33
Sudga oid ballistik ekspertiza obyektlarining biror harakat yoki ta’sir
qilish imkoniyatlarini aniqlashda esa, hal qiluvchi metod sifatida
eksperiment qo‘llanilib amalga oshiriladi. Bu holda eksperiment bilan
birga kuzatish, o‘lchash, ta’riflash va bu metodlardan foydalanib
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini maxsus adabiyotlar bilan solishtirish
uchun taqqoslash metodi qo‘llaniladi.
Sud-ballistik ekspertizasi obyektlari bilan birorta qilmish sodir
etilganligi faktini aniqlash uchun, hal qiluvchi metod sifatida kuzatish
metodidan foydalaniladi. Ushbu tadqiqotlar jarayonida ushbu metod
bilan birga o‘lchash, ta’riflash, kerakli namunalar olish, shuningdek,
aniqlangan izlarni solishtirish uchun eksperiment metodlari qo‘llaniladi.
Sud-ballistik ekspertizasi obyektlaridan foydalanib sodir etilgan turli
qilmishlarning shart-sharoitlarini aniqlashda esa hal qiluvchi metod
sifatida tadqiqotlarning har xil metodlari qo‘llanilishi mumkin. Xususan,
o‘q otilish yo‘nalishi va o‘q otilgan joyni aniqlash talab etilgan hollarda
kuzatish metodi asosiy hisoblanadi, bir to‘siq (nishon)dagi o‘q tegishidan
hosil bo‘lgan ikki jarohatning hosil bo‘lish tartibi yoki bir stvoldan ikki
o‘q otilganligini aniqlash talab etilganda, taqqoslash metodi hal qiluvchi
hisoblanadi, hisoblash metodi esa o‘q tegishidan hosil bo‘lgan
jarohatlarning belgilariga ko‘ra o‘q otilishi masofasini aniqlash bo‘yicha
tadqiqotlarda hal qiluvchi metod hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: