Farg’ona vodiysi va Buxoro viloyatlari tuproqlarida tuzlarning yuqori me’yoriy miqdori (0,75-1,0 % gacha) bu viloyatlar tuproqlardagi tuzlar tarkibida sulfat tuzlarining o’simliklar uchun kam zararli tuzlarning ko’p bo’lishi bilan, xloрНing yuqori me’yoriy miqdorining Xorazm va Qoraqalpog’iston rayonlarida ko’p bo’lishi esa (0,03-0,04 % gacha) bu rayonlarlar tuproqlari va grunt suvlarida tuzlarning toksik (zaharli) ta’sirini susaytiruvchi kaltsiy kationining ko’p miqdorda bo’lishi bilan bog’liq.
11.3. SHo’rlangan tuproqlarni, sho’rhoklarni va sho’rtoblarni melioratsiya qilish. Sug’oriladigan tuproqlarning ikkilamchi sho’rlanishi va uning oldini olish
Qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish bo’yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho’rlanishiga va botqoqlanishiga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir. SHo’rlanish va sho’rhoklanish jarayonlarning oldini olishda avvalo shu hodisalarni keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:
suv isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlariga qo’shilib ularning sathini ko’tarilishiga sabab bo’ladi);
tuproq namligining bug’lanishini har taraflama kamaytirish;
yuza joylashgan sho’r yoki chuchuk sizot suvlari sathini pasaytirish.
Tuproq yumshoq va mayda donador holatda bo’lsa, undan namlik kamroq bug’lanadi, ekinlarning tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beriladi. Bunday natijalarga erishish uchun ixota o’rmon polosalarini o’tkazish, g’o’za-bedani almashlab ekish, ekin ekishning ratsional agrotexnikasidan foydalanish zarur. SHunday qilib, tuproq holatini yaxshilash uchun odatda bitta tadbirdan emas, balki kompleks meliorativ tadbirlar tizimidan foydalanish lozim. Har bir hudud uchun qo’llaniladigan tadbirlar tizimi shu yeрНing tabiiy va xo’jalik sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Ko’riladigan barcha tadbirlar ma’lum tartibda, o’z vaqtida va yuqori sifatli qilib amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir (Kamilov, 1985).
Zarur meliorativ tadbirlarni aniqlashda yerdan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Sug’oriladigan hududda yerdan foydalanish koeffitsenti (EFK) sug’oriladigan maydonning shu xo’jalik umumiy maydoniga bo’lgan nisbatini bildiradi. Masalan, xo’jalikning umumiy yer maydoni 3500 ga, sug’oriladigan maydoni 2600 ga desak,
2600
EFK = = 0,74 % ga teng bo’ladi.
3500
EFK qiymati turli hududlarning tabiiy va xo’jalik sharoitlariga qarab har xil: 0,3-0,4 dan 0,6-0,85 gacha va undan ham katta bo’ladi.
Sug’oriladigan yerlar orasida sug’orilmaydigan yerlar bo’ladi. SHu sug’orilmaydigan yerlarga sug’oriladigan yerlardan sizot suvlari oqib boradi. SHuningdek, sho’r yuvish jarayonida ham sug’oriladigan yerlarning sho’rini ketkizish ancha oson bo’ladi. Bu yerlar sho’rlanishga uncha moyil bo’lmaydi.
Erdan foydalanish koeffitsiyenti qancha katta bo’lsa, sizot suv oqimi ham shuncha kam - demak, sho’rlanishning oldini olish bo’yicha qilinadigan tadbirlar (suv-xo’jalik, agromeliorativ) ning zarurati ham katta bo’ladi.
Sizot suvlari oqimi kuchsiz bo’lgan tumanlarda zovur qazimasdan sug’orish maydonlarini kengaytirish sizot suvlari sathini ko’tarilishiga, bu esa o’z navbatida yerlarning sho’rlanishiga sabab bo’ladi.