53
Stvolning patrondon, o‘q kirish joyi va narezli yoki silliq
qismlaridan
iborat ichki qismi
stvol kanali
deb ataladi. Stvol kanalining
markazidan o‘tuvchi chiziq
stvol kanalining o‘qi
deb ataladi. Stvolning
oldi qismi
stvol og‘zi kesimi
bilan boshlanadi va shunday deb ataladi.
Stvolning orqa tarafi (patrondon tomoni) stvolning orqa qismi deyiladi
va
stvolning orqa kesimi
bilan tugaydi. Turlicha rusum va namunadagi
o‘qotar qurollarning kalibrlari — stvol kanalining diametri bilan farq
qiladi (6-rasm).
Narezli qurollarda kalibr
— narezlarning o‘zaro qarama-qarshi
joylashgan maydonlari orasidagi masofa bilan o‘lchanadi va Yevropada
millimetrlarda, AQSH da esa dyumning yuzdan bir bo‘laklarida (1 dyum
= 2,54
sm =
25,4
mm
), Buyuk Britaniyada dyumning mingdan bir
bo‘laklarida o‘lchanadi. Masalan 5,6
mm
kalibr AQSH da 22 va
Angliyada. 220 kalibrga, 11,43
mm
kalibr esa 45 va 450 kalibrga mos
keladi (1-jadval).
1-jadval.
Narezli qurol kalibrining qiymatlari
1
Kalibr (mm da)
Kalibr (dyumning
yuzdan bir qismlarida)
Kalibr (dyumning mingdan
bir qismlarida)
5,6
6,35
7,0
7,62 7,63 7,65
8,0
9,0
9,3
9,5
10,0
11,0
11,43
.22
.25
.28
.30
.32
.35
.38
.38
.38 .40 .41
.44
.45
.220
.250
.280
.300
.320
.350
.380
.380
.380 .400 .410
.440
.450
Kalibrlarning ifodalanishi va ularga mos bo‘ lgan boshqa belgilarni
adabiyotlardan topish mumkin. Ammo shuni
yodda tutish kerakki, ba’zi
bir jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar bir guruh qurollarning nominal
kalibrlari joylashgan
oraliqni bildirishi mumkin, ko‘rsatilgan haqiqiy
1
Qarang:
Автоматические
пистолеты
и
следы
на
их
пулях
и
гильзах
.
Судебно
–
баллистический
справочник
.
Том
1. —
М
., 1972. —
С
. 6.
54
kalibr esa asosan muayyan oraliqda tebranishi mumkin. Bir xil namunali
va tizimdagi qurollar turli kalibrlarda ishlab chiqarilishi mumkin.
Masalan, 5,6
mm
kalibrning nominal qiymati 5,42 dan 5,60
mm
gacha,
11,43
mm
kalibrning nominal qiymati esa 11,26 dan 11,35
mm
gacha
tebranishi mumkin. Narezli qurollardan 5,45; 5,6; 6,35; 7,62; 7,63; 7,65;
9; 11,43
mm
kalibrlilari keng tarqalgan.
Silliq stvolli ov qurolining kalibri
— bir ingliz funtiga (1 ingliz funti
= 458,5
gramm
) teng og‘irlikdagi qo‘rg‘oshindan tayyorlangan, diametri
qurol stvolining ichki diametri bilan bir xil bo‘ lgan dumaloq o‘qlar
soniga teng kattalik. Bu kattalik uzunlik birliklarida ifodalanishi mumkin
(masalan, 12 kalibrli o‘q uchun — 18,4
mm
, 16 kalibrli o‘q uchun esa —
16,8
mm
). Bu kattalikning stvol diametri bilan aloqasi yo‘q. Silliq stvolli
standart o‘qotar qurollar (ov miltiqlari)ning kalibrini qurolning
stvol osti
maydonchasi va kolodkasidagi, shuningdek, dasta (sevyo)dagi maxsus
yozuvlardan bilish mumkin.
Silliq stvolli ov miltiqlarining kalibrini, uning
stvol kanali
diametrini, stvolning orqa qismidan 220
mm
masofadan keyin o‘lchab
ham aniqlash mumkin. Ushbu aniqlangan ichki diametrning qiymatini
maxsus jadvallar bilan solishtiriladi va qurolning kalibri aniqlanadi (2-
jadval).
Dostları ilə paylaş: