiroyli va nazariy jihatdan go’yo yaxshi isbotlangan jarayon amalda hamma vaqt ishlayvermaydi, chunki o’simliklar uchun barcha zarur faktorlar va ularning optimal nisbati hamma vaqt ham ma’lum bo’lavermaydi, barcha mumkin bo’lgan variantlarni tekshirib chiqish uchun ming yillar zarur, shu o’rinda aytish lozimki, inson o’zining bo’tun tarixi davomida bu ish bilan shuGullanib kelmoqda. Hozirgi paytda EHMlar va "hosilni programmalashtirish" matematik tenglamalar bu ishga jalb etilgan. Tuproqshunoslikda boshqacha yondoshuv qabul qilingan. O’simliklar hayotidagi tuproq faktorlari optimal holatni yoki tuproq unumdorligining elementlari bilan ta’minlash vazifasi qatorida tuproqni tubdan melioratsiyalash va agrotexnik tadbirlar yordamida tuproq unumdorligini limitlovchi faktorlarni bartaraf etish yoki minimallashtirish vazifalari qo’yilmokda hamda amalda yechilmoqda. 37-jadvalda tuproq ning asosiy limitlovchi faktorlari va ularni maxsus melioratsiyalash usullari keltirilgan.
Masalan, shurtob-shurxoklar yuqori ishqoriylik, ko’p miqdorda to’zlarni saqlashi va juda noqulay fizikaviy xossalarga ega. SHuning uchun kompleks melioratsiyalashni talab etadi.
16-jadval
Limitlovchi faktorlar va ularni bartaraf etish yoki minimallashtirishdagi asosiy meliorativ tadbirlar.
Zovurlash, strukturalash, G’ovakliklar barpo etish.
Mikrorelefning xilma-xilligi
YUzani tekislash.
YUzaning katta qiyaligi
Zinapoya shaklida tekislash (terrassalash), polosa- konturli haydash, ekinlarni navbatlash.
Tuproq ichidagi qatlamlar («shux», «gipsli», «arziqli» va x.z) tufayli chegaralangan ildiz joylashadigan qatlam qalinligining kamligi
Plantajli haydash, chuqur yumshatish, portlatadigan melioratsiya qullash bilan asta-sekin haydov qatlamini chiqurlashtirish.
Gorizontlarga keskin differentsiyalashgan profil
Ildiz oziqlanadigan qatlamni asta-sekin chuqurlashtirish, differentsiyalanishni chuqur ishlov berish bilan yuqotish.
Kimyoviy toksikoz (zaharlanish)
Kimyoviy va agrotexnologik melioratsiyalash.
Biologik toksikoz(zaharlanish)
Agrotexnologiya va biologik melioratsiya, almashlab ekish, shudgorlash.
YUnaltirilgan holda madaniy tuproqlarning yaratilish jarayonlari o’z navbatida tuproq unumdorligining mvayyan darajasi (modeli) ni yuzaga keltirish imkonini beradi. T u p r o q u n u m d o r l i g i m o d ye l i deganda ekinlardan ma’lum darajadagi hosilni olish uchun shart-sharoitlarga javob beradigan va agronomik nuqtai-nazardan ahamiyatga ega bo’lgan tuproq xossalari yig’indisi tushuniladi. Har bir tuproq tipi uchun unumdorlik darajasini kursatuvchi mvayyan, o’ziga xos bo’lgan xossalar kursatkichi mavjuddir. Tuproq xossalarining optimal parametrlari asosida unumdorlik modellari to’ziladi.
Quyida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, qora tuproqlar bilan bo’z tuproqlarning unumdorligini belgilovchi xossalarning ko’rsatkichlari miqdori bir-biridan keskin farq qiladi (17-jadval)
17 –jadval
Demak, qora tuproqlar va bo’z tuproqlar moddiy tarkibi jihatdan keskin farq qilsa-da, ammo ana shu tuproqlar uchun aniqlangan va belgilangan xossalarning maqbul parametrlari konkret tuproqlar sharoitida yuqori hosil olish imkoniyatini beradi.
Unumdorlik modelini to’zishda tuproqning e’tiborga olinadigan kimyoviy, fizikaviy xossalari va rejimlarining umumiy ko’rsatkichlari quyidagilar:
1) gumus miqdori, tarkibi va uning zahirasi va gumusli qatlam qalinligi;
2) o’simliklarga tez va oson o’zlashuvchi oziq moddalar miqdori;
3) fizik xossalarining optimal kursatkichlari: zichligi, struktura agregatlari miqdori, dala nam sig’imi, suv o’tkzazuvchanligi, aeratsiyasi;
4) tuproq profili to’zilishini xarakterlovchi kursatkichlar: haydalma jumladan gumusli qatlam qalinligi;
5) fizik-kimyoviy xossalarning kursatkichlari: tuproq reaktsiyasi, singdirish sig’imi, almashinuvchi kationlar tarkibi va asoslar bilan tuyinish darajasi singarilar hisoblanadi. Tuproqlarning ko’pchilik maqbul kursatkichlari, uning fundamental xossalari (mexanik tarkibi va gumusli holati) bilan bevosita bog’liq. Mexanik tarkibi va gumus miqdori tuproqning barcha muhim agronomik xossalari va rejimiga ta’sir etadi.
O’simliklarning barcha hayotiy omillari teng ahamiyatga ega bo’lib, ularning birortasini boshqasi bilan almashtirib bo’lmaydi. Tuproq unumdorligini oshirish hamda ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish uchun o’simliklarning barcha hayotiy va o’sish omillariga bir vaqtning o’zida, teng ta’sir etish zarur. Lekin bunda yo’naltiruvchi asosiy omil (yoki omillar gruppasi) ni aniqlay bilish juda muhim. CHunki ana shu omilga ta’sir etish yo’li bilan, boshqa faktorlar samaradorligini yuqori darajada oshirib borish mumkin. Masalan, qurg’oqchilik zonalarida yo’naltiruvchi omil o’simliklarni zarur miqdordagi suv bilan ta’minlashdir. Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan zonalarda yerlarni Sug’orish muhim tadbir bo’lib, bunda tuproqning qayta sho’rlanishi va botqoqlanishining oldini olishga alohida e’tibor berish lozim. Demak, o’simliklar hosildorligini belgilovchi barcha hayotiy faktorlarga bir vaqtning o’zida ta’sir etish printsiplarini amalga oshirish, turli zonalarda tuproq unumdorligini yaxshilashning tabaqalashtirilgan usullaridan foydalanish zarurlagini talab etadi. O’simliklarning hayotiy faktorlaridan birortasiga boshqasini o’zgartirilmagan holda ta’sir etish natijasida, uning samarasi pasayib boradi va ma’lum sharoitda ekinlar xosilining keskin kamayishiga olib keladi. Bunga misol qilib Gelrigelning o’simliklarga namlikning ta’sirini urganishga qaratilgan vegetativ tajribalari natijalarini kursatish mumkin (18-jadval).
18-jadval
Gelrigelning tajriba yakunlari
Ko’rsatkich
To’liq nam sig’imiga nisbatan tuproqdagi nam (foiz) miqdoriga ko’ra hosil
5
10
20
30
40
60
80
100
Hosil bir idishda, dg
1
63
146
190
217
227
197
0
Har 10 foiz namlikka to’g’ri keladigan qo’shimcha hosil
124
83
44
27
10
-15
-98
H ozirgi vaqtda tuproqning oziq, suv, issiqlik va to’z rejimi va tuproq reaktsiyasini tartibga solishni ta’minlaydigan tuproq xossalariga ta’sir etishning kompleks usullari ishlab chiqilgan. V.R.Vilyams nemis olimi Volninning bahori javdar hosiliga suv, yorug’lik va o’g’it singari omillar ta’sirini o’rganishga doir materiallari asosida ana shu faktorlarni bir vaqtning o’zida ta’sir etganda hosilning o’zluksiz oshib borishini tasvirlovchi alohida grafik bilan izohlab beradi (30-rasm).