Тупроқшунослик асослари


Tuproqdagi tuzlarning tuproq xossalari, o’simliklar o’sishi va hosildorligiga ta’siri



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə77/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

11.2 Tuproqdagi tuzlarning tuproq xossalari, o’simliklar o’sishi va hosildorligiga ta’siri
Ma’lumki, tuproq unumdorligini pasaytiruvchi salbiy omillardan biri – bu sho’rlanish jarayoni hisoblanadi. Olib borilgan ko’p sonli tajribalar natijasiga ko’ra, hatto kam sho’rlangan yerlarda ham asosiy qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining sezilarli darajada kamayishi kuzatilgan. Bu jarayonning jadallashib davom etishi yerlarni qishloq xo’jalik ekinlari uchun yaroqsiz holga olib kelishi mumkin. Aynan mana shu mvammoni o’rganish ko’pchilik tadqiqotchilarning e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda.
Tuzlarning o’simliklarga ko’rsatadigan ta’siri ko’pgina tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan. Ma’lumki, tuproqdagi tuzlarning o’simliklarga bo’lgan zararlilik darajasi har xil bo’lib, ular uchun eng zararlisi va xavfligi soda (Na2CO3) hisoblanadi. Soda suvda erib natriy ishqorini (NaOH) hosil qiladi va bu tuz o’simliklarga zaharli ta’sir etadi. U ildizlarni kesib, ularni qoraytirib, nobud qiladi. Xlor tuzlari ham juda zararli, sulfat tuzlari esa nisbatan kamroq zararli hisoblanadi. Qiyin eruvchi tuzlar (SaSO4, CaCO3) ning yuqori miqdorlari ham o’simliklar uchun zararsiz. SHo’rlangan tuproqlarda natriy va magniyning oson eruvchi tuzlari ko’proq uchraydi. Ularning qiyosiy zararliligini quyidagi raqamlar nisbati bilan joylashtirish (belgilash) mumkin (Axmedov va b., 2002):



Tuzlar

Na2CO3

NaCl

MgSO4

NaHCO3

Na2SO4

Zararlilik darajasi

10

5-6

3-5

3

1



Tadqiqotlar natijalari tuzlarning o’simliklarga ko’rsatadigan salbiy ta’siri sulfat-xloridli tipdagi sho’rlangan tuproqlarda xlorid-sulfatli sho’rlanishga qaraganda birmuncha ko’proq ekanligini ko’rsatadi. Xloridli sho’rlanishda esa sulfatli sho’rlanishga nisbatan juda yuqoriligi isbotlangan.
Tuzlarning suvda erish jarayoni qattiq modda yuzasiga ikki qutbli (dipol) suvning ta’sir etishdan boshlanadi. Agar suvninng dipol (ikki qutblilik) vaqti atomlar, ionlar va molekulalarning ushlab turuvchi kristal reshetkasidan yuqori bo’lsa, u holda ular qattiq moddadan ajralib eritmaga o’tadi. Tuzlarning eruvchanligi ularning suvda erigan modda va gazlarning tabiatiga, haroratiga va bosimiga bog’liq bo’ladi.
Suvda xloridlar ko’proq (yaxshiroq) erisa sulfatlardan MgSO4 tuzi yaxshi eriydi, Na2SO4 va K2SO4 tuzlari kamroq, CaSO4∙2H2O (gips) juda yomon eriydi. Haroratning ortishi bilan bir qator tuzlarning eruvchanligi (MgCl2, CaCl2, MgSO4, Na2SO4) ortadi, gipsning eruvchanligi haroratga deyarli bog’liq bo’lmaydi. Na2SO4 tuzining eruvchanligi 00 dan 100 gacha haroratda past, 300gacha ortganda kam hollarda eruvchanligi ortadi. Keyinchalik esa butunlay o’zgarmaydi. Tuzlarning suvda eruvchanligi СО2 miqdoriga ham bog’liq. Agar tuproq havosida 0,2% СО2 bo’lsa SaSO3 ni eruvchanligi odatdagi (SO3 - 0,03%) ga nisbatan 15 marta ortadi. Bir qancha tuzlar ishtirokida tuzlarning eruvchanligining kamayishi kuzatilgan. Tuproq eritmasida NaCl ning yuqori miqdori qayd etilganda gipsning eruvchanligi keskin ortadi va u kapillyar suvlar orqali yuqoriga ko’tarilib, natijada tuproqning ustki qatlamida gipsning to’planishi sodir bo’ladi. MgCl2 tuzining eruvchanligi CaCl2 ishtirokida keskin kamayadi. Huddi shunday holatni CaSO4 tuzining Na2NO4 va MgSO4 ishtirokida kuzatish mumkin. СaSO3 ning eruvchanligi NaCl ishtirokida tahminan 22 martaga, Na2SO4 ning ishtirokida esa 50 martaga ortadi. MgCO3 ning eruvchanligi NaCl ishtirokida 4 marta, Na2SO4 ishtirokida esa 5 marta ortadi (Gafurova va b., 2003).
Eritmaning ma’lum bir kontsentratsiyasida tuzlar kristall modda shaklida cho’kmaga tushadi. Tuzlarning cho’kmaga tushishi boshlangan kontsentratsiya ko’rsatkichi haroratga, bosimga va boshqa tuz va gazlarning ishtirok etishiga bog’liq bo’ladi. Ko’p komponentli eritmalardan tuzlarning cho’kmaga tushish (ketma-ketligi) ularning erish darajasiga bog’liq. Kuchsiz eriydigan tuzlar pastroq, yaxshi eriydigan tuzlar esa yuqori kontsentratsiyada cho’kmaga tusha boshlaydi. Tuzlarning cho’kmaga tushishining umumiy qonuniyatlari quyidagi qatorlar bilan ifodalanadi, ya’ni kationlar quyidagi tartib bo’yicha cho’kmaga tushadilar:


С u - Fe - Ca - Mg, Ca - Mg - K, Na - K - Mg


CO3 SO4 Cl


anionlar esa: CO3 - SO4 - Cl.
Tuzlarning eruvchanligiga va ularning eritmadan cho’kmaga tushishi suv ushlovchi gruntlar va tuproqlarning xossalariga, jumladan, mexanik tarkibi, suv xossalari, singdirilgan asoslar tarkibi, рН, СО2 karbonatlar va boshqalarga katta ta’sir ko’rsatadi. SHuningdek, u o’simliklardagi qator biokimyoviy va fiziologik funktsiyalari, ularning suv va oziqlanish rejimlari va ildiz sistemalari holatini buzilishiga olib keladi. Tuzlar ta’sirida fotosintez jarayonlari jadalligi, o’simliklarning nafas olishi pasayadi, modda almashinishi susayadi, organik moddalarning to’planishi kamayadi. Tuzlarning o’simliklarga zararli ta’siri urug’ chigit unib chiqish fazasidan ko’rina boshlaydi. Tuproq sho’rlanganligi yuqori darajada bo’lganda urug’lar unib chiqishi ancha davrga kechikadi. Urug’ yaxshi o’sishi zarur bo’lgan namlikni o’zlashtira olmaydi. SHu bois urug’larning unib chiqish energiyasi kamayadi yoki urug’ butunlay unib o’smaydi. Natijada ekinlarning yakka-dukka o’sib chiqishi kuzatiladi, o’simliklarning gektar hisobidagi soni kamayadi, tuproq yuzasida sho’r dog’lar paydo bo’ladi, o’simliklarning nobud bo’lishi kuzatiladi.
Tuproq sho’rlanishi qishloq xo’jalik ekinlarining ildizlariga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tuz zaxiralarining katta miqdori ildizlarning pastki qatlamlarga o’tishini kechiktiradi.
SHo’rlangan tuproqlarda o’simliklar tomonidan suv o’zlashtirilishi sekinlashadi va transpiratsiyaga sarf qiladigan suvning miqdori kamayadi. Tuproqdan o’simliklarga suv oziqa moddalari bilan ularning ildiz va barglarining so’rish kuchi ta’siri ostida o’tiladi. So’rish kuchi o’simliklarning hujayra shirasi so’rish bosimi tufayli sodir bo’lib, u o’simliklarda bir xil emas. Masalan, bir qator sabzavot va poliz ekinlari uchun, jumladan bodringlarda so’rish kuchi bor-yo’g’i 2-5 atm., sho’rlanmagan tuproqlardagi g’o’za 10-15 atm., sho’rlangan tuproqlardagi 15-25 atm. Tuproqlarda yana suv ushlab turuvchi kuchlar mavjud bo’lib, bu kuchlar katta oraliqda o’zgarib turadi. U tuproqda qancha tuz ko’p bo’lsa, nam kam bo’lsa, shuncha katta bo’ladi. SHo’rlanmagan tuproqlarda namlik 9,4 % bo’lsa, bu kuch 20 atm. ni va kuchsiz sho’rlangan tuproqlarda 35 atm. ni va kuchli sho’rlangan tuproqlarda 143 atm. ni tashkil etadi.
Tuproqning suv ushlab turuvchi kuchi va o’simliklarning so’rish kuchi ko’rsatkichlarining nisbati o’simliklarning suv bilan ta’minlanishini aniqlaydi. Agar tuzli eritma kontsentratsiyasi va tuproq eritmasining so’rish bosimi yuqori bo’lsa o’simliklar suvni o’zlashtira olmaydi yoki juda oz miqdorda o’zlashtiradi. Bunday hollarda tuproqda namlikning bo’lishiga qaramay o’simliklarning nobud bo’lishi (nimjon o’sishi), ularning o’sish va rivojlanishini susaytiruvchi “fiziologik quruqlik” sodir bo’ladi.
SHo’rlangan tuproqlarda mineral oziqlanishning buzilishi sodir bo’ladi. Bu holat o’simliklarning qator muhim oziqa elementlarining yetarli darajada o’zlashtira olmasliklari (kaltsiy, fosfor, marganets, temir) va aksincha zararli elementlarning (xlor, natriy, magniy) ko’plab o’zlashtirilishi bilan ifodalanadi. Kuchli sho’rlangan tuproqlardagi o’simliklarda xlor miqdori me’yoridan 3-4 marta, natriy 5-10 marta ortib ketishi mumkin. O’simliklarda tuzlarning katta miqdorda to’planishi, ularni tuzlar bilan zaharlanishiga olib keladi.
Tuproqdagi tuzlarning yuqori kontsentratsiyasidan o’simliklarning zaharlanishi asta-sekin ortib boradi, barglarning so’lishi va nihoyat qurishi boshlanadi. Ko’p holatlarda barglari sarg’ayadi, ularda tuzli dog’lar paydo bo’ladi. Bunday barglar keyinchalik to’kilib ketadi. Ayrim hollarda o’simliklarning jabrlanishi (zaharlanishi) tuzlarning bevosita emas, balki bilvosita ta’siri ostida tuproq fizikaviy xossalarining yomonlashuviga va tuproq eritmasidagi ishqoriylikning ortib ketishiga sabab bo’luvchi tuproqning singdirish kompleksidagi singdirilgan natriydan hosil bo’lgan soda hisobiga sodir bo’lishi mumkin.
Tuzlarni o’simliklarning biokimyoviy va fiziologik jarayonlariga hamda tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga ko’rsatadigan zararli ta’siri, oxir oqibatda o’simliklarning yomon o’sishi, ularning rivojlanish fazalarining kechikishi, unumdorlikning pasayishi va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining kamayishini belgilaydi.
Ma’lumki, kuchsiz sho’rlangan tuproqlarda paxta hosildorligi sho’rlanmagan tuproqlarga qaraganda 10-15, o’rtacha sho’rlangan tuproqlarda 30-35, kuchli sho’rlangan tuproqlarda 60-65 % ga va undan ham ortiq kamayadi.
SHo’rlangan tuproqlar ekinlar hosildorligining nafaqat miqdoriga, balki sifatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Tuproqning sho’rlanish darajasini ortib borishi bilan o’simliklar sifati yomonlashib boradi. Jumladan, paxtaning tola uzunligi kamayadi, bir tekislik darajasi yomonlashadi va tolaning mustahkamligi (qattiqligi) pasayadi. SHo’rlangan tuproqlar kartoshka mevasi sifatini ham yomonlashtiradi. Lekin shular bilan bir qatorda, ayrim o’simliklarda tuproq sho’rlanishining kamroq miqdori mahsulotlar sifatini yaxshilaydi. Masalan, qovunlarda qand moddasi, g’alla ekinlarida oqsil moddasi ortadi, qand lavlagi, uzum mevalarida qand miqdori ko’payadi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin