40
II BO‘LIM
SUD-BALLISTIK EKSPERTIZASI
3-BOB.
QO‘L O‘QOTAR QUROLLARI
1-§. Qo‘l ‘ o‘qotar qurollari tushunchasi
Qurol – bu fizikaviy, kimyoviy va biologik ta’sirni ta’minlovchi,
hujum qilish va faol
himoya qilish vositasi, ya’ni, dushmanning jonli
kuchlari va jangovar texnikasini yo‘qotish yoki safdan chiqarish
vositasidir. Standart o‘qotar qurollar bilan birgalikda, portlovchi
qurilmalarga ham taalluqli bo‘ lgan qo‘lbola usulda tayyorlangan turli
moslama va qurilmalar ham tadqiq qilinadi. Demak, ushbu turdagi
ekspertizalarni o‘tkazuvchi ekspertlar o‘qotar qurollarning to‘liq tavsifini
bilishlari va ularga doir yetarlicha to‘liq ta’riflarga ega bo‘lishlari lozim.
Barcha qurollarning ta’sir qilish yoki energiya manbalariga ko‘ra
quyidagi turlarga ajratish mumkin: yadroviy, kimyoviy, bakteriologik,
minali portlovchi, sovuq, otuvchi.
Bundan tashqari,
qurollar artilleriya, otiluvchi moslamalar va o‘qotar
qurollarga ajratiladi. Sud-ballistik ekspertizasi artilleriya qurollarini
tadqiq etish bilan shug‘ullanmagani uchun (chunki, bunday qurollar
jinoyat ishlarida umuman uchramaydi) otiluvchi moslamalar va o‘qotar
qurollarni ko‘rib chiqamiz.
Otiluvchi moslamalar
— stvolidan snaryadning otilishi porox
gazlarining kimyoviy parchalanishida hosil bo‘ladigan energiya, siqilgan
havo, gaz ballon, mexanik, elektr energiyaci ta’sirida
yuz beradigan
hamda tarkibiga to‘pponchalar, vintovkalar, pulemyotlar va ularning
ko‘plab
turlarini oluvchi milli, otuvchi qurollar yig‘indisi.
O‘qotar qurol
— portlovchi moddalarning (masalan, poroxning)
kimyoviy parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya yordamida
otiladigan va belgilangan yo‘nalishdagi nishonni, yetarlicha zarar
yetkazuvchi kuchga ega bo‘ lgan snaryad (o‘q, sochma o‘q, kartech)
bilan shikastlashga mo‘ljallangan ko‘p marta ishlatiluvchi
mexanik
qurilma. U snaryadni otish uchun, otish
vaqtida bir tomoni zich
yopiladigan yoki yopiq bo‘ladigan hamda jangovar zaradni yondiruvchi
qurilma (yondirgich-kapsyul) bilan mexanik bog‘liq mustahkam stvolga
41
ega bo ‘lib, ana shu stvolni bir tomonini (odatda, orqa kesimini) zich
yopuvchi moslama (yopish mexanizmi) va jangovar zaradni yondiruvchi
moslamani ishlatish uchun mo‘ljallangan qurilma (otuvchi
mexanizm)larining mavjudligi bilan tavsiflanadi.
1-rasm.
Dostları ilə paylaş: