59
qismlar yig‘indisi. Ko‘plab rusumdagi o‘qotar qurollarda
yopish
mexanizmining asosiy qismi bo‘lib, uning tuzilishini tashkil etuvchi
zatvor
, revolverlarda esa baraban kamorasini berkitib turuvchi asos
qalqonchasi hisoblanadi. Ko‘plab rusumdagi ov
miltiqlarida esa
stvolning patrondoni miltiq kolodkasining qalqonchasi bilan yopiladi.
Zatvor stvol kanalini yopishdan tashqari yana patrondonga patron
jo‘natish, gilzalarni chiqarib tashlash va tepkini jangovar holatga qo‘yish
uchun ham xizmat qiladi. Zatvorda, odatda, uruvchi mexanizm, otilgan
gilzalarni patrondondan oluvchi va tashqariga chiqarish mexanizmlari
joylashadi. Ko‘pgina qurollarda sirg‘aluvchi zatvorlar, ya’ni stvol kanali
o‘qi bo‘ylab qaytuvchi–tushuvchi harakat
qila oluvchi zatvorlar
ishlatiladi. Tuzilishi jihatdan zatvorlar kojux bilan bir butunni tashkil
etishi (ozod zatvor), kojux bilan mahkam birlashishi va ilmoqcha
yordamida mahkamlanishi, kojux bilan
turli qirralar yordamida
mahkamlanishi mumkin va hokazolar. Zatvorlarning turlari va ularning
stvollar bilan (yopish uchun) birlashishi hamda ajralish usuliga ko‘ra
avtomatik qurollarning stvollarini yopishga mG‘ljallangan zatvorlar
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— ozod (inersion) zatvor;
— harakatlanuvchi yopish ilmog‘i (tik yoki
yotiq tekislikda
aylanadi);
— sharnir–richagli birikmalar;
— stvollarning o‘z o‘qi atrofida aylanishi;
— zatvor yoki jangovar lichinaning buralishi;
— zatvorning qiyshayishi.
Ozod (inersion) zatvor.
Stvol kanalining yopilishi stvol
bilan birorta
moslama yordamida kirishib mahkamlanmaydigan, balki stvolning orqa
qismiga qaytaruvchi prujina
orqali mahkam yopishuvchi, anchagina og‘ir
zatvorning (kojux–zatvorning) inersiyasiga asoslangan (9–rasm).
Bunday zatvorlarda stvol kanalining yopilishi unchalik ishonchli
emas, chunki yopilish zatvorning og‘irligi va qaytaruvchi prujinaga
bog‘liqdir. Shuning uchun bunday tizimdagi zatvorlar kam quvvatli
patronlarga mG‘ljallangan qurollar (6,35 va 7,65
mm
kalibrli) va ba’zi
bir katta kalibrli to‘pponchalar uchun ishlatiladi.
Bu tipdagi yopish
mexanizmlari stvol kanalini yopishdagi boshqa qismlar bilan birlashish
usuliga bog‘liq ravishda quyidagilarga ajraladi: