66
Urgichli otish mexanizmi.
O‘qotar qurolning urgichli otish
mexanizmi — bu o‘qotar qurolning barcha — tepki zarbasini patron
kapsyuliga uzatuvchi qism va elementlari qurol zatvorida yoki zatvor
qutisida joylashgan hamda zatvor yoki zatvor qutisi bilan birga harakat
qiladigan otish mexanizmi. Bunday mexanizm sirg‘aluvchi zatvorli
to‘pponchalar va vintovkalarda ishlatiladi. Patron kapsyuli bevosita
jangovar prujinadan energiya oladi va stvol kanali o‘qi bo‘yicha kiruvchi
harakat qiluvchi urgich boyogi bilan uriladi. Bu tipdagi otish
mexanizmlari barcha kalibrdagi avtomatik to‘pponchalarda ishlatiladi
(6,35
mm
kalibrli Korovin konstruksiyali to‘pponcha, 1910-yil namunali
7,65
mm
kalibrli Browning va 1925-yil namunali 8
mm
kalibrli Nambu
to‘pponchalari va hokazo) (18–rasm).
Tepkili–urgichli otish mexanizmi.
Patron kapsyuli tepkidan harakat oladigan urgich boyogi bilan urib
buziladi (19–rasm). Tepkilari ochiq (tashqi) va yopiq (ichki)
joylashishgan tepkili-urgichli otish mexanizmlari bo‘ladi. Bunday
mexanizmlar barcha ov miltiqlarida va barcha kalibrdagi
to‘pponchalarda uchraydi (1924-yil namunali 6,35
mm
kalibrli «Astra»
to‘pponchasi).
18- rasm.
Dostları ilə paylaş: