Тупроқшунослик асослари


Bo’z tuproqlar klassifikatsiyasi. Bo’z tuproqlarning hossalari va xususiyatlari



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə86/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

11.2.Bo’z tuproqlar klassifikatsiyasi. Bo’z tuproqlarning hossalari va xususiyatlari.
YUqorida ko’rsatilgan diagnostik belgilar bo’z tuproqlarga mansub bo’lib, faqat ularning tipchalarida miqdori xususiyatlari va hossalari kamayadi yoki ko’payadi. SHuning uchun bo’z tuproqlarning diagnostik belgilarini bir-biridan ajratishda hamda ularning orasida tipchalarini bo’lishida sho’rlanish va eroziyaga chalinish jarayonlarini ham inobatga olish maqsadga muovfiq bo’ladi.
Bo’z tuproqlar o’zlarining diagnosti ko’rsatkichlariga , begilariga alomatlariga qarab 3 ta tuproq tipchasiga bo’linadi:

  1. Och bo’z tuproqlar,

  2. Oddiy bo’z tuproqlar,

  3. To’q bo’z tuproqlar.

Och bo’z tuproqlar zonaning ancha quruq mintaqasida tarqalgan tipcha bo’lib, bo’z tuproqlar zonasining cho’l zonasi bilan tutushgan quyi qismida odatda dngiz satxidan 300-400 dan 500-600 m gacha bo’lgan balandlikda joylashgan.
Oddiy bo’z tuproqlar 450-700 m balandlikda, to’q bo’z tuproqlar esa 600-900 m balandliklarda yoki tog’li jigarrang tuproqlar bilan chegaralangan joylarda uchraydi.
Och bo’z tuproqlarning kesmasini tuzilishi quyidagidan iborat kesma №71005, N.I.Kimberg. o’rta qumoqli lyosslar rivojlangan. Qarshi shahridan 25 km sharqda Hisor tog’ tizmasining tog’ oldi adir tekisliklarida keng rivojlangan. O’simliklari asoan efimerlardan iborat.
A1 – 0-5 sm, chimli, och tusli bo’z kesakli, strukturali, o’rta qumoqli.
A2 – 5-16 sm, bo’z kulrang, och tusli, yuqoridagi gorizontga nisbatan biroz ochiq rangli, zichlangan, o’rta qumoqli, juda ko’p o’simliklarning ildizlari bilan qoplangan.
V1 – 16-55 sm, bo’z qo’ng’ir, zichlanmagan, o’rta qumoqli, kam karbonatli. Karbonatlar mvayda dog’lar shaklida uchraydi.
V2 – 55-87 sm, och tusli, qo’ng’ir, juda mayin g’ovakli, changli yengil qumoqli, lyoss. 165 sm chuqurlikda qattiq jipslashgan gips dog’lari uchraydi.
Och bo’z tuproqlar gumusning kamligi sabali uning morfologik genetik gorizontlari uncha yoriq ifodalanmagan. Xlorid kislota ta’sirida hamma gorizontlar shiddatli qaynaydi. Xashoratlar va turli jonivorlar inlarining bo’lishi rivojlanishi va tarqalishi bu tuproqlar uchun xarakterlidir.
Oddiy bo’z tuproqlar O’zbekistonning tog’li hududlarida 300-500 m dengiz satxidan balandliklarda rivojlangan. O’simliklari efimerlar va efimeriodlardan iborat. Bu tuproqlarning kesmasining tuzilishi quyidagicha: A1 – A2 – V1 – V2 – V3 – S.
A1 – zichlangan, chimli, och tusli, kulrang, kam kesakli, qalinligi 7-8 sm.
A2 – qalinligi 10-12 sm, och tusli, kulrang, o’simlik ildizlari bilan qoplangan, mayin kam kesakli, quruq.
V1 – 10-12 sm och tusli, qo’ng’ir, kam qattiqlangan, chkvalchanglar izlari ko’p, karbonat dog’lari mavjud bo’lib, ko’p kesakli.
V2 – 10-15 sm och tusli, mayin karbonatli, 70-85 sm chuhurlida ona jinsi lyosslar joylashgan.
YUqorida ko’rsatilgan morfologik belgilar tuzilishi sho’rlanmagan oddiy bo’z tuproqlarga moyildir. Ushbu tuproq tipchasining pastki 120-150 sm chuqurlikda gipsli sho’rlangan qatlam uchraydi. Agarda oddiy bo’z tuproqlar qattiq tog’ jinslarida rivojlangan bo’lsa, ularning kesmasidagi gorizontlarning qalinligi kamayadi. Karbonat qatlamchalarining qalinligi ham qisqaradi. Bu xildagi morfologik tuzilish ularning rangini hamda karbonatlarning miqdorining pasayishini ko’rsatadi. SHunday qilib oddiy bo’z tuproqlar o’ziga xos morfologik va genetik tuzilishga egadir.
To’q bo’z tuproqlar tipchasi baland tog’ oldi adirlarida tarqalgan zonasi bilan chegaradoshdir. To’q bo’z tuproqlar o’zlarining bioiqlim va gidroiqlim sharoitlari bilan oddiy bo’z tuproqlar bilan aniqlashsa ham ayrim o’zgarishlari va belgilari bilan farq qiladi. Masalan: sovuq davрНing ko’pligi, yog’in miqdoрНing 2-3 barobar ortiqligi, baland hududlarda joylashganligi (1200-1500 m) hamda tuproq paydo bo’lish ona jinslari ellyuvial va delyuvial jinslaridan tashkil topishi ularning mustaqil tuproq tipchasi ekanligini ko’rsatadi. Tuproq paydo bo’lish tog’ jinslaridan oxaktoshlar, dolomitlar, loyli slantslar, qumli toshlar va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
O’simliklarni ko’p yillik o’tlardan, hamda efimerlardan, butazorlardan, bodom va ayrim joylarda archalardan tashkil topgan.
Oddiy bo’z tuproqlar kesmasining tuzilishiga o’xshash ya’ni A1-A2-V1-V2-V3-S.
A1 – 0,5 sm to’q bo’z tusli, qoramtir, og’ir qumoqli, o’simlik ildizlari bilan qalin qoplangan.
A2 – 5-15 sm to’q tusli, zichlangan, kam kesakli, og’ir qumoqli.
V1 – 15-32 sm to’q tusli, qo’ng’ir, o’simlik ildizlari bilan qoplangan.
V2 – 32-60 sm bo’z rangli, qo’ng’ir o’simlik ildizlari bilan qoplangan, yong’oqsimon va kesakli strukturaga ega, ayrim joylarda karbonatlar dog’i uchraydi.
V3 – 60-90 sm bo’z tusli, kulrang, karbonatli.
S – 90-154 sm bo’z, kulrang qumoqli, juda ko’p karbonatli, bir xil lyossli qumoqlarda rivojlangan, strukturasiz, kichik g’ovakli.
Bo’z tuproqlarning belgilari, mexanik tarkibi, tuz tarkibi, karbonat va gips miqdori, singdirish kationlarning tarkibi, gumus va azot miqdori, gumusdagi gurux va fraktsiyalarning tarkibi, R va K miqdori, mineralogik tarkibi, suv ko’rsatkichlari keltirilgan (B.V.Gorbunov., J.Ikromov., D.R.Ismatov va boshqalarning ma’lumotlari bo’yicha, 1974).
Tuproq unumdorligini oshirish, uning evolyutsion rivojlanishini genetik jihatdan baholashda agrofizikaviy xossalarni bilish mudim ahamiyat kasb etadi. Bu urinda birinchi bo’lib, yana bir tuproqlarning mexanik tarkibi, uni tashkil qiluvchi birlamchi va ikkilamchi minerallarning fizikaviy xususiyatlarini yaxshi baholovchi solishtirma massasi tug’risida fikr yuritish lozim.16
Bo’z tuproqlarning tarkibidagi gumus miqdori 1-4%, 2 m chuqurligidagi zaxirasi 5-150 t/ga. Mexanik tarkibi o’rta va og’ir qumoqli. SHo’rlanish va sho’rxoqlanish jarayonlari kuzatilmaydi. Ayrim tuproq kesmasini 130-200 sm chuqurligida gips qatlamining rivojlanishiga ko’ra, bu tuproqlarda quruq qoldiq va Sa SO4 miqdorlari ko’payadi, 65018 kesma. Qolgan tuzlarning yig’ilishi yoki to’planishi bo’z tuproqlar kesmasini gorizontlarida deyarli sezilarli darajada emas.
Bo’z tuproqlar karbonatli. Karbonatlarning miqdori 2-10%. Ularning miqdorlari och bo’z tuproqlarda maksimum darajada tuplanib, to’q bo’z tuproq tipchasida kamayadi.
Singdirish kationlarning miqdori 7-14 mg.ekv 100g tuproqda. Gumus gorizontida singdirish kationlarning miqdori 8-14 mg.ekv 100 g tuproqda bo’lib, ularning ko’rsatkichlari tuproq kesmasining o’rta va pastki gorizontlarida kamayadi. Singdirish kationlarining tarkibida eng ko’p miqdorini kaltsiy (70-85%), keyin magniy (6-30%) egallab, natriy va kaliy kationlarining ko’rsatkichlari 2-10% tashkil qiladi.
Bo’z tuproqlarda gumus miqdori 1-4 % bo’lib, ularning ko’rsatkichlari turli tuproq tipchalarida xar xil. Azotning eng ko’p miqdori ham gumus gorizontida to’plangan (0,103 – 0,256%). S:N nisbati 5-8. Gumus tarkibidagi gumin kislotalarning ko’rsatkichlari biroz ko’proq (29-39%), fulvokislotalarning miqdori esa kamroq (22-28 %) bo’lib, bo’z tuproqlarga fulvotli-guminli tarkib xarakterlidir. Gumin kislotalarning tarkibida asosan II va III gurux fraktsiyalari egallasa (12-18%), fulvokislotalar tarkibida I va II gurux fraktsiyalari 6-13 % tashkil qiladi, Sgk : Sfk nisbatan 0,8 – 1,3 (gumus gorizontida). Gumin kislotalarning miqdori ko’p bo’lganligi sababli, ular bo’z tuproqlarning gumusli va o’tovchi gorizontlarining rangini bo’zsiomn sifatda bo’lishga olib keladi (B.V.Gorbunov., J.Ikromov, J.Ismatov va b.1974) hamda donador strukturani tashkil qilishda ishtirok etadi.
Bo’z tuproqlar fosfor va kaliy elementlariga boy. FosfoрНing eng ko’p miqdori oddiy bo’z tuproqlarning gumusli gorizontida bo’lib, uning miqdori to 0,233 % gacha. FosfoрНing bu darajada to’planishi asosan biologik jarayonlar bilan bog’liqdir. Tuproqlarning pastki gorizontlarida ya’ni lyosslarda biologik jarayonlar deyarli rivojlanmaganligi sababli, fosfoрНing miqdori juda kam (0,10-0,12 %). Bo’z tuproqlarda yalpi fosfoрНing miqdori ancha ko’p bo’lsa ham ularning ko’p qismi kam eruvchan shakllarida bo’lganligiga ko’ra o’simliklar tomonidan nihoyat darajada kam o’zlashtiriladi.
Bo’z tuproqlarning ona jinslari lyosslarda kaliy to’playdigan minerallar-dala shpatlari va slyudalar ko’p bo’lganligi sababli, bu tuproqlarda kaliyning yalpi miqdori juda ko’p 1,7-2,4%, harakatchan shaklli esa to 723 mg/kg qadar yetadi.
Bo’z tuproqlarning yalpi kimyoviy va mineralogik tarkibi deyarli bir xil. Ularning tarkibida asosan kvarts, dala shpati hamda kaolinit, xlorit va boshqa minerallar uchraydi.
Bo’z tuproqlar yaxshi mikroagregatlik qobilyatiga, suv-fizikaviy hossalari yaxshi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin