Tuproqni yuvishga tayyorlash. Suvni oz sarflab ko’p tuzlarni yuvib yuborish uchun qator agrotexnik shartlarga rioya qilish zarur. SHo’r yuvishdan oldin dalani yaxshilab tekislab chiqish eng muhim shartlardan hisoblanadi. Agar sho’ri yuviladigan dalaning yuzi notekis bo’lsa, u yeрНi tekis va yetarlicha sho’rsizlantirib bo’lmaydi. SHaroitga qarab sho’r yuvish natijalari turlicha bo’ladi. Turlicha asosiy ishlov berishlar bilan birgalikda sho’r yuvish samaraliligi sho’r yuvish muddatiga bog’liqdir.
EрНing sho’ri kechiktirib yuvilganda (fevral-mart oylarida) kuzgi shudgorlash o’zining samaradorligini ancha yo’qotadi. Bu holda paxta hosili ham shudgorlashgacha yuvilgandagiga qaraganda kam bo’ladi. Ikkinchi holda sho’r yuvish oldidan dalani g’o’zapoyadan tozalab olinadi, ham tuproq chizel bilan yumshatiladi.
Paxta bir-necha marta terilgandan keyin tuproqning 20 oktyabr-
1-20 noyabrgacha bo’lgan muddatlarda sho’ri yuviladi. SHo’r yuvish uchun eski egatlar orqali suv quyiladi, suv sug’orilayotgan uchastkadan boshqa yoqqa tashlab qo’yilmaydi va mavjud sug’orish tarmoqlari (o’q ariqlar, muvaqqat ariqlar)dan bug’ot sifatida foydalaniladi. Demak, ekish oldidan sho’ri yuviladigan yeрНing iqlim sharoitiga va tuproq meliorativ xususiyatlariga qarab undagi tuzlar turi va miqdoriga qarab ishlov berish va sho’rini yuvish lozim.
SHo’r yuvish muddati va usullari. Sizot suv sathi juda chuqur joylashgan paytda sho’r yuvish eng ma’qul davr hisoblanadi. Bunda suv oz sarf qilingani holda tuproq tuzlardan yaxshiroq tozalanadi va ekish vaqtiga kelib yanada sho’rsizlanadi.
Sug’oriladigan yerlarda sho’r yuvish uchun eng yaxshi vaqt oktyabr, noyabr va dekabr oylaridir. Qishda sho’r yuvish ancha qiyinlashadi, (ayniqsa tuproq natriy sulfat tuzlariga boy bo’lsa) ko’pchilik rayonlarda esa bahorda sho’r yuvishning foydasi kam. yetarlicha zovurlashtirilmagan va sizot suv sathi yuza joylashgan yerlar kechiktirib yuvilganda tuproq tuzlardan chuqurroq tozalanmaydi, yuvish ta’sirida ko’tarilgan suv sathi pasayishiga ulgurmaydi, oqibatda tuproqning ustki gorizonti sezilarli darajada qaytadan sho’rlana boshlaydi. Tuproqqa ishlov berish sifati yomonlashadi, natijada ekin siyrak bo’lib qoladi, yomon o’sadi, kechikib rivojlanadi, olinadigan hosil kamayadi. SHunday qilib, sho’r yuvish kechiktirilgani sari va u bahorga qoldirilganida sho’r yuvish samarasi kamaya boradi (Axmedov va b., 2002).
SHo’r yuvishda asosan tuproqqa suv bostirib yuvish usuli har taraflama qo’llaniladigan usul bo’lib qoldi. Bunday usul bilan sho’r yuvishda uchastka muvaqqat ariqlar yordamida chek(pol)larga bo’lib chiqiladi. Jo’yaklarga suv muvaqqat ariqlardan beriladi. SHo’ri yuviladigan pollar turlicha kattalikda bo’lishi mumkin. Dalaning yuzi qanchalik yaxshi tekislangan, nishabi qanchalik kichik, suv singdiruvchanligi qanchalik katta, pol maydoni kichik va suv singdiruvchanligi oz bo’lsa, pol maydoni ham shuncha katta bo’lishi mumkin.