46
talablari qo‘yilmasdan, asosan jinoiy maqsadlar uchun tayyorlangan
qurollar. Bu toifadagi qurollar o‘z navbatida, quyidagi uch turga
bo‘linadi:
1) to‘liq qo‘lbola usulda yasalgan;
2) standart qismlardan foydalanib tayyorlangan, ya’ni qisman
qG‘lbola usulda yasalgan;
3) o‘zgartirilgan qurollar.
O‘qotar qurollar stvol kanalining tuzilishiga ko‘ra:
narezli
— stvol
kanalida o‘qqa aylanma-kiruvchi harakat berish uchun maxsus vintsimon
ariqchalari bo‘ lgan
qurollar;
silliq stvolli
— stvol kanali silliq bo‘ lgan
qurollar hamda
murakkablashtirilgan stvolli
(«paradoks») — stvol
kanalida silliq qismi ham narezli qismi ham bo‘ lgan qurollarga
bo‘linadi.
Stvol kanalining uzunligiga ko‘ra o‘qotar qurollar
qisqa stvolli, o‘rta
stvolli va uzun stvolli qurollarga bo‘linadi.
Qisqa stvolli qurollar
—
stvolining uzunligi (O‘zbekistonda) 160
mm
dan ortiq bo‘lmagan
qurollar.
O‘rta stvolli qurollar
— stvolining uzunligi (O‘zbekistonda)
160
mm
dan — 500
mm
gacha bo‘ lgan qurollar.
Uzun stvolli qurollar
—
stvolining uzunligi (O‘zbekistonda) 500
mm
dan uzun bo‘ lgan qurollar.
O‘qotar qurollar stvollarining miqdoriga ko‘ra bir stvolli, ikki stvolli
va ko‘p stvolli qurollarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: