Тупроқшунослик асослари


Bo’z tuproqlarning qishloq xo’jaligida foydalanilishi



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə87/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

12.3.Bo’z tuproqlarning qishloq xo’jaligida foydalanilishi.
A.Middendorf o’zining 1882 yilda chop etilgan “Farg’ona vodiysi xissalari” kitobining 4-betida quyidagilarni yozgan g’ “Qora tuproqlar va bo’z tuproqlar o’zlarining unumdorligi bo’yicha teng raqobatli tuproqlardan hisoblangan bo’lib, o’zlarning tashqi qiyofasiga hamda boshqa hossalariga qaraganda bir-biridan katta farq qilib, qorong’u va kunduzni bildiradi”.
Bo’z tuproqlar qadimiy tarixiy ma’lumotlarga qaraganda Markaziy Osiyo O’rta va YAqin SHarqda ko’p asrlardan beri sug’orish dehqonchilikda foydalanib madaniy dehqonchilikning asosiy yerlaridan hisoblanadi. Botaniklarning tadqiqotlarga qaraganda Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston bug’doy, roj, no’xat va osiyo paxtasining asosiy markazi hisoblanadi. Bu dehqonchilik tog’li hududlarida joylashgan bo’lib, tuproqlarda esa sug’oriladigan bo’z tuproqlardan tashkil topgan.
Atoqli botanik M.G.Popovning (1929) fikriga qaraganda o’rta yer dengizi hududlariga mansub bo’lgan mevalaridan olma, olxo’ri, bodom, anjir, gilos, yong’oq, o’rik va boshqalar ham Markaziy Osiyda juda eski zamonlardan beri madaniylashtirilgan. Bu ishlar haqidagi ma’lumotlar Markaziy Osiyoda taraqqiy etgan. Bakteriya, Movarounnaxr, sug’diyona va boshqa davlatlarning qadimiy kitoblarida saqlanib qolgan. SHunday qilib bo’z tuproqlar zonasi inson tsivilizatsiyasida dunyo tarixida sug’orish dehqonchiligi sohasida o’zining xissasini qo’shib qishloq xo’jaligi uchun tabiiy tuproqlarning eng avval o’zlashtirilishi va samarali foydalanishi bilan ajralib turadi. SHu tufayli O’zbekistonda bo’z tuproqlar qishloq xo’jaligini rivojlantirishda va sug’orish dehqonchiligini yanada yuqori darajada boshqarish taraqqiy etishda va turli madaniy o’simliklarning yetishtirishda muhim rol o’ynaydi.
Hozirgi davrda bo’z tuproqlarda paxtachilikdan tashqari g’allachilik yetishtirish ishlari ham keng rivojlanib bormoqda. Bu yo’nalishlar mamlakatimizning qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi. Undan tashqari bo’z tuproqlar hududlarida bog’dorchilik, uzumchilik, polizchilik va lalmikorlik ham riojlangan.
Bo’z tuproqlarning salbiy agronomik xususiyati ularning kam gumumsligi va shunga ko’ra azotning ham uncha ko’p bo’lmasligi. Bu tuproqlarning genetik hossalariga qarab yerga o’g’it solish, sug’orish, ushningdek almashlab ekishni joriy qilish ishlari ekinlarning hosilini ko’paytirishga olib keladi. Bo’z tuproqlar sug’organdan keyin yuqori biologik aktivlikka ega bo’ladi.

Nazorat savollari:



  1. Bo’z tuproqlar asosan qaerlarda tarqalgan?

  2. Bo’z tuproqlarning asosiy xossalari?

  3. Tipik bo’z tuproqlarining agrokimyoviy xossalari?

  4. To’q tusli bo’z tuproqlar kimyoviy xossalari?




Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin