50
qurol nusxalari o‘zining barcha qurollarga qo‘yiluvchi umumiy
talablarga mos keluvchi texnik xususiyatlari bilan zavod usulida
yasalgan qurollarga yaqinlashib qoladi. Odatda qo‘lbola usulda yasalgan
qurollarning sifati zavodda yasalgan qurollarga qaraganda ancha past
bo‘ladi. Zavodda yasalgan qurol qo‘yilgan texnik talablarga mos kelishi
uchun ballistik, manevr qilish, uning ishlashining ishonchliligini
ta’minlovchi bir qator sifatlarga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu sifatlarni takomillashtirish uchun o‘zlari ishlaydigan maxsus
korxonalardagi texnik va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan hamda fan-
texnika yutuqlaridan foydalanadigan qurolsozlarning vazifasi
hisoblanadi. Qo‘lbola qurollar esa, ularning tayyorlanishida bu qurollar
yuqorida keltirilgan talablarga mos kelishiga harakat qilinmaydi. Bunday
qurollarning ba’zilari hatto yaqin masofalarda ham nishonga olib otish
imkoniyatini bermaydi. Ammo bunday qurollar yashirib taqib yurishga
qulay qilib yasaladi. Ularga ko‘pincha kalibri va alohida qismlari
o‘lchamini katta qilib, «qo‘rqituvchi» ko‘rinish beradilar va ular ko‘p
hollarda topish unchalik qiyin bo‘lmagan 5,6
mm
kalibrli yonbosh jang
patroniga mos qilib yasaladi.
Qo‘lbola usulda yasalgan qurollarning ishonchliligi ham yuqori
emas. Bunday qurollarning ko‘pchiligida stvol kanalining yaxshi
yopilmasligi, magazindan uzatilishida patronlarning ushlanib qolishi,
otilish vaqtida gazlarning chiqib ketishi va hokazolar uchraydi. Tabiiyki,
qo‘lbola usulda yasalgan qurollarning tashqi ko‘rinishi ham zavod
usulida yasalgan qurollardan farq qiladi, ularning ishlov berilganlik
darajasi yomonroq, ishlatilgan materiallarning sifati yetarli emas va
hokazo.
Atipik qurollar ham o‘qotar qurollar kabi tasniflanadi, faqat atipik
qurollarni tasniflash uchun asoslar nisbatan kamroqdir. Chunki bunday
qurollarning m
о
‘ljallangan maqsadi, tuzilish xususiyatlari, yasalish
usullari, konstruksiyasi, rusumi va namunalariga ko‘ra tasniflanmaydi.
Atipik o‘qotar qurollarni yuqorida aytilganlardan boshqa barcha
asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin va bu o‘qotar qurollarni tasniflash
bilan deyarli bir xil.
Dostları ilə paylaş: